23:00 / 28.05.2017
7 185

29 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

29 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar sizga bugun ilgari bartaraf eta olmagan muammolarga qaytib, ularni qay yo‘l bilan bo‘lmasin ijobiy hal etishni maslahat berishmoqda. Kunning ikkinchi yarmida xuddi ertaklardagidek azaliy orzularingiz ketma-ket ushala boshlashi kutiladi. Shaxsiy hayotda pulning dastidan juftingiz bilan jiqillashib qolishingiz ehtimoli bor. Agar o‘zingizni diplomatlarcha tuta olsangiz, bu katta janjalga aylanmaydi. Sog‘lig‘ingizni kun davomida nazoratda ushlang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
29 may kuni bor kuch va imkoniyatlaringizni bir joyga jamlab harakat boshlamasangiz, rejalarni amalga oshira olmaysiz. Buning uchun qattiq ishlashingiz, dam olishni ma’lum muddatga yig‘ishtirib qo‘yishingiz kerak. Shunda pul ham o‘zi kissangizga kelib tushishiga guvoh bo‘lasiz. Ro‘zg‘or kamomatlari, davolanish va farzandlar kamchiliklari uchun katta pul sarflashingiz kutiladi. Kechqurun tanishlardan biri sizni mehmonga taklif etishi mumkin. Siz mehmonga borishdan bosh torting, aks holda ertangi kun uchun etarlicha kuch to‘play olmaysiz.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun tijorat va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilairga hamkorlik borasida juda qiziqarli takliflar kelib tushadi. Ammo barcha variantlarni yaxshilab o‘rganib chiqqachgina rozilik bildiring. Oila qurmaganlardan kimdir yaqinda bir inson bilan tanishib uchrasha olgan bo‘lsa, bugun bu munosabatlarga nuqta qo‘yilishi mumkin. Tashvish chekmang, hali taqdirdoshingizni topishga ulgurasiz. Salomatligingiz kechki payt pand bera boshlaganini sezsangiz, darhol chorasini ko‘ring. Ro‘za tutmayotgan bo‘lsangiz, ro‘zadorlarga albatta xizmat qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
29 may kuni yaqindagina arazlashib qolganingiz, ya’ni, sevgan insoningiz bilan g‘ururni bir chetga berkitgan holda yarashish payida bo‘ling. Tuyg‘ular haqiqiy bo‘lsa, bir kun kelib bunday arazlashishlar takrorlanmaydi. Olis safarga chiqish va yangi kelishuvlardan vaqtincha bosh torting. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Kechqurun qarindoshlardan biri sizga qo‘ng‘iroq qilib ajoyib xushxabar etkazishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun arslon burjida tug‘ilganlarning ayrimlariga yuqori lavozim taqdim etishlari kutiladi. Lekin mo‘ljallab qo‘yilgan mehnat ta’tilini boshqa paytga qoldirishingiz lozim bo‘ladi. Kun bo‘yi iste’mol qilayotgan taomingiz va ichimliklarga jiddiy e’tibor bering. Oshqozoningiz buzilishi va ovqatdan zaharlanishingiz xavfi bor. Moliyaviy ahvolingiz siz ishdaligingizdayoq ijobiy hal bo‘ladi. Demak, o‘zingiz yoqtirgan xaridlarga qo‘l uraversangiz bo‘ladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
29 may kuni kissangiz kutilmaganda pulga to‘lishi kutiladi. Ammo bu pullar qayerdan kelib tushishini xudo biladi. Endi anchadan beri o‘zingiz orzulagan uyni sotib olish uchun imkon tug‘ildi. Bu ishni sira ortga surmang. Emosiyangiz kun davomida o‘zgarishlarsiz bir maromda bo‘ladi. Ammo yengil-elpi bahslarga ham duchor bo‘lishingiz mumkin. Salomatligingiz bezovta qilmaydi. Shunga qaramay, surunkali xastalikka chalinganlar dorilarini vaqtida ichishlari tavsiya etiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun siz uchun ajoyib kechishini va’da qilishgan. Qiziqarli uchrashuvlar, yaqin masofaga ajoyib safar kayfiyatingizga kayfiyat qo‘shadi. Asosiysi, ulardan ruhlanib ketib jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasangiz bas. Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi biroz ortga surilishi mumkin. Lekin bundan fojia yasamang. Kechqurun asosiy vaqtingizni bolalar bilan turli mavzulardagi suhbatga bag‘ishlang. Bugun tabiat qo‘yniga oilaviy chiqib dam olish xayrli kechadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun kunning birinchi yarmida sizni qachonlardir o‘zingiz birga ishlagan, yaqin do‘stga aylangan inson bir piyola choyga chaqirishi mumkin. Hoynahoy, sizni ish yuzasidan yangi hamkorlikka taklif qilsa kerak. 29 may kuni yog‘li, xamirli va sho‘r taomlar, salatlar, tuzlamalar iste’mol qilishdan tiyilganingiz ma’qul. Bu salomatligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Yoshi o‘tgan yoki xasta qarindoshlar bo‘lsa, ularning holidan xabar oling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
29 may kuni uy-joy masalasidagi muammolar muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Bundan tashqari, o‘zingiz anchadan beri janjallashib kelayotgan odam bilan daf’atan yarashasiz. Ish davomida arzimas, mayda-chuyda detallarga ham alohida e’tibor qarating. Mavqeni oshiradigan payt hali kelmadi, ammo ilk qadamni tashlasangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Kechqurun sog‘lig‘ingizni bir nazoratdan o‘tkazib qo‘yishni unutmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
29 may kuni shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolar paydo bo‘lishi kutiladi. Agar oila qurmagan bo‘lsangiz, bu muammolarga nuqta qo‘yishingiz va tanlaganingiz bilan ahillikda munosabat yuritishingiz zarur bo‘ladi. Har bir voqea-hodisaga xotirjam munosabatda bo‘ling. Xastalangan bo‘lsangiz, bugundanoq tuzalish pallasiga kirasiz. Vrachlar yozib bergan dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ilgari janjallashib qolgan qarindoshlaringiz bilan yarashishingizni yulduzlar bashorat qilishgan. Olis yo‘lga chiqsangiz, juda ehtiyot bo‘ling. Iloji boricha shaxsiy avtomobilingizda yo‘lga chiqmang. 29 may kuni juftingiz bilan arzimas sabab tufayli munosabatlaringiz yanada mustahkamlanishi kutiladi. Kechqurun oila a’zolaringizni olib kafega borsangiz ham ziyon qilmaydi. Chunki moliyaviy masalada muammongiz bo‘lmaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
29 may kuni har bir aytadigan so‘zingizni o‘ylab gapiring, bosgan qadamingizni o‘lchab bosing. Aks holda pushaymon bo‘lishingiz hech gap emas. Salomatligingiz bugun juda yaxshi bo‘ladi, bemalol sport bilan shug‘ullanishingiz, cho‘milishga borsangiz bo‘laveradi. Asosiysi, arzimas to‘siqlar tufayli kayfiyatingizni buzib qo‘ymasangiz bas. Ro‘za tutgan bo‘lsangiz, Ramazon muborak bo‘lsin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 29 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...