21:44 / 21.05.2017
6 136

22 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

22 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
22 may kuni bo‘lib o‘tayotgan holatlar, voqea-hodisalarni juda yaxshi anglay oladigan darajada sergak bo‘lishingiz kutiladi. Odamlar bilan muloqotda ularning so‘zini bo‘lmagan holda har bir fikrlariga odilona baho berishga harakat qiling. Muhabbatda juda tezkor bo‘lishingiz lozim, aks holda og‘izdagi oshni oldirib qo‘yishingiz hech gapmas. Oila qurmaganlarni bugun romantik uchrashuv kutadi. Dadilroq bo‘ling! Sog‘lig‘ingizni ham unutib qo‘ymang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar buguningiz anchagina og‘ir kechishini bashorat qilishgan. Siz kun davomida ehtiyotkor bo‘lishingiz lozim. Chunki arzimagan ishni ado etishda ham qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Ayniqsa, firibgar va ikkiyuzlamachilardan ehtiyot bo‘ling. Moliyaviy muammoni hal etish ham sizga oson kechmaydi. Biroq bir narsani yodda tuting, qiyinchilik, peshona ter evaziga ishlab topilgan pulning mazasi o‘zgacha bo‘ladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
22 may kuni obro‘li, badavlat tanishlar qanoti ostida bo‘lishingiz tavsiya etiladi. U inson sizni qattiq hurmat qiladi, qadrlaydi. Shunday ekan, sizni hech qachon arosatda qo‘ymaydi. Ish joyingizda tanaffuslar, qisqartirishlar, kimlarnidir yangi lavozimga o‘tkazish kabi jarayonlarga guvoh bo‘lasiz. Ammo lavozimdan o‘zingiz ham quruq qolmasligingiz ehtimoldan xoli emas. Kechqurun toza havoda sayr qilib, yengil hazm bo‘luvchi taomlar bilan cheklaning.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar bugun hamma ishni yig‘ishtirib qo‘yib tabiat qo‘ynida dam olishni maslahat berishmoqda. U erda siz havo almashasiz, organizmingizdagi moddalar almashinuvi me’yoriy darajaga etadi. Oilangizda xotirjamlik, ahillik hukmron bo‘ladi. Bugun yaqin o‘tmishni umuman yodga olmang. Darvoqe, immunitetingiz ancha pastga tushgan, demak, vitaminga boy mevalar iste’mol qilishingiz shart.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
22 may kuni shaxsiy hayotda, ishxonada tinchlik, osudalik yaratmoqchi bo‘lsangiz, hech kim sizning yo‘lingizni to‘sa olmaydi. Qolaversa, yulduzlarning o‘zi sizga shu masalada yaqindan ko‘mak berishadi. Rashk degan narsani shaxsiy hayotingizdan chiqarib tashlang. Faqat ugina hayotingizni zaharlashga qodir. Moddiy jihatdan baquvvat bo‘lishingiz bugun juda mushkul kechishi kutilmoqda. Shuni deb anchagina asabiylashib olishingiz ham mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar yaqin kishilaringizga nisbatan ishonchni yo‘qotmaslikka chaqirishmoqda. Ulardan aslo sir yashirmang. Chunki yaqinlaringizdan sodiqroq do‘st bu dunyoda yo‘q. Kun davomida yaqin masofaga xizmat safari uyushtirishingiz kutiladi. Kerakli odamlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash bugun oson kechmaydi. Kunning ikkinchi yarmida surunkali xastalikka chalinganlar salomatlikni bir ko‘zdan o‘tkazib olmasalar bo‘lmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
22 may kuni ilgari janjallashgan qarindoshlarnikiga borib o‘zingiz kechirim so‘rang. Uyalmang, ular qondoshlar, hamisha, abadiy shunday bo‘lib qolishadi. Bugun sud jarayonlari, jarima to‘lash kabi hodisalar muvaffaqiyatsiz kechadi. Kechqurunga borib qo‘lingiz pul ko‘radi va yirik xaridlar qilish uchun do‘konga chopasiz. Ishoning, o‘sha xaridlar ro‘zg‘ordagi eng katta bir muammoni hal qilib beradi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Hurmatli tadbirkorlar, hamkorlik qilish uchun ko‘z ostingizga olib qo‘ygan tanish odamni avval yaxshilab o‘rganib chiqing. Yo‘qsa, chuv tushib qolasiz. Kechki payt kimdir sizga xorij safarini taklif etishi mumkin. Bu masalani obdon o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Muhabbatda bo‘lib o‘tayotgan voqealarning barchasi oldindan tuzgan rejangiz bo‘yicha kechadi. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ertalabdan kayfiyatingizda ijobiy o‘zgarish seziladi. Bu bekorga emas, albatta. Siz ishingiz xususida tuni bilan original g‘oyalarni xomcho‘t qilib chiqqansiz. Xuddi o‘sha g‘oyalar rahbariyatga ma’qul keladi va siz nafaqat olqishlarga, balki mo‘may mukofot puliga ham ega bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida yaqinda tanishgan tanishlaringizdan biri sizga ruhiy zarar etkazishi mumkin. Shoshilmang, undaylarni xudoga soling, albatta Yaratgan hisob-kitobini qiladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun har qanday yaxshi niyatga yo‘qotishlarsiz, asabiylashuvlarsiz etasiz, inshoolloh. Oila qurmaganlar kun davomida bo‘lg‘usi taqdirdoshini uchratib qolishi ham mumkin. Ammo ish joyingizda hamkasblar bilan kichik ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. Ular bilan munosabatlar yaxshiligicha qolishi uchun sabr va artistona muomala zarur bo‘ladi. Kechqurun iloji boricha ko‘proq piyoda yo‘l bosing, salomatligingiz uchun foydasi bor.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
22 may kuni kunning birinchi yarmidayoq tasodifan qo‘lingizga katta pul kelib tushishi mumkin. Oldiniga maza qilib ziyofatlar uyushtirish, xaridlarni amalga oshirish haqida o‘ylay boshlaysiz. Lekin fikringizdan qaytasiz. Tejamkorlik zarurligi yodingizga tushadi. Shaxsiy hayotingizda arzimagan bahona bilan janjal sodir bo‘lish xavfi bor. Shuning uchun yaqinlar bilan muloqotda ehtiyot bo‘ling. Sog‘lig‘ingiz kechki paytga kelib pand bera boshlashi mumkin. Yulduzlar bashorat qilishicha, bosh og‘rig‘idan shikoyat qila boshlaysiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar baliq burji vakillariga bugun u ishdan bu ishga sakrab o‘tib ovora bo‘lmaslikni maslahat berishadi. Bir ishni oxiriga etkazgandan keyingina boshqasiga o‘tsangiz, unum yaxshi bo‘larkan. Kechqurunga borib vujudingizda kuchli charchoq tuya boshlashingiz mumkin. Salomatlikni asrang, uni pulga sotib olib bo‘lmaydi. Basharti tanangizda yoqimsiz holatlar paydo bo‘la boshlaganini sezsangiz, darrov vrach chaqirtiring.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 22 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..