QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
26 may kuni bir talay tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan edingiz. Baxtga qarshi bu rejalar amalga oshmasligi haqiqatga yaqinroq bo‘lib turibdi. Chunki ish joyingizda rahbarlar sizning zimmangizga o‘ta mas’uliyatli vazifani yuklashga qaror qilishgan. Siz bu vazifani astoydil kirishsangizgina kechga qadar uddalaysiz. Muhabbatda oila qurmaganlarning omadi kuladi. Bo‘lg‘usi juftini uchratib qolishadi. Shu kunning o‘zida uchrashuv ham bo‘lib o‘tadi. Kechqurun salomatligingiz haqida qayg‘urib, oila davrasida bo‘ling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun atrofingizdagilarga nisbatan ishonch nazari bilan qarashingizni maslahat berishmoqda. Ayniqsa, ular sizni qadrlashsa, hech qachon pand bermagan bo‘lishsa, albatta ishonishingiz kerak. Ish masalasida chek-chegara yo‘q. Kuchingiz, imkoniyatlaringiz, salomatligingiz havas qilsa arziydigan holatda bo‘ladi. Demak, kun davomida elib-yugurib pul topishingiz mumkin. Ba’zilar 26 may kuni shomga yaqin olis safarga jo‘nab ketishi kutiladi. Agar moddiy ahvolingiz kechga qadar ham yaxshilanmasa, tushkunlikka tushishingiz shart emas. Qarz ko‘taring, vassalom.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
26 may kuni tadbirkorlar hamkorlarning favqulodda shartlariga ko‘nishlari lozim. Aks holda o‘rtadagi shartlashuvlar puchga chiqadi. Kunning ikkinchi yarmida sizni ommaviy tadbir yoki tug‘ilgan kunga taklif qilishlari mumkin. Sovg‘ani oldindan tayyorlab qo‘yavering. Shaxsiy hayotingizga tashqi bosimlar xalal bermaydi. Yaqinlar bilan munosabatlaringiz tobida kechadi. Salomatligingiz pand berishini xohlamasangiz, ovqatlanish qoidalariga amal qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun ish joyingizda hamkasblar bilan jiqillashib qolishingiz kutiladi. Imkon qadar o‘zingizni bosishga, muammoni tinchlik yo‘li bilan hal etishga harakat qiling. Tashqir ko‘rinishingizga zeb berish, sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish bugun xayrli kechadi. Sog‘lig‘ingiz pand bermoqchi emas. Moliyaviy muammo esa kechga borib bartaraf etiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
26 may kuni arslon burji vakillari uchun g‘alatiroq boshlanadi. Xarajatlar daromaddan oshib tusha boshlaganini sezib qolasiz. Ana shunda darrov xarajatlarni kamaytiring, pulni iqtisod qilishni boshlang. Tushdan keyin bir inson bilan tanishib qolishingiz kutiladi. Kelgusida u sizga jonajon do‘st bo‘lib qolishi ham mumkin. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishini yulduzlar bashorat qilishgan.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Agar olis safarga otlangan bo‘lsangiz, yulduzlar yo‘lda juda ehtiyot bo‘lishingizni uqtirishmoqda. Ish va uyni yangisiga almashtirish uchun 26 may omadli kechadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, mabodo ko‘nglingiz yomonlikni seza boshlasa, bugun imzolanadigan shartnomalarni bekor qiling. Sog‘lig‘ingizga hech qanday xavf rahna solmaydi. Ammo bu xohlagan taomni eb, spirtli ichimliklar ichib, jismoniy zo‘riqishga zo‘r berib boshlash degani emas. Yodda tuting, har qanday ko‘rinishdagi xastalik favqulodda xuruj qiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
26 may kunning birinchi yarmisida juftingiz bilan bo‘lar-bo‘lmasga janjallashishingiz ehtimoli bor. Og‘irroq bo‘ling, ish ajrashishgacha borib etmasligi lozim. Kun davomida sizga o‘nlab serdaromad ishlarni taklif etishadi. Siz mulohaza qilgan holda ularning eng yaxshisini tanlang. Do‘stlardan biri sizga ajoyib bir maslahat beradi. Albatta quloq osing.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun ham atrofdagilar, ham o‘zingizga nisbatan adolatli bo‘ling. Hech kimning fikrini inkor qilmang. Hatto, siz haq bo‘lsangiz ham, sukut saqlab qo‘ya qoling. Yoshi ulug‘larga imkon qadar ko‘proq mehr-oqibat ko‘rsating, mevasini albatta olasiz. Moddiy ahvolingiz 26 may kuni shu qadar past darajada bo‘ladiki, eng muhim xaridlarni ham chetga surishga to‘g‘ri keladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
26 may kuni eskisini uddalamay turib yangi ishga qo‘l urmang. Shaxsiy hayotingizda muammo tug‘ilsa ham bir necha soatda hal etishga urinmang. Kechki payt maktabdosh do‘stlardan biri qandaydir yoqimsiz xabar etkazib ruhingizni tushirib yuborishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Tanish-bilishlar ziyofatga chorlasa, bormang, serqatnov yo‘llarda jarohat olishingiz xavfi bor.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar sizga bugun faol va unumli kun va’da qilishgan. Nafaqat qiziqarli va serdaromad ish, balki ajoyib sheriklar topasiz. Pul masalasida tavakkal qilmang. Shu jumladan, azartli o‘yinlarga ham berilmang, yo‘qotishga yuz tutasiz. Oilasi yo‘qlarni bugun kechqurun romantik uchrashuv kutadi. Yotishdan oldin og‘ir hazm bo‘luvchi ovqatlar emang. Bugun spirtli ichimlik iste’mol qilishni to‘xtatish juda xayrli kechadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
26 may kuni ayrim do‘stlarimiz jufti bilan ajrashish masalasini hal etishga kirishishi mumkin. Bu xususda baribir juda chuqur mulohaza qilish, shoshilmaslik zarur. Agar tuyg‘ular haqiqiy bo‘lsa, juftingiz sizni tashlab ketgan taqdirda ham baribir qaytadi. Bugun ommaviy tadbirlarda ishtirok etmang. Sport bilan shug‘ullanish, surunkali xastaliklarni davolash, tish do‘xtiriga borish muvaffaqiyatli kechadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar ma’lum muddat boshqa shaharda yoki tabiat qo‘ynida dam olishni maslahat berishmoqda. Shunda keyingi vaqtlarda pand beraverib xunob qilayotgan sog‘lig‘ingiz ham asl holiga qaytardi. Muhabbatda esa bir ko‘rishda sevib qolish degan gaplar siz uchun emasligini unutmang. Tijoratchilar 26 may kuni ikki hissa daromad olishlari mumkin. Faqat buning uchun raqobatchilar bilan adi-badi aytishmasdan, ishga sho‘ng‘ishingiz talab etiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi