QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
26 iyun kuni birinchi navbatda ichki dunyongizga nazar soling. Ichki madaniyat, diplomatiyani taraqqiy toptirish harakatida bo‘ling. Uzoq kelajak haqida rejalar tuzib ovora bo‘lmang, barchasi o‘z vaqti-soatida amalga oshaveradi. Birovni g‘iybat qilish, hasad ko‘zi bilan qarash sizga xos emas. Shunday bo‘lgandan keyin hasadgo‘y va ig‘vogarlardan nari yuring. Bugun hayit bayrami. Bayram bilan barcha yaqinlaringizni tabriklab, imkon bo‘lsa, ularni yoqimli sovg‘alar bilan siylang. Safarga chiqmang, jarohat olishingiz xavfi bor. Hayitingiz muborak bo‘lsin!
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun qalbingiz amriga bo‘ysunmang, aksincha, o‘zingizdan yoshi ulug‘, tajribasi ko‘p insonlardan maslahat so‘rang. Ko‘ngli qora, johillikka moyil bandalardan o‘zingizni olib qoching. Bugun tabiat qo‘ynida dam olish, olis safarga chiqish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun salomatligingizga alohida e’tibor qarating. Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
26 iyun kunning birinchi yarmidanoq do‘stlar va qarindoshlar maslahatini erda qoldirmang. Bu maslahatlar sizga faqat ezgulik baxsh etadi. Qachonlardir birga o‘qigan yo ishlagan odamdan yoqimli xabar eshitasiz. Yolg‘onchi, ikkiyuzlamachilar chuv tushirib ketishini xohlamasangiz, juda sergak bo‘ling va bilib-bilmay ular bilan muloqotga kirib qo‘ymang! Muborak Ramazon bayrami sizga muborak bo‘lsin!
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yaqinlaringizga keragidan ortiqroq mehr ko‘rsating. Ayniqsa, Hayitdek ulug‘ bayramda shu mehr yaqinlaringizga suv va havodek zarur. Shaxsiy hayot va olis yo‘llar osha orttirgan baxtingizni asrang. Daromad keltirmaydigan ishlar uchun vaqt sarflamang. Kechqurun toza havoda sayr qilsangiz, sizga tetiklik hadya etadi. Hayitingiz qutlug‘ bo‘lsin, birodari aziz!
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
26 iyun kuni shaxsiy hayotda etakchilik qilishga sira talpina ko‘rmang. Bu sizga faqat va faqat ko‘ngilsizlik bag‘ishlashi mumkin. Aql bilan ish tutsangiz, hech kimni ulug‘ ayyom kuni ranjitib qo‘ymasangiz, nochorlarga yordam qo‘lini cho‘zsangiz, bir kun kelib albatta mukofotini olasiz inshoolloh! Bugun tabiat qo‘ynida dam olish, meditasiya va sportning faol turlari bilan shug‘ullanish omad keltiradi. Salomatligingizni ham tashqi xavflardan himoya qiling. Hayitingiz qutlug‘ bo‘lsin!
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugungi kuningiz avvalidanoq xayrli o‘tishi ma’lum bo‘ladi. Dam olishning qay turini tanlamang, ko‘nglingiz ko‘tariladi, sog‘lig‘ingiz mustahkamlana boradi. Agar yangi loyihalar miyangizda aylanib turgan bo‘lsa, zudlik bilan ularni hayotga tadbiq eting. Ijod kishilari ham kunni bayramona ruhda o‘tkazishlari kutiladi. Faqat ba’zilarning salomatligi kechqurunga borib pand bera boshlashi mumkin. Tadbirini ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
26 iyun kunning birinchi qismida atayindanmi, yo tasodif bo‘libmi, ko‘ngil dardi og‘ir insonlar yo‘lingizdan chiqa boshlaydi. Ular bilan baravar qayg‘uga botasiz. Lekin o‘zingizni, sog‘lig‘ingizni esdan chiqarib qo‘ymang. Dard dard bilan-u, ammo har birimiz tanadagi og‘riqlarni faqat o‘zimiz orqali o‘tkazamiz, o‘zimiz uchun o‘zlarimiz tashvish chekamiz. Oilasizlar muhabbat bobida aldanib qolishlari ehtimoli bor. Hayit bayramingiz bilan tabriklaymiz, Tarozi burji vakillari!
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun bor kuch va imkoniyatlaringizni daromad keltirishi tayin bo‘lgan ishlarga sarflashingizni maslahat beradi. Chunki bayram kuni ham baribir daromad barchamiz uchun zarur. Tushdan keyingi lahzalarda yangi tanishlar orttirasiz. Shoping, sportning yengil turlari va tabiat qo‘ynida dam olish bugun omadli o‘tadi. Muhabbatda psixolog rolini ijro eting, juftingiz mamnun tortadi. Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
26 iyunda tijorat bilan shug‘ullanuvchilarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Bayram bo‘lsa-da, ularning ishi to‘xtamaydi. Shunga yarasha kun davomida daromad ham ikki hissa ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Tushdan keyin kimdir sizni boshqa bir odam bilan janjallashtirib qo‘yishi mumkin. Bilib-bilmay hasadgo‘ylarning maslahatiga quloq tutib qo‘ymang. Faqat qalbingiz amriga itoat eting. Azartli o‘yinlarni o‘ynamang. Ko‘ngilsizlikka duch kelishingiz mumkin. Salomatlikni ham asrang. Hayitingiz qutlug‘ bo‘lsin!
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar oila qurmaganlarning ayrimlariga bir ko‘rishda muhabbat deb nomlangan tuyg‘uga oshno bo‘lishlarini bashorat qilishgan. Siz sal o‘tib tuyg‘ulardan nari qochishni ixtiyor etishingiz mumkin. Ammo buning iloji yo‘q. Taqdir-da! Sog‘liq pand bera boshlaganini sezsangiz, albatta vrach ko‘rigiga choping. Hamkasblarni ham bayram bilan tabriklash yodingizdan chiqmasin! Kechqurun faqat oila davrasida vaqt o‘tkazing. Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
26 iyun kunning birinchi yarmida bayram bahona bo‘libmi, yuqori lavozimli shaxslar bilan muloqot qilishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Muloqotga diplomatlarcha yondoshishingiz lozim bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishida do‘stlardan biri yordam berishi kutiladi. Bugun olis safar, uy oldi-sotdisi kabilar muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ba’zilar kechki paytga yaqin bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishi mumkin. Bu havoning isib ketishi tufayli sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Ramazon hayitingiz qutlug‘ bo‘lsin!
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun siz uchun juda omadli va serdaromad kechishini va’da qilishgan. Miyangizda g‘amgin xayollar umuman bo‘lmaydi. Ko‘zingizdan tortib lablaringizgacha tabassum qoplaydi. Yaqin o‘tmishga aslo nazar tashlamang, faqat buguningiz haqida qayg‘uring. 26 iyun yangi kasb egallash istagidagilar uchun xayrli kechadi. Kun davomida varikoz ba’zilarni bezovta qilishi mumkin.
Hayit bayramingiz bilan qutlaymiz!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»