QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun azaliy niyatlaringiz, umidlaringiz ijobat bo‘lishi kutilmoqda. Muvaffaqiyatning barcha eshiklari siz uchun ochiq bo‘ladi. Muhabbatda oilasizlarga picha iroda kuchi va sergaklik kerak bo‘ladi. Shunda ko‘zlagan maqsadga eta olasiz. Qanday bo‘lmasin, siz muhabbatingizni tanlagan insoningizga isbotlashingiz kerak. Kechqurun do‘stlaringiz ziyofatga taklif etishlari mumkin. Sog‘liqqa ehtiyot bo‘ling. Taqiqlangan mahsulotlarni iste’mol qilmang. G‘iybatchilardan nariroq bo‘ling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
22 iyun kuni yaqin orada qarindoshlardan biri bilan arazlashgan, janjallashgan bo‘lsangiz, yarashish uchun imkoniyat tug‘iladi. Agar ayb sizda bo‘lsa, uzr so‘rashingiz lozim. Tabiat qo‘ynida dam olish, yirik xaridlar qilish, do‘stlar bilan muloqot uchun bugun qulay kechadi. Agar mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, olis safarga chiqsangiz ham safaringiz muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingiz kunning ikkinchi yarmida sal bezovta qilib o‘tishi mumkin. Hoynahoy havoning issiqligidan bo‘lsa kerak.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun anchadan beri birga ishlayotgan odamlarga yana bir marotaba sinchiklab nazar soling. Ularning qaysidir biri siz haqingizda g‘iybatlar tarqatib yurgan ko‘rinadi. Ammo buni o‘ziga zinhor sezdirmasangiz ma’qul ish bo‘ladi. Oila a’zolaringiz, juftingizga nisbatan adolatli bo‘ling, ularning ko‘nglini qoldiradigan ishlarga qo‘l urmang. Shunda oiladagi o‘rningiz, hurmatingiz yanada mustahkamlanib boraveradi. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib yaxshilanishi kutilmoqda.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
22 iyun kuni ayollar, qizlar tashqi ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratishlari zarur bo‘ladi. Shu bahonada garderobingizni hech qursa bitta yangi kiyimga to‘ldirishingiz ham ziyon qilmaydi. Buning uchun moddiy ahvolingiz etarli darajada. Ammo bu sohada do‘stlar, tanishlar maslahatiga quloq tutmang. Muhabbatda juftingizni behuda tanqid qilmaslik tavsiya etiladi. Agar uni sevsangiz, barcha kimchilik-u nuqsonlari bilan qabul qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun mavqeingizni oshirish uchun juda qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Ulardan o‘rinli foydalanish o‘zingizga bog‘liq. Ish bajarishda hamkasblar yordamiga muhtojlik sezmaysiz. Faqat bardosh bilan ish tuting, hech kimning dilini og‘ritmang. Kechqurun oilasizlardan kimnidir uchrashuvga taklif etishlari mumkin. Bu inson o‘zingizga ham anchadan beri yoqib kelardi. Demak, orzularingiz ushalish pallasiga kira boshlabdi. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘idek asrang. Kechqurun toza havo sayrini albatta amalga oshiring.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
22 iyun kuni mehnat ta’tiliga chiqmagan bo‘lsangiz, shu masalada rejalar tuzishingiz mumkin. Tushdan keyin do‘stlar bilan uchrashishingiz ehtimoli bor. Pul masalasida tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymang, o‘zingizga yaxshi tanish bo‘lmaganlarga qarz bermang. Juftingiz qaysidir masalada sizga haqiqatni bayon qilishi kutiladi. Shu suhbat orangizdagi munosabatni u yoki bu tarafga o‘zgartirishi tayin. Bugun tabiat qo‘ynida dam olib qaytsangiz, ertangi kun uchun keragidan ham ko‘proq kuch yig‘a olasiz.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun anchadan beri oyog‘ingizga kishan bo‘lib kelayotgan muammolar o‘z echimini topishini bashorat qilishgan. Bolalar uchun yoki davolanish maqsadlariga katta pul sarflashingiz kutiladi. Shaxsiy hayotda qat’iy reja asosida yashashdan voz keching. Bu hayot juftingizga ma’qul bo‘lmasligi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida sizga qo‘shimcha daromadli ish taklif etishadi. Shu moddiy ahvolingizni yaxshilashda asqotadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
22 iyun kuni ertalabdan kayfiyatingiz juda yaxshi bo‘ladi. Ishda rahbarlar bajargan ishlaringizni maqtashadi, mukofot puli ajratib qolishlari ham ehtimoldan xoli emas. Ammo shaxsiy hayotingizda ba’zi ko‘ngilsiz vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunga tinimsiz davom etuvchi janjallar sabab bo‘ladi. Janjallarni kamaytira bilsangiz, dunyoga yanada erkinroq boqa olasiz. Sog‘lig‘ingiz bugun pand bermaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugun ko‘ngildagidek daromadga erishishingiz mumkinligini uqtirishmoqda. Agar boshliqlar xizmat safariga borishingizni aytsa, rad etmang. Safar sizga moddiy manfaat olib keladi. Kechqurunga yaqin plastigingizga katta pul kelib tushishi kutiladi. Yaqinlaringiz uchun sovg‘alar xarid qilishni unutmang. Salomatligingiz pand bera boshlasa, darhol vrach ko‘rigiga choping.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
22 iyunda bajargan ishlaringiz xoh yirik, xoh mayda bo‘lsin, mukofotini pul ko‘rinishida olasiz. O‘tayotgan har bir lahzangiz yoqimli kechadi. Reklama, san’at, bezak va qurilish sohasida ishlaydiganlar bugun muvaffaqiyatga erishishadi. Ijod ahli ham aynan 22 iyun kuni ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan ijobiy natijalarga ega bo‘lishlarini yulduzlar bashorat qilishgan. Oilasizlarga ham baxt, omad kulib boqadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Eng muhim ishlarga alohida e’tibor qarating. O‘shalargina sizga ham ma’naviy, ham moddiy zavq bera oladi. Ikkinchi darajali ishlarni esa vaqtincha bir chetga surib qo‘ying. Tadbirkorlarning bugun o‘ylab topadigan yangi ish usullari ham samara bera boshlaydi. Oilasizlar bugun muhabbatda sukut saqlashlari kerak bo‘ladi. Balki ertaga omadingiz kular. Xudo biladi. Sog‘lig‘ingizni tashqi xavflardan himoya qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
22 iyunni hazil-mutoyibaga bag‘ishlang. Hazil orqali ishlaringiz baroridan keladi, kayfiyatingiz tushmaydi, salomatligingizga putur etmaydi. Boshqa uyga ko‘chishni, ishni almashtirishni va sayohatga chiqishni mo‘ljallaganlar uchun bugun juda xayrli bo‘ladi. Agar o‘zgalar maslahatiga quloq tutmasangiz, kuningiz a’lo darajada o‘tadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi