21:36 / 01.06.2017
6 460

2 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

2 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
2 iyun kuni moliyaviy ahvolingiz pastga sho‘ng‘ishi kutiladi. Bunga birdan-bir sabab juda charchaganingiz bo‘lishi mumkin. Keyingi kunlari kuchli bosim bilan ishlaganingiz bugun o‘z so‘zini aytishi mumkin. Biroz dam olib, nafas rostlab, ana undan keyin harakat boshlasangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi. Shaxsiy hayotingizda kun bo‘yi yoqimli lahzalar ko‘p bo‘ladi. Ayniqsa, bolalikdagi juda yaqin do‘stingizni uchratib qolishingiz sizga bir olam shodlik baxsh etadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun birinchi navbatda salomaligingizga e’tibor qaratishingizni maslahat berishmoqda. Quyosh tig‘ida ko‘p yurmang va taomni keragidan ortiq iste’mol qilib qo‘ymang. E’tiborsiz bo‘lsangiz, xuddi shu ikki narsa sog‘lig‘ingizga putur etkazishi hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo‘yniga dam olish uchun jo‘nashingiz kutiladi. Moliyaviy muammolaringizni uzoq qarindoshlardan biri hal qilib beradi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
2 iyun kuni yaqin do‘stlardan biri haqida yoqimsiz xabar eshitasiz. Na iloj, hayot ba’zida shunday kutilmagan ko‘ngilsizliklarni ham hadya etib turadi. Bunday vaziyatlarda faylasuflarcha ish tutish kerak bo‘ladi. Ro‘zg‘ordagi muammolar vaqtingizning ham, pulingizning ham asosiy qismini o‘g‘irlashi mumkin. Ammo busiz muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Agar anchadan beri mehnat ta’tiliga chiqishni reja qilgan bo‘lsangiz, bugundan qulayini topa olmaysiz.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun romantika ishqibozi bo‘lsangiz, omadingiz keldi. Vaziyat shunday quriladiki, siz ajoyib bir insonni uchratasiz. Romantik lahzalar ayni o‘sha inson bilan birgalikda kechishi kutiladi. Oila qurmaganlar ham bugun qaysidir yig‘inda ishtirok etib, o‘sha erda bo‘lg‘usi juftini uchratishlari mumkin. Pul masalasida juda sergak bo‘ling. Ayniqsa, kimningdir nomiga pul yubormoqni rejalashtirgan bo‘lsangiz, sergakliksiz sira bo‘lmaydi. Kechqurun sog‘liqqa putur etkazuvchi barcha harakat va taomlardan voz keching.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
2 iyun kuni faqat o‘zingizga yoqqan mashg‘ulotlar bilan band bo‘ling. Shunda omadga, muvaffaqiyatga tezroq erishasiz. Pulingiz ham kutilmaganda ko‘paya boshlaydi. Kechqurun tanishlardan birinikiga mehmonga borishingiz ehtimoli bor. Kun davomida firibgar, hasadgo‘y va ikkiyuzlamachilardan nariroq yurishga harakat qiling. Pul yo‘qotishni istamasangiz, jamoat transportiga chiqmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Astrologlar ta’biri bilan aytganda, bugun taqdiringizning yuziga bir tikilib ko‘ring. Agar bir odam hadeganda qarshingizda paydo bo‘la boshlaganini sezsangiz, bu tasodif emas. Oila qurmagan bo‘lsangiz, xuddi o‘sha kelajak hamrohingiz bo‘lib chiqishi tayin. Bugun parizod burjida tug‘ilganlar uchun yig‘inlar, kelishuvlar va olis safarga chiqish muvaffaqiyatli kechadi. Ammo moddiy ahvolingiz kechagiga nisbatan sal pastroq bo‘lishi mumkin. Surunkali xastalikka chalinganlarga yulduzlar issiq havoda tashqarida ko‘p yurmaslikni maslahat berishadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
2 iyun kuni shaxsiy hayotingiz bir maromda osuda kechishi kutilmoqda. Agar ko‘nglingiz nimadandir g‘ashlana boshlaganini sezsangiz, juftingiz bilan ochiq gaplashib olishga erinmang. Moddiy ahvolingizni faqat badavlat do‘stlardan birigina yaxshilab bera oladi. Boshqa muammolarni esa tanish-bilishlarga bildirib o‘tirmasdan, o‘zingiz mustaqil tarzda hal qiling. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taom iste’mol qilmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun kuningiz juda xayrli kechadi. Faqat qaysidir qo‘shni folbinning dastidan azob cheka boshlaganini eshitib qolishingiz kayfiyatingizni buzishi mumkin. Kun davomida sizni ko‘pchilik dam olish, sayohatga taklif etib ko‘z ochirmasligi mumkin. Muhabbatda tekshiruvlar, sinovlar, kuzatuvlar naf keltirmaydi. Bu muammoni qat’iy ishonchgina ijobiy hal eta oladi. Kechqurun o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz kutiladi. Albatta vrach ko‘rigidan o‘ting.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
2 iyun kuni erinmasdan butun yoz rejasini tuzib chiqsangiz ham ziyon qilmasdi. Ta’tilga chiqmoqchi bo‘lib yurgan bo‘lsangiz, bugun bu rejani ortga surib turishingizga to‘g‘ri keladi. Buning sabablarini ish joyingizda o‘zingiz ko‘rasiz. Kechqurun yolg‘iz qoling va xayolot olamiga kiring. Ruhingiz dam oladi, mulohaza qilasiz, o‘tmish xatolardan xulosalar chiqarasiz. Ertangi kun uchun kuch yig‘asiz. Juftingizdan qaysidir masalada gumonsiray boshlagan bo‘lsangiz, bu gumonni tezlik bilan ko‘nglingizdan chiqarib tashlaganingiz ma’qul.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Gap moliyaviy masalaga borib taqalsa, bugun faqat qalb amriga bo‘ysungan holda ish ko‘ring. Yaqinlaringiz bilan qo‘pol munosabatda bo‘lmang. Ulardan pulni ayamang. Kunning ikkinchi yarmida kissangiz pulga to‘ladi va barcha muammolar bartaraf etiladi. Quyoshda ko‘p yurishingiz oqibatida salomatligingizga putur etishi mumkin. Yaxshisi, salqinda o‘tirgan holda kun o‘tkazing. Kechqurun yaqin masofada yashaydigan qondoshlardan biri sizga xushxabar etkazishi kutiladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
2 iyun kuni asabni qaqshatadigan vaziyatlarga tushib qolishingiz xavfi bor. Bu narsa surunkali xastaliklar qayta qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lishi mumkin. Pul bilan bog‘liq har qanday tavakkalchilik va tadbirlarni boshqa kunga qoldiring. Yo‘qotishlarga yuz tutishingiz mumkin. Har gapidan janjalning hidi keladiganlarga yaqin bormang. Ba’zi do‘stlarimizning xonadonida bugun yangi mehmon dunyoga kelish ehtimoli ham yo‘q emas.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Baxtga qarshi bugungi kuningiz jiddiy muammolardan iborat bo‘lishi kutiladi. Tijoratchi bo‘lsangiz, daromadning mazasi qochib asabiylashishingiz mumkin. Ish joyingizda rahbariyat almashishi ham ortiqcha muammolar keltirib chiqarishi turgan gap. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar bosh og‘rig‘idan shikoyat qila boshlashlari mumkin. Tadbirini ko‘ring va sog‘lom holatda hayotdan zavq oling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...