QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ishda qanchalar faolligingizni hamkasblar ko‘rib qo‘ysin. Vujudingizda bir olam quvvatni quchgancha yugurib-elasiz, yumushlarni o‘z muddatida, sifatli qilib uddalaysiz. Shubhasiz, tushdan keyin, uzog‘i bilan bu faollikning mukofotini olasiz. Yulduzlar shunday bashorat qilishgan. Oila qurmaganlar mabodo bo‘lg‘usi juftini topa olmay yurgan bo‘lsa, bugundan umid qilaverishsin. Kechki paytga yaqin shamollab qolishingiz xavfi bor, ehtiyot bo‘ling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 may kuni erta tongdanoq eng shimarib ishga kirishing. Sizni oldinda o‘ta mas’uliyatli vazifani uddalash majburiyati kutib turibdi. U nafaqat tajriba, balki ijodiy yondashuv ham talab qiladi. Natijasini esa kechqurun ko‘rasiz. Moliyaviy ahvolingiz bugun tobida bo‘ladi. Ammo qandaydir yuqumli xastalikka chalinishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Eb-icharda juda ehtiyot bo‘ling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Shaxsiy hayotda, ishda tanaffuslar ko‘zga tashlanmaydi. Ishxonada barcha sizni sevadi, hurmat qiladi. Shunday ekan, bilib-bilmay kim bilandir janjal chiqarib qo‘ymang. Kunning ikkinchi yarmida olisdagi qarindoshlardan biri sizga o‘zingiz anchadan beri kutib yurgan xushxabarni etkazishi mumkin. Moliyaviy masalada esa yo bankdan kredit oling, yo badavlat tanishlardan qarz ko‘taring.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
25 may kuni, ming afsuslar bo‘lsinki, oilangizda jiddiy ko‘ngilsizlik yuz berish ehtimoli bor. Ishoning, bu dunyoda quvonchning ham, qayg‘uning ham oldini olsa bo‘ladi. Juda bo‘lmaganda, Yaratgandan astoydil so‘rasangiz, albatta marhamatini darig‘ tutmaydi. Surunkali xastaliklar hanuz atmosferada davom etayotgan kuchli magnit bo‘ronlari tufayli qaytalanishi kutiladi. Shu sababli odam ko‘p yig‘iladigan joylarga bormang. Issiq havoda ham ko‘p yurish tavsiya etilmaydi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Arslon burji vakillariga 25 may kuni oson kechmaydi. Bir tarafdan ish, ikkinchi tarafdan oilaviy muammolar charchatishi mumkin. Bundan tashqari, siz merosga ega bo‘lish, rasmiylashtirish kabi yumushlar bilan ham kun bo‘yi chopishingiz kerak. Bu ishda qarindoshlar yordamisiz ko‘zlangan natijaga erisha olmaysiz. Kechqurun yolg‘iz qoling, dam oling, ertangi kun uchun kuch yig‘ing.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
25 may kuni ertalabdan tuni bilan o‘ylab chiqqan ishingizni bajarishga kirishasiz. Maqsadingiz nafaqat ish joyingizda mavqeingizni oshirish, balki katmonni ham to‘ldirishdan iborat bo‘ladi. Shaxsiy hayotda o‘zingiz birinchi bo‘lib boshlamasangiz, janjal chiqmaydi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatlikni jiddiy nazorat qilishlari shart. Atmosferadagi magnit bo‘ronlari birinchi bo‘lib shunday xastaliklarga hujum qilishini unutmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ish joyingizda bugun vaziyat sal qaltisroq tus olishi kutilmoqda. Ishlar o‘lda-jo‘ldaligi rahbariyatni g‘azablantirishi tayin. Kun davomida ota-onangiz keksayib qolgan bo‘lsa yoki salomatligi yaxshi bo‘lmasa, xabar olib qaytishga harakat qiling. Kechki payt bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan holda, ro‘zg‘ordagi majburiyatlaringizni ham do‘ndirishingiz zarur bo‘ladi. Kechqurun kimdir sizni boplab aldab ketishi mumkin, sergak turing.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
25 may kuni ishxonangizda hamkasblar bilan jiddiy bahslar yuzaga kelishi mumkinligini yulduzlar bashorat qilgan. Yangi lavozimga ega chiqish uchun elib-yugurishingiz shart emas. Agar rahbarlar ma’qul ko‘rsa, yugurmasangiz ham o‘sha lavozim sizniki bo‘ladi. Kun davomida pul masalasida zinhor tavakkal qilmang, inqirozga yuz tutasiz. Iloj topsangiz, kechki payt tabiat qo‘nida dam olib qayting.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugun faqat yangi ishlarga qo‘l urishingizni maslahat berishmoqda. Yaqin o‘tmishda bajarilmay qolib ketgan ishlarni bir chetga suring. Tushdan keyin sizga serdaromad ish taklif etishlari mumkin. Rozilik bildirishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Juftingiz bilan bugun negadir munosabatlar yaxshi kecha qolmaydi. Bunday paytda yo asta chiqib ketish kerak, yo yon berganingizni tan olishingiz lozim. Shu katta janjal avj olmasligini ta’minlashi mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
25 may kuni xoh mayda, xoh katta ish bo‘lsin, baravar munosabatda bo‘ling. Shunda moddiy jihatdan mukammallikka erisha olasiz. Tadbirkorlarga bugun yangi hamkorlar ajoyib takliflar bilan murojaat etishi kutiladi. Muhabbatda esa omadingiz kuladi. Agar oila qurmagan bo‘lsangiz, kechalari tushlaringizda ko‘rib chiqadigan bir inson bilan tanishasiz. Bo‘sh kelmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun zararli odatlardan butunlay voz kechishingizni maslahat berishmoqda. Buning o‘rniga tashqi ko‘rinishingiz va salomatligingizga e’tibor qarating. Sportning yengil turlari bilan shug‘ullanishni odat qiling. Shu narsa immunitet ko‘tarilishi, sergaklikni ta’minlab beradi. Kechqurun yaxshilab dam olsangiz, qo‘shimcha kuchga ega bo‘lasiz. Bu ertangi kuningiz muvaffaqiyatli kechishining garovidir.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
25 may kuni ertalabdanoq yolg‘iz qolishni ixtiyor eta boshlaysiz. Sukunat qo‘ynida barcha rejalarni xomcho‘t qilishga oshiqasiz. Lekin haddan ziyod yolg‘iz qolib ketmang, aks holda bo‘lib o‘tayotgan muhim hodisalardan bexabar qolib ketasiz. Bugun kimlarningdir farzandi yoki kelini yangi mehmon dunyoga kelganini aytib suyunchi olishi mumkin. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Sog‘lig‘ingizni jiddiy nazorat qilishga erinmang.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi