22:00 / 20.06.2017
5 919

21 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

21 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun rejalashtirmagan ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payishini bashorat qilishgan. Shu ishlar kun davomida sizdagi kuch va g‘ayratni tortib olishi kutiladi. Ro‘zg‘orda va pul masalasida muammolarga duch kelishingiz mumkin. Bugun bilim olish va ziyo tarqatish uchun qulay kechadi. Surunkali buyrak va yurak xastaliklari qo‘zg‘alishi ham ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun oldini olib dori-darmonlaringizni doimo o‘zingiz bilan birga olib yurishni unutmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
21 iyun kuni yaqin do‘stlardan biri haqida u qadar yoqimli bo‘lmagan xabar eshitishingiz mumkin. Bugun yaqinlaringiz qaysidir sohada yordam taklif etishsa, rad etmang. Ularsiz o‘sha muammoni bartaraf eta olmaysiz. Agar yangi ish boshlashni o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, boshqa kunga qoldiring. Bugun muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Juftingiz bilan kechqurun nimadir sabab bo‘lib bahslashib qolishingiz kutiladi. Asabni asrang, shunda sog‘lig‘ingiz ham pand bermaydi. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta ijobiy hal bo‘ladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun tushga yaqin ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz kutilmoqda. Bu tadbirning boshida o‘zingiz turishingiz ham mumkin. Agar shunday bo‘lib chiqsa, do‘ppini osmonga otavering. Chunki tadbir sizga moddiy manfaat ham ato etadi. Ish joyingizdagi rahbarlar bajargan yumushlaringizdan mamnunligini kechqurun mukofot taqdim etish bilan namoyish qilishi tayin bo‘lib turibdi. Oilasizlar bugun kechqurun romantik uchrashuvdan, ishqiy lahzalardan umid qilaversalar bo‘ladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
21 iyun siz uchun juda mas’uliyatli kechadi. Negaki ishda qaysidir hamkasblar uchun ham siz javobgar hisoblanasiz. Mas’uliyatning asosiy yuki sizning gardaningizda turadi. Qayg‘urmang, uddalaysiz, shu bahonada boshliqlarning e’tiborini yanada kuchliroq tortishga muvaffaq bo‘lasiz. Xususiy mulk oldi-sotdisi bugun omadsizlik hadya etadi. Bu ishni boshqa kunga qoldirganingiz durust. Kechqurun toza havoda ko‘proq sayr qiling. Yoki yolg‘iz qoling. Bu ham kayfiyatni ko‘tarib olish uchun yordam beradi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun yulduzlar kuningiz tug‘ishini bashorat qilishgan. Ertalabdanoq xizmat safariga yoki dam olishga jo‘nashingiz kutiladi. Asosiysi, bularning barchasi o‘zgalar hisobidan bo‘ladi. Zinhor inkor etmang. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan janjallashib qolishingiz mumkinligi kutiladi. Bunga har qachongidek rashk sababchi bo‘ladi. Qaniydi, rashk degan baloni ko‘ngildan haydab sola olsangiz, har taraflama yutardingiz. Oilangiz kundan kunga mustahkamlanib juda mustahkam qo‘rg‘onga aylanardi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
21 iyun kuni professional kasbingizga oid iste’dodingizni nafaqat ishda, balki oilada ham qayta-qayta namoyish etish imkoni tug‘iladi. Iste’dodingiz sizga bir olam olqishlar, maqtovlar va moddiy manfaat taqdim etishi ehtimoldan xoli emas. Qolgan ishlarni aniq reja asosida bajarsangiz, moliyaviy ahvolingiz kunning birinchi yarmidayoq o‘zini tutib oladi. Oilasizlarga ham xudo qo‘shqo‘llab beradi. Bugungi kun bor bo‘yi bilan sizniki. Omadingizni bersin!
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ishda bugun murakkablikdan qoching. Taqdir in’om etgan va etayotgan moddiy, ma’naviy boylikka shukr qiling-u, yashashda, ishlashda davom eting. Uydagilardan birovini ranjitgan bo‘lsangiz, albatta uzr so‘rang. Ro‘za oyida buning savobi katta bo‘ladi. Ro‘zadorlarga xizmat qiling, o‘zingiz ro‘zador bo‘lsangiz, sog‘lig‘ingizni kun davomida qat’iy nazorat etishni unutmang. Kechqurun oiladagilar bilan shirin suhbatlar quring. Ko‘ngil chigallari yoziladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
21 iyun kunning birinchi yarmida ba’zi do‘stlarimiz tuyqusdan xorijga xizmat safari bilan jo‘nab ketishi mumkin. Hayotingizni bundan keyin ham jamiyat talablari va qoidalari asosida tashkil eting, shu tartib bo‘yicha yashang. O‘zingiz uchun qulay hayot qurishga intilsangiz, har qadamda noqulayliklar, ko‘ngilsizliklar ta’qibida qolishingiz mumkin. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, jarohat olishingiz xavfi bor.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Do‘stim, bugun rahbariyatga to‘g‘riso‘zlikni, adolatlilikni isbot etishga urinadigan kun emas. Nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘ring. Eng yaxshi yo‘li shuki, rahbarlar qarshisida faqat tinglovchi va bajaruvchi rolini qoyillating, vassalom. Sizdan yaxshi odam bo‘lmaydi. Rahbarlar shakkok xodimlarni yoqtirishmaydi. Oilada juftingizni rashk qilish odatingiz ham nuqul sizga pand beradi. Uni ham haydab soling, bu qo‘lingizdan keladi. Xamirli taomlar, shirinliklar eyishni keskin kamaytiring. Kechqurun uyingizga boshqa bir shahardan qarindoshlar mehmon bo‘lib kelishi mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
21 iyun ertalabdayoq, ish yoki o‘qishga ketishdan oldin juftingiz bilan munosabatlarni yaxshilab oling. Bu, albatta kuni kecha umr yo‘ldoshi bilan janjallashib qolganlarga taalluqli. Begonalarga kamroq ishonch bildiring, aks holda bugun ko‘p miqdorda pul yo‘qotishingiz hech gap emas. Do‘stlar, hamkasblar bilan muloqotda ehtirosga zo‘r berib qo‘ymang, obro‘yingiz to‘kilishi mumkin. Kun davomida salomatligingizni nazoratda ushlash ham yodingizdan ko‘tarilmasin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun hurmatli ayollarimiz, qizlarimizga uy yig‘ishtirish bilan shug‘ullanishni maslahat berishadi. Agar ishingiz ko‘p bo‘lsa, o‘zingiz uchun dam olish e’lon qiling. Bugun tejamkorlik sizga katta naf keltiradi. Yo‘llarda ketayotib, sport bilan shug‘ullanayotib nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Kredit olishni anchadan beri orzulab kelayotgan bo‘lsangiz, bugun omadingiz kuladi. Sog‘liqqa hushyor bo‘ling. Ko‘cha taomlarini iste’mol qilishda etti o‘lchab bir kesing.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
21 iyun siz uchun daromadlar kuni bo‘ladi. Bundan tashqari, sizni yangi-yangi joylarga ishga taklif etishlari kutiladi. Siz juda-juda kerakli inson ekaningizni aynan 21 iyun kuni yanada chuqurroq his etasiz. Shaxsiy hayotingizda ba’zi notekisliklar paydo bo‘lishi mumkin. Ularni bardosh va kuchli iroda yordamidagina engib o‘ta olasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 21 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..