Kutilmagan vaziyatlarda qo‘l keladigan eng muhim tezkor raqamlar ro‘yxati

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Kutilmagan vaziyatlarda elektr, gaz, suv yoki isitish tizimidagi nosozliklar yuzaga kelsa, 1055, 104, 1054 hamda 1347 raqamlariga murojaat qilish mumkin.
- Inson hayoti va xavfsizligiga tahdid tug‘ilganda esa yong‘in xavfsizligi (101), ichki ishlar organlari (102), tez tibbiy yordam (103) va FVV qutqaruv xizmati (1050) raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish zarur.
Kundalik hayotda kutilmagan avariya holatlari, elektr tarmog‘idagi uzilishlar, gaz bosimining pasayishi yoki suv ta’minotidagi nosozliklar har birimizning xonadonimizda uchrab turishi tabiiy. Bunday vaziyatlarda qaysi idoraga murojaat qilishni bilmay vaqt yo‘qotmaslik uchun kerakli telefon raqamlarini oldindan saqlab qo‘yish juda muhimdir.
Favqulodda xizmatlar va kommunal muammolarni tezkor hal etish uchun mo‘ljallangan asosiy qisqa raqamlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
Kommunal soha va maishiy muammolar bo‘yicha raqamlar
Uyingizda kommunal tizimlar bilan bog‘liq nosozlik yuzaga kelganda quyidagi manzillarga bog‘laning:
1055 — Barcha turdagi kommunal muammolar bo‘yicha yagona dispetcherlik xizmati;
1154 yoki Telegram orqali @het_admin — Elektr ta’minotidagi uzilishlar, transformator nosozliklari va chiroq o‘chishi masalalari bo‘yicha («Hududiy elektr tarmoqlari»);
104 — Avariyaviy gaz xizmati (gaz hidi sezilganda yoki ta’minot uzilganda);
1054 — Ichimlik suvi ta’minoti («Suvsoz» / «O‘zsuvta’minot») tizimi;
1347 — Isitish tizimi (otopleniye) va issiq suv ta’minotidagi muammolar uchun.
Favqulodda vaziyatlar va xavfsizlik xizmatlari
Inson hayoti, salomatligi va xavfsizligiga tahdid tug‘ilganda qo‘ng‘iroq qilinadigan asosiy tarmoqlar:
101 — Yong‘in xavfsizligi xizmati;
102 — Ichki ishlar organlari (militsiya / politsiya);
103 — Tez tibbiy yordam xizmati;
1050 — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) qutqaruv xizmati (qulflanib qolgan eshiklar, tabiiy ofatlar va qutqaruv amaliyotlari uchun).
Kundalik ma’lumot va dori-darmon izlash
Hayotiy zarurat tug‘ilganda foydali bo‘ladigan qo‘shimcha xizmatlar:
1069 yoki (78) 140-19-19 — Kerakli dori vositalari mavjudligini va eng yaqin dorixonalarni tezkor qidirish ma’lumotnomasi;
1001 — Rasmiy ob-havo ma’lumotlarini olish xizmati.
Ushbu ro‘yxatni telefoningiz xotirasiga saqlab qo‘yish yoki oila a’zolaringiz bilan bo‘lishish kutilmagan vaziyatlarda ortiqcha asabbuzarliklarning oldini oladi va muammoni zudlik bilan bartaraf etishga ko‘mak beradi.































Izohlar 0
…