QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
28 may kuni hayotingizda o‘zingiz umuman kutmagan hodisalar sodir bo‘lishi kutiladi. Ularning yarmisi ishingiz, qolgani shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq. Hodisalar ichida ko‘ngilsizroqlari ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har biriga hazil-mutoyiba bilan munosabat bildiring. Shunda salomatligingizga ham, kayfiyatingizga ham putur etmaydi. Bugun avtomobilda qaergadir borish, daryo transporti hamda samolyotda safarga ketish ko‘ngilsizlik keltiradi. Kechqurun albatta ro‘zadorlarga xizmat qiling, savobi tegadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun yulduzlar ertalabdanoq ishingiz masalasida bir qarorga kelishingizni maslahat berishadi. Kelgusida mavqeingiz oshishini, maoshingiz miqdori ortishini xohlasangiz, qaror chiqarishda o‘zingizga nisbatan adolatli bo‘ling. Kun davomida oila qurmaganlarning ba’zi birlari anchadan beri ko‘z ostiga olib yurgan inson bilan suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘lishi mumkin. Kechqurun faqat salomatlik haqida qayg‘uring. Salomatlikni saqlash uchun xizmat qiluvchi barcha qoidalarga amal qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
28 may kuni yoqimsiz vaziyatga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Bu vaziyatdan faqat aql hamda sergaklik yo‘li bilan chiqib keta olasiz. Salomatligingiz xavf ostida qolmasin desangiz, bugun sportning faol turlari va azart o‘yinlarga yaqin bormang. Ayniqsa, o‘zingizni yaxshi his etmayotgan bo‘lsangiz, bu narsalar sizni battar qilib qo‘yishi hech gap emas. Kechqurun qorong‘i tushgach, albatta toza havoda sayr qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar gap moliya masalasiga borib taqalsa, faqat qalbingizga quloq tutgan holda ish ko‘ring. O‘zgalar maslahati sizni chalg‘itishi, xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Allakimlar sizni katta pul bilan qiziqtirib, yo‘ldan urishi ham ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun sergaklikni qo‘ldan bermang va hech kimga ishonmang. Tadbirkorlar uchun foydali shartnomalarni imzolash bugun muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun salomatligingizni nazoratda ushlang. Ro‘za tuta boshlagan bo‘lsangiz, jismoniy zo‘riqishlarga yo‘l bermang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
28 may kuni kecha sodir bo‘lgan qandaydir janjalni bartaraf etish payida bo‘lasiz. Yulduzlar shunday bashorat qilishgan. Har bir ishni amalga oshirishda hushyorlikka alohida e’tibor qarating. Oila qurmaganlar bugun romantikadan umid qilmasalar bo‘ladi. 28 may kuni siz jismoniy mehnatga zo‘r bering, foydasini keyin sezasiz. Sog‘lig‘ingizni saqlang, havo issig‘ida og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar hatto yurakni behalovat qilishi mumkin. Ko‘proq suyuqlik iching, g‘uborlar ketadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Parizod burjida tug‘ilgan tadbirkor do‘stlarimiz bugun xorij firmalaridan biri bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan shartnomani imzolashlari kutiladi. Siz buni azaldan orzu qilardingiz, ammo sergaklikni yo‘qotmang. Ro‘zg‘oringizda mayda-chuyda muammolar juftingiz va sizning orangizdagi munosabatlarga putur etkazmasligi uchun harakatingizni qilishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun uyingizga ro‘za munosabati bilan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
28 may kuni nima ish qilishingiz, qanday ish olib borishingizni aniq bilishingiz zarur. Aniq rejasiz ishlar baroridan kelmasligi mumkin. Agar kun davomida shamollash yoki boshqa xastalik belgilarini payqasangiz, darhol chorasini ko‘ring. Faqat o‘zingizga o‘zingiz tabiblik qilmang, muammo kattalashib ketishi mumkin. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Ro‘za tutishga bel bog‘lagan bo‘lsangiz, sog‘liq masalasini alohida nazorat qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun birinchi navbatda moliyaviy ahvolingiz avtomat tarzda yaxshilanadi. Bu ishda badavlat tanishlardan biri yordam beradi. Muhabbatda nafaqat juftingiz, balki o‘zingizga nisbatan ham to‘g‘riso‘z bo‘lishga harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida favqulodda xizmat safariga jo‘nab ketishingiz mumkin. Kechki payt uyingizga olisda yashaydigan qarindoshlaringiz mehmon bo‘lib kelishlari kutiladi. Sog‘liqni ehtiyot qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
28 may kuni oila qurmaganlar kimnidir ko‘radi-yu, tamom, rostakamiga sevib qolganlarini his etishadi. Yurak rostdan ham jiz etadi. Ishqilib bu bir umrlik bo‘lsin. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan birining sizga ma’lum bo‘lmagan sirlaridan voqif bo‘lasiz va hayratdan yoqa ushlaysiz. Yulduzlar shunday bashorat qilishgan. Kechki payt tabiat qo‘yniga dam olish uchun jo‘nab ketishingiz ham ehtimoldan xoli emas.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun sizni yangi tanishuvlar va u qadar uzoq bo‘lmagan manzilga safar kutishini bashorat qilishmoqda. Oila qurmagan do‘stlarimizning ayrimlari aynan bugun ZAGS bo‘limiga bo‘lg‘usi jufti bilan tashrif buyurishi kutilmoqda. Moliyaviy muammolar sizning foydangizga hal bo‘lmasligi mumkin. Ammo bundan fojia yasash shart emas. Agar o‘z vaqtida do‘stlarga murojaat etsangiz, bu muammoni ham echasiz.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
28 may kuni o‘zgalar fikri, rejalari va xohishlari bilan hisoblashishingizga to‘g‘ri keladi. Busiz muammolarni bartaraf eta olmaysiz. Kun davomida firibgarlar va kissavurlardan juda ehtiyot bo‘ling. Yo‘qsa, katmonni boy berib qo‘yishingiz xavfi bor. Kechqurun televizor qarshisida o‘tirishdan ko‘ra harakatli mashqlar bilan shug‘ullansangiz, salomatlikka koni foyda bo‘lardi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun sizga ajoyib va qiziqarli kun va’da qilishmoqda. Kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lishi kutiladi. Xizmat safariga chiqasiz, bu safar ham siz uchun muvaffaqiyatli kechadi. Lekin hozirgi issiq kunda birinchi navbatda sog‘liqni ehtiyot qilishni unutmang. Kechqurun bo‘sh vaqtingizni oila a’zolaringizga bag‘ishlang! Toza havoda qilingan sayr tunda tiniqib uxlashingiz uchun zamin yaratadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)