21:17 / 24.06.2017
7 130

25 iyun sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

25 iyun sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
25 iyunda har bir qilayotgan ishingiz, gapirayotgan gapingizni jiddiy nazorat ostida ushlang. Qo‘l va til sizni kutilmaganda yoqimsiz vaziyatlarga tushirib qo‘yishi hech gap emas. Agar to‘g‘riso‘z bo‘lsangiz, muhabbatda ham muvaffaqiyatlarga erisha olasiz. Kun davomida ko‘pchilik sizga nisbatan mehr va e’tibor ko‘rsatib, ishlarni bajarishda yaqindan yordam beradi. Siz ham bu yaxshiliklarga munosib javob qaytarishni unutmang. Kechqurun salomatligingiz haqida qayg‘uring.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Agar shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Olisga safarni esa boshqa kunga qoldiring. Bugun jarohat olishingiz xavfi bor. Ro‘zg‘ordagi pul bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etish uchun 25 iyun juda qo‘l keladi. Lekin bu ishni ham yaqinlaringiz yordamisiz amalga oshira olmaysiz. Ijod kishilari ham bugundan ko‘p yaxshilik kutsalar yarashadi. Kechqurun toza havo sayrini unutib qo‘ymang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
25 iyun kuni ishda anchadan beri kallada pishitib kelgan yangi g‘oyalarni hayotga tadbiq eting, albatta omadingiz keladi. Qarindoshlardan biri bilan bo‘ladigan suhbatda nihoyatda asabiylashishingiz, natijada qarindoshingiz bilan aytishib qolishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy ahvolingiz ham yaqin do‘stlardan birining yordamida albatta yaxshilanishi kutiladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Oilasizlar bugun kunning birinchi yarmida kelgusi taqdirdoshi bilan tasodifan tanishib qolishlari, bu tanishuv kelgusida to‘y bilan yakunlanishi mumkin. Tijoratchilar, tadbirkorlar mijoz bilan ishlashda muloyimroq bo‘lsinlar. Shunda pulingizga baraka kiradi. Bugun sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanmang. Jarohat olishingiz mumkin. Kechqurun qo‘lingizga kimdir katta miqdorda pul tutqazishi mumkin. Uxlashga yotishdan oldin og‘ir hazm bo‘ladigan ovqatlar emang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
25 iyun kuni professional kasbingiz bilan bog‘liq salohiyatni yanada kuchaytirish payida bo‘ling. O‘zingiz harakat qilmas ekansiz, birov kelib bu ishingizni bitirib bermaydi. Oilalilar hayotida bugun kunning ikkinchi yarmida bir umr esda qolishga arziydigan voqea yuz beradi. Bu oilada chaqaloq tug‘ilishi bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Agar sog‘lig‘ingiz bezovta qila boshlasa, xalqona yo‘llar bilan davolanishga urinmang. Sizga professional vrachlargina yordam bera oladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun parizod burji vakillarining ayrimlari bir yil davomida orzulagan kunga etishlari kutiladi. Ya’ni, siz olis safarga chiqishni orzu qilgandingiz. 25 iyun kuni shu orzuni haqiqatga aylantirishingiz mumkin. Yaqinlaringiz sizni kun bo‘yi turli savol va noroziliklarga ko‘mib tashlashi mumkin. Ularga nisbatan e’tiborliroq bo‘lishga harakat qiling. Bugun yangi uyga ko‘chish, samolyotda parvoz qilish, uy ta’miri juda xayrli kechadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar, unutmang, ayni paytda Quyoshda kuchli portlashlar kuzatilmoqda. Salomatlikni nihoyatda ehtiyot qiling va nazorat ostida ushlang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
25 iyun kuni hayotingizda ko‘plab yorqin sahifalar ochiladi. Bu ko‘nglingizni ko‘tarib, sizga yengil tortish uchun imkon tug‘diradi. Kun davomida ko‘p xabarlar eshitasiz. Ammo har bir xabarning haqiqat yo yolg‘on ekanini sinchkovlik bilan tekshirib ko‘ring. Oilasizlar muhabbatda faqat chiroyli so‘zlar bilan kifoyalansinlar. Undan ortig‘i sizga ortiqchalik qiladi. Shundagina suyganingiz sizni yanada qattiqroq seva boshlaydi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ishlashni, pul topishni xohlagan odam dam olish kunlari ham imkon topa oladi. Siz ham shu usuldan foydalaning. Afsuslanmaysiz. Bugun olis safarga chiqmang, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Kun davomida hujjat yoki pul yo‘qotishingiz xavfi sezilyapti. Juftingizdan iloji bor narsanigina so‘rang. Asabni asrang. Kechqurun yolg‘iz qolib yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolaringizni xomcho‘t qiling. Sog‘lig‘ingizga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
25 iyun kunning birinchi yarmida sizga qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishning o‘zi ko‘ndalang bo‘ladi va uning ko‘magida moliyaviy ahvolingizni yanada mustahkamlab olasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar bilan qalbingiz buyurganidek munosabatda bo‘ling. Salomatlik masalasida ham muammolar tug‘ilmasligi uchun to‘laqonli ko‘rikdan o‘tib qo‘ysangiz ziyon qilmaydi. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun jismoniy zo‘riqishlardan nari bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Bu narsa salomatligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanadiganlarga ham bugun omad kulib boqadi. Oilasizlar esa muhabbatda shoirga aylanib qolmasalar go‘rga edi. Bir dunyo ilhom bilan tanlaganingizning yoniga borasiz. Bu albatta yaxshilikka.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
25 iyun kuni yaqinlaringizdan birining kelajagi yoki o‘tmishi haqida sirli gap eshitasiz. Shu xabar sizni kun bo‘yi mamnun etishdan to‘xtamaydi. Moliyaviy masalada kichik yo‘qotishlarga yuz tutishingiz kutiladi. Kimdir sizni kim bilandir janjallashishga tezlashi ham ehtimoldan xoli emas. Bugun o‘zingizdan boshqaga ishonmang. Kechqurun vaqtingizni oila a’zolaringiz davrasida o‘tkazing.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun kuningiz anchagina og‘ir kechishini yulduzlar bashorat qilishgan. Bir necha kishining o‘rniga ham ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Dam olish kuni bo‘lgani bilan ish topila qoladi. Tirikchilik-da! Tijoratchilarni ham bugun raqobat asabiylashishga, ko‘proq ter to‘kishga majbur etishi mumkin. Kechqurun iloj topsangiz, tabiat qo‘ynida dam olish uchun jo‘nang.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 25 iyun sizga nimalarni va’da qilmoqda?..