21:28 / 26.06.2017
6 822

27 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

27 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
27 iyun kuni iloji boricha g‘iybatchilar va hasadchilar ta’qibidan qoching. Yuzlaringizdan tabassum arimasa, o‘zingizga to‘laqonli ishongan holda harakatlar sodir etsangiz, omad siz tarafda deyavering. Shu narsa sizni dushmanlaringiz nazaridan saqlaydi. Ishda o‘zgacha usullardan foydalana boshlasangiz, bugun nafaqat hamkasblar, balki rahbarlarni ham hayratga sola olgan bo‘lardingiz. Kechqurun salomatligingizni saqlashga e’tibor qarating. Yotishdan oldin toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun har bir ishga qo‘l urishdan oldin obdon tahlil qiling, ana shundan keyin harakatlar sodir etishga o‘ting. O‘zgalar xatolariga nisbatan bardoshli bo‘ling. Kamchiliklarini hech qachon o‘zlariga aytmang. Oila qurmaganlar bugun sokinlik asiriga aylanishadi. Muhabbat bobida tanaffuslar sodir bo‘ladi. Basharti salomatligingiz pand bera boshlasa, vrach ko‘rigiga otlaning. Xastalik kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
27 iyun kuni ish boshlashda ma’naviy etuklik zarur bo‘ladi. Ruhiy holatingiz ham sokinlikka itoat etishi shart. Shunda ishingizda unum bo‘ladi. Taqdir g‘azabiga duchor bo‘lishni xohlamasangiz, juda sergak bo‘ling. Yo‘qsa, hayotingiz osmonini qora bulutlar qoplab olishi hech gap emas. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi. Sog‘lig‘ingizni asrang. Mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Guruchli, xamirli taomlardan qoching.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar bugun oilangizda bir-birini tushuna olmaslik holatlari kuzatilishi mumkinligini bashorat qilishgan. Kun davomida ba’zi do‘stlar bilan ham janjallashib olishingiz ehtimoli bor. Lekin har bir muammoning o‘z echimi bor. Faqat sal sergakroq bo‘lsangiz bas. Ko‘ngilsizliklar sizni chetlab o‘tadi. Yaqinda ota-ona bo‘lganlarni jiddiy muammolar kutadi. Kechqurun do‘stlardan biri siz uchun kutilmagan sovg‘a tayyorlab turibdi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
27 iyun kunning birinchi yarmida oila va ish joyingiz orasida picha chopib olishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo ishga nisbatan e’tiborsiz ham bo‘lmang. Aks holda mukofotdan mahrum bo‘lasiz. Kechqurun do‘stlar sizni ziyofatga chaqirishlari mumkin. Bormang. Spirtli ichimliklar iste’molidan tiyiling. Bo‘lmasa, qattiq zaharlanib, hayotingiz xavf ostida qolishi mumkin. Uxlashdan oldin sut iching. Tushlaringiz shirin kechadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun shaxsiy hayotingizga jiddiyroq yondoshmasangiz bo‘lmaydi. Juftingiz bilan sizning orangizda ko‘plab muammolar mavjud. Shularning eng xavflilariga barham berishingiz lozim. Oilasizlarning ba’zilari tanlagan insoni bilan muhabbat lahzalarini birga kechirishi kutiladi. Bugun dam olish va yaxshi insonlar bilan suhbatlashish uchun ham vaqt ajrating. Xavfsizlik qoidalariga amal qilsangiz, hayotingizga yanada ko‘proq mazmun kiradi. Moliyaviy muammolarni hal etishda yengil fikrlamang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
27 iyun kunning birinchi yarmida yulduzlar ishni yig‘ishtirib, tabiat qo‘ynida dam olib qaytishingizni maslahat berishmoqda. Agar olis safarga chiqishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, darhol otlanishingiz mumkin. Siz uchun barcha yo‘llar ochiq. Tijoratchilar bugun katta yo‘qotishlarga yuz tutishlari kutiladi. Bundan tashqari, raqobatchilar ham har tarafdan sizni charchatishlari ehtimoldan xoli emas. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun nafi tegmaydigan ishlarga kuch va vaqt sarflamang. Tushga yaqin bolalikdagi qadrdonlaringizdan birini uchratib qolishingiz kutiladi. Muhabbatda haddan ziyod kuchli rashk juftingiz va sizga bir umrga tatiydigan ko‘ngilsizliklarni hadya etadi. Chegaradan chiqmang, me’yorlarga amal qiling. Ana shunda baxtingiz mustahkam bo‘ladi. Kechqurun olisdan xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
27 iyun kuni professional kasbingiz doirasida bilmagan narsalarni birovlardan o‘rganishingizga to‘g‘ri keladi. Juftingizga nisbatan xudbinlik qilmang. Bajarayotgan ishingizni hamkasblarga hadeganda maqtayvermang. Shaxsiy hayotda tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Oilasizlar bugun bo‘lg‘usi jufti bilan birga yoqimli lahzalarni boshdan kechirishadi. Kechqurun sog‘lig‘ingiz haqida boshqa kunlardagiga nisbatan ko‘proq qayg‘uring. Surunkali xastalikka uchraganlar kechki payt sal bezovtalanib olishlari kutiladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun ertalabdanoq moliyaviy ahvolingiz masalasida qayg‘uli onlarni boshdan o‘tkazasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, imzolanayotgan shartnomada jiddiy xatolar o‘tib ketib qolishi mumkin. Oilada esa juftingiz sizni arzimagan narsani deb ranjitadi. Lekin kechqurunga borib hammasi joyiga tushadi. Bo‘shashmasangiz bas. Yangi ish boshlagan bo‘lsangiz, bu ishga jiddiy yondashing. Shunda omadga erishasiz. Kechqurun yaqin do‘stlardan biri bilan uchrashib gaplashasiz. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz albatta o‘ngidan keladi. Yulduzlar bashorat qilishgan.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
27 iyun kuni o‘z manfaatlaringizdan o‘zgalar manfaatini ustun qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. Tijoratchi bo‘lsangiz, vaziyatni o‘zingizga bo‘ysundirish uchun ishonchli hamkorlar topishingiz kerak. Kechki payt sizni ajoyib bir tadbirga taklif etishadi. Bu tadbir taqdiringiz o‘zgarib ketishida muhim rol o‘ynashi kutiladi. Salomatligingizni asrang. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, kun davomida sog‘lig‘ingizni nazoratda ushlang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 iyun kuni sizga yangi ish taklif etishlari mumkin. Albatta rozi bo‘ling. Buyog‘idan kelsangiz, moliyaviy ahvolingiz havas qiladigan darajada emas. Bugun yangi uyga ko‘chib o‘tish yoki uy, mashina sotib olish muvaffaqiyatsiz yakun topadi. Bu harakatlarni boshqa kunga qoldirganingiz ma’qul. Muhabbatda nihoyatda hushyor bo‘ling, juftingizning sizga bo‘lgan ishonchi so‘nishi uchun bahona yaratmang.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 27 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?