10:03 / 29.05.2017
21 970

Xotirani qanday yaxshilash mumkin?

Xotirani qanday yaxshilash mumkin?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, har bir odam eshitgan ma’lumotlarining 30 foizini 20 daqiqadan so‘ng, 50 foizini yarim soatdan so‘ng unutadi. Demak, har qanday odamda xotirani mustahkamlashga ehtiyoj bo‘ladi. Xotira kuchli bo‘lsa, ishda unum bo‘ladi.

Xo‘sh, xotirani mustahkamlash, diqqatni jamlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Aql charxi
Kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadigan oddiy bir holatni tasavvurimizda jonlantiraylik: Aytaylik sizdan do‘stingizning telefon raqamini yoki ishxonangizning hisob raqamini so‘rab qolishdi. Bu ma’lumotlarni berish uchun darhol qo‘l telefoningizga yoki yon daftaringizga qarashga oshiqmang. Fikringizni bir erga jamlab, eslab ko‘rishga harakat qiling.

Shuningdek, ko‘proq boshqotirma va krossvordlar, kichik-kichik matematik masalalar eching. Shu tariqa, miyangizni ishlashga majbur qiling.

Mutolaa
Har kuni bir necha sahifa bo‘lsa-da, kitob mutolaa qilishdan erinmang. Ayniqsa, she’r yodlash xotirangizni mustahkamlaydi.

Til o‘rganing
Xorijiy tillarni o‘rganish sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochibgina qolmay, xotirangizni charxlaydi.

Jismoniy faollik
Ko‘proq harakat qiling. Sho‘x musiqalarga raqsga tushing, sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy faollik qon aylanishini yaxshilaydi, asab tizimini faollashtiradi, idrok qilishni ta’minlaydi.

Ovqatlanish tartibi
To‘g‘ri ovqatlanish nafaqat salomatligimizda, balki, xotirani mustahkamlash jarayonida ham alohida ahamiyatga ega. Baliq, dengiz mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, yong‘oq, ko‘kat va sabzavotlar iste’moli xotirani tiklashga yordam beradi.

Vitaminlar
Organizmda V 12 vitamini etishmasligi natijasida eslash qobiliyati keskin pasayishi mumkin. Bu vitamin asosan baliq, go‘sht, tuxum, tovuq kabi mahsulotlarda ko‘p bo‘ladi.

Uzum sharbati
Hardamxayollikdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, uzum sharbatini kundalik ovqatlanish tarkibiga kiriting. U xotirani mustahkamlash bilan birga yoshartirish xususiyatiga ham ega.

Uyqu
Yaxshi uyqu – salomatlik garovi, deb bejiz aytishmagan. Tiniqib uxlaydigan insonning uzoq umr ko‘rishi tibbiy jihatdan ham isbotlangan. Uyqusizlikdan aziyat chekadiganlarga nisbatan tiniqib uxlagan kishilarda ma’lumotlarni eslash qobiliyati ikki karra ortiq bo‘ladi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xotirani qanday yaxshilash mumkin?