Bugun sizga Live Kitchen pazandalik studiyasi oshpazining tezroq va mazaliroq tayyorlashga yordam beruvchi bir necha sirlarini oshkor qilmoqchimiz.
1. Pomidorning po‘stini pichoq bilan oling
Ba’zan reseptlar uchun po‘sti olingan pomidorlar talab qilinadi. Ayniqsa qaylalar yoki pyure-sho‘rvalar masalasiga kelganda: po‘stloq tarkibni o‘zgartiradi yoki bundan ham yomonrog‘i taxir qiladi va ta’mini buzadi. Uni olib tashlash uchun pichoq va biroz epchillik kerak bo‘ladi.
- Pichoqni o‘tkirlang. Po‘stlog‘i oson olinishi uchun u o‘tkir bo‘lishi kerak.
- Pomidorlarni tayyorlang. Ularni yuving va sochiqcha bilan artib quriting.
- Pomidorlarni bo‘laklarga ajrating. Ularni ishlov beruvchi taxta ustiga po‘stini pastga qilib qo‘ying.
- Ehtiyotlik bilan, etiga tegizmasdan po‘stini kesing. Keyin urug‘larini olib tashlang.
2. Qiymaga sariyog‘ qo‘shing
Yog‘ bo‘tqani va kotletlarni ham buzmaydi. Bu masalliq tufayli ular shirador va mazali chiqadi.
- Bir bo‘lak sariyog‘ oling. 1 kg qiymaga 100 g yog‘ qo‘shish kerakligini hisobga oling.
- Yog‘ bo‘lagini yirik qirg‘ichda qiring.
- Yog‘ni qiymaga qo‘shing va aralashtiring.
3. Ziravorlarni tovada qovurib oling
Taomlarga quruq o‘tlar va ziravorlar qo‘shuvchilar uchun maslahat. Bevosita tayyorlash oldidan xushbo‘y hidini kuchaytirish uchun ularni quruq tovada qovuring.
4. Tayyorlash oldidan shampinonlarni yuvmang
Shampinonlar yaxshi va qizarib qovurilishi uchun ularni yuvmaslik lozim. Faqat po‘stini kesishning o‘zi etarli.
- Shampinonlardan tuproqlar qoldig‘ini silkitib tushiring.
- Bandlarini kesib tashlang.
- Boshidagi po‘stlog‘ini pichoq bilan olib tashlang.
5. Limon sharbatini qo‘llaringiz bilan siqing
Limon sharbatini qo‘shimcha moslamalarsiz siqib olish mumkin.
- Limonni kaftingiz bilan bosib taxta ustida aylantiring. Asoslarini kesing. Uni idish ustida ushlab turing va kaftlaringiz ichida aylantiring.
- Limonni ikkiga ajrating. Navbati bilan har birini oling va barmoqlaringiz bilan eti ustiga bosib teskari ag‘daring.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin