21:17 / 30.05.2017
6 009

31 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

31 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
31 may kuni ma’lum muddatga asosiy ishlardan chalg‘ib, tanish-bilishlarning, do‘stlarning muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashishingiz kutiladi. Ammo o‘zingizga taalluqli ishni yolg‘iz o‘zingiz ado etasiz. Bugun xizmat safariga borish, foydali shartnomalar imzolash va romantik uchrashuvlar muvaffaqiyatli kechadi. Oila qurmaganlarning bo‘lg‘usi juftini topishlari uchun imkoniyatlari yuz ellik foizga tortadi. Sog‘lig‘ingizni tashqi xavflardan munosib himoya qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun ishlaringiz o‘lda-jo‘lda bo‘lishi, shaxsiy hayotingizda esa jiddiy muammolar ko‘ndalang kelishi kutiladi. Tijorat bilan shug‘ullansangiz, pozisiyangizni yanada mustahkamlash harakatida bo‘ling. Aks holda raqobatchilar sizni bir hamla bilan sindirishlari hech gap emas. Muhabbatda aldanib qolishdan ehtiyot bo‘ling. Bugun bahorning oxirgi kuni va yozning boshlanishi. Oldinda kutilayotgan issiqlarga tayyor turishingizga to‘g‘ri keladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
31 may kuni g‘alati ahvolga tushib qolishingiz mumkin. Aniqrog‘i, noma’lum manzilga tashrif buyurasiz-u, bu joy, jihozlar, buyumlar, odamlar tanishdek tuyulaveradi. O‘zingizni qo‘lga olish, vaziyatni o‘zgartirish uchun yaqin do‘stlardan biri bilan uchrashib maslahatlashing. Balki bosh qismingizda salbiy o‘zgarishlar mavjuddir. Buni mutaxassislar aniqlab beradi. Do‘stingiz bilan suhbat hamma muammolarni yo‘qqa chiqaradi. Kechqurun uxlashdan oldin og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar emang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun daromadlar va xarajatlar ellikka ellik bo‘lishi kutiladi. Ya’ni, buyoqdan pul ishlab topasiz, uyoqqa borasiz-da, sarflaysiz. Lekin foydali buyumlarga sarflasangiz, arzirdi. Savdo, reklama va tijorat-loyihalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadiganlar uchun 31 may omadli kechadi. Shaxsiy hayotingiz esa bugun jang maydonini ham eslatib yuborishi ehtimoldan xoli emas. Juftingiz hujumga o‘tadi, siz yon berishdan boshqasiga tayyor emassiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
31 may kunning birinchi yarmidayoq juda katta tezlikda moddiy ahvolingizni yaxshilamasangiz bo‘lmaydi. Sizni ko‘rolmaydiganlardan qaysidir biri bugun sizni katta pulga tushirishni niyat qilgan, ehtiyot bo‘ling. Ko‘cha-ko‘yda ham daromadlaringiz, ichki sirlaringizni hech kimga aytmang. Oila qurmaganlar ham sergak tortmasalar bo‘lmaydi. Tanlaganingizni tortib olishga bel boylagan raqib paydo bo‘lgan. Uni tez tinchlantirmasangiz bo‘lmaydi. O‘zingiz quruq qolishingiz mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Afsuski, bugun oilangizda juftingiz bilan yaxshigina janjal bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu har qachongidek moliyaviy masalaga borib taqaladi. Tabiat qo‘yniga chiqish, soylar bo‘yida dam olish uchun 31 may juda xayrli kechadi. Agar ishlaringiz ko‘p bo‘lmasa, tabiat qo‘yniga otlaning. Salomatligingiz ham shu bahonada yanada yaxshilanadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar bahorning oxirgi kuni ham nihoyatda ehtiyotkorlik bilan harakatlar sodir etishlari kerak bo‘ladi. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
31 may kuni sevgan insoningizni yoningizga olib u qadar olis bo‘lmagan manzilga safar uyushtirishingiz kutiladi. Bu qo‘shni shahar yoki tog‘ yon bag‘riga bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Ish joyingizda esa qisqartirishlar sodir bo‘lishi kutilmoqda. Anchadan beri qo‘shimcha ish izlash bilan ovora edingiz chog‘i, harakatni tezlatish vaqti etdi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ish joyingizda sizni bir emas, bir necha omadga eltuvchi imkoniyat eshiklari kutmoqda. Bularning biri miyangizda paydo bo‘la boshlagan yangi g‘oya, ikkinchisi esa shu g‘oyani amalga oshirishda do‘stlar va hamkasblar beradigan yordamdir. Shaxsiy hayotingiz osuda kechadi. Yoshi ulug‘ qondoshlar maslahatiga quloq tuting. Basharti juftingiz bilan orangizda sovuqchilik paydo bo‘lsa, sovuqchilikdan darhol xalos bo‘lishingiz shart. Asablarni asrang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun kun davomida nimaiki ishga qo‘l urmang, etakchi vazifasini o‘tashingizga to‘g‘ri keladi. Bu moliyaviy ahvolingizni butlab olishda ham katta yordam beradi. 31 may kuni tabiat qo‘ynida dam olish, olis safarga chiqish omadli kechishini yulduzlar bashorat qilishgan. Serqatnov yo‘llarda juda ehtiyot bo‘ling, jarohat olishingiz xavfi ham yo‘q emas.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun ishda yangi loyihalarni o‘z tashabbusingiz ko‘magida hayotga tadbiq eta olsangiz, sizdan baxtlisi bo‘lmasdi. Aksincha bo‘lib chiqsa, mukofotdan ham, olqishlardan ham quruq qolasiz. Shaxsiy hayotda ko‘proq juftingiz fikri bilan hisoblashing. O‘z manfaatlaringizni vaqtincha bir chetga surib qo‘ying. Kechqurun bosh og‘rig‘idan azob cheka boshlashingiz kutiladi. Oldini olib, kuchli ta’sir etuvchi dori tayyorlab qo‘ysangiz, ziyon bo‘lmaydi. Uxlashga yotar pallada olisdan telefon orqali yoqimli xabar eshitasiz.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
31 may kuni erta tongdanoq ko‘zlangan maqsad sari olg‘a qadam tashlaysiz. Bu yo‘lda hatto oiladagi eng yaqin insonlarni ham payqamasligingiz mumkin. Yo‘q, bunday e’tiborsizlik oqibatda janjalga sabab bo‘lishi turgan gap. Kunning ikkinchi yarmida o‘sha maqsadga baribir etasiz. Kissangiz pulga ham to‘ladi. Kechki ovqatga sut mahsulotlarini tanlay qoling. Shunda uyqa orasida oshqozoningiz qiynalmasdi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugungi kuningiz har jihatdan ancha og‘ir kechishini bashorat qilishgan. Daromadingiz a’lo darajada bo‘lishiga qaramay, daf’atan paydo bo‘ladigan xarajatlar uni bosib tushishi mumkin. Oilasizlar o‘zi tanlagan insonni rashk qila boshlashlari kutiladi. Ammo bu odat yaxshilikka olib kelmasligini unutmang. Garchi rashk uchun asosingiz bo‘lsa ham ko‘z yumishingizga to‘g‘ri keladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 31 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...