22:00 / 27.06.2017
6 650

28 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

28 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
28 iyun kuni birinchi bo‘lib moliyaviy ahvolingizni yaxshilab olish haqida bosh qotiring. Agar shu masalada aniq rejangiz bo‘lsa, darhol ishga soling. Bugun mavqeni, lavozimni oshirish yo‘lidagi harakatlar zoe ketadi. Shuning uchun bu ishlarni boshqa kunga qoldiring. Spirtli ichimliklar iste’mol qilmang. Achchiq, sho‘r mahsulotlarni emang. Kechqurun sizga professional kasbingiz bilan bog‘liq ajoyib bir yangilikni etkazishadi. Salomatligingizni yoddan chiqarib qo‘ymang. Zarurat tug‘ilsa, tibbiy ko‘rikdan o‘tib qo‘yish ham ziyon qilmasdi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugungi kuningiz unumli va xayrli o‘tishini bashorat qilishgan. Azaliy orzularingizdan qaysidir birlari haqiqatga aylanadi, rejalaringiz amalga oshadi. Kun davomida kimlardir sizni tanqid ostiga olishi mumkin. Ammo bundan tushkunlikka tushish yaramaydi. Tanqid kelajak mevasi ekanini unutmang. Muhabbatda optimist bo‘ling. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Qo‘shnilardan biri sizdan yordam so‘rashi kutiladi. Albatta yordam bering.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
28 iyun kuni har bir vaziyatni nazorat ostida ushlashga harakat qiling. Kunning birinchi yarmida o‘zgalarning sizdan yordam so‘rashi kutiladi. Agar qo‘lingizdan keladigan ish bo‘lsa, yordam bersangiz yomon bo‘lmaydi. Do‘stlar bilan muloqotda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Agar ochiq ko‘ngil bilan ishlasangiz, kechqurunga borib moddiy ahvolingiz ham yaxshilanadi. Bugun katta ishlarga pul tikmang, yo‘qotishga yuz tutasiz. Sog‘lig‘ingiz bugun pand bermaydi. Baribir ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 iyun kunning birinchi yarmida salomatligingiz pand bera boshlashi kutiladi. Bu masalaga jiddiy yondoshishingiz tavsiya etiladi. Bu shamollash ham bo‘lishi mumkin. Shunda ham vrach ko‘rigiga borib kerakli muolajalarni oling. Aks holda shamollash ham surunkaliga aylanib ketishi hech gap emas. Eng katta muammolarni bartaraf etishda sabr va sovuqqonlik sizga yordam beradi. Kunning asosiy qismini dam olish uchun sarflasangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Oilasizlarni bugun kechqurun romantik lahzalar kutadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
28 iyunda qo‘ldan kelganicha shohona hayot sari talpinishda davom eting. Natija ertami-kechmi, baribir yuz ko‘rsatadi. Ishda rahbarlarga nisbatan qo‘pollik qilib qo‘ymang. Bu siz uchun qimmatga tushishi mumkin. Muhabbatda tarozining pallasini baravar ushlang. Kechqurun do‘stlaringiz sizni qiziqarli suhbatga chorlash ehtimoli bor. Kechqurun sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Parizod burjida tavallud topganlar 28 iyun kuni ishlab topayotgan puli bilan xarajatlarini bir taqqoslab qo‘ysinlar. Ular minimum baravar bo‘lishi lozim. Yoki xarajatlarni kamaytiring. Kun bo‘yi bilib-bilmay sifatsiz mahsulot xarid qilib qo‘yishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy hayotingizga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘ling, juftingizni tanqid ostiga olaverishdan tiyiling. Bugungi kun tijorat bilan shug‘ullanishni boshlovchilar va xorijga viza oluvchilar uchun xayrli kechadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, salomatlikni ham nazoratda ushlashni unutmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
28 iyun kuni har qanday darajadagi ishlarni bajarishda do‘stlar yordamga kelishlari mumkin. Bugun uy qurish, ta’mirlash uchun omadli kechadi. Tabiat qo‘ynida dam olish ham sizga faqat foyda beradi. Uydagi muhit sizning qanday kayfiyatda ekaningizga bog‘liq bo‘ladi. Ayrimlar bosh og‘rig‘idan shikoyat qila boshlashlari mumkin. Basharti migren bo‘lmasa, bosh og‘rig‘idan qutulish u qadar qiyin ish emas. Bugun bilim olish, bilim berish, o‘tganlar haqiga duolar qilish sizga bir olam xush onlarni taqdim etadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Afsuski, yulduzlar bugun sizni u darajada mamnun eta olishmaydi. Moliyaviy masalada jiddiy to‘siqlarga duch kelarkansiz. Lekin harakatda barakot ko‘p bo‘ladi. Qarz ko‘tarish o‘rniga faqat oldinga intilaversangiz, omad manzili baribir yuz ko‘rsatadi. Har qanday ishni faqat o‘z kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda bajaring. Oilaviy hayotda ham muammolar qalashib yotibdi. Ularni aql bilan bartaraf etish talab qilinadi. Kechqurun bolajonlar bilan muloqot qiling, kundalik tashvishlardan chalg‘iysiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
28 iyun kuni hamkasblar maqtovlari qurshovida qolishingiz kutiladi. Oilasizlar muhabbatning eng totli lahzalarini boshdan o‘tkazishlari ham haqiqatdan yiroq emas. Siz o‘zingizga bir qarashda yoqib tushadigan insonni uchratasiz. Kelajak rejalar tuzish uchun bugungi kun juda qo‘l keladi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda, shaxsiy avtomobilni boshqarishda ehtiyot bo‘ling, jarohat olishingiz mumkin. Yoshi o‘tgan yaqinlaringiz bo‘lsa, ularning duolarini oling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Do‘stlar, oila davrasida his-tuyg‘ularni jilovlashga harakat qiling. Tilning suyagi yo‘q. Arzimagan gap tufayli ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishingiz mumkin. Ish joyingizda metin intizomga amal qilsangiz, foydasini albatta sezasiz. Kechqurun ruhiy etuklik sari intiling. Sog‘lig‘ingizni tez-tez nazoratdan o‘tkazib turing. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor. Kunning ikkinchi yarmida sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
28 iyun kuni ishxonangizda hamkasblardan biri sizga hasad qila boshlaganini sezasiz. Shunday ekan, duch kelgan odamga maoshingiz, erishayotgan yutuqlaringiz haqida umuman gapirmang. Hozirgi zamonda o‘ng ko‘z chap ko‘zga do‘stlik qilmaydi. Bugun olis safarga chiqish omadli kechadi. Siz safar davomida yangi tanishlar orttirasiz. Bir olam taassurotlar olasiz. Odamlar bilan muloqotda hazil-mutoyibadan unumli foydalaning.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun chin ko‘ngildan, sof vijdon bilan ish tutishingizni maslahat berishmoqda. Hamkasblar erishayotgan yutuqlarga umuman e’tibor bermang. Muhabbatda o‘zingizni emas, umr yo‘ldoshingiz yoki sevgilingizni ko‘proq seving. Agar moliyaviy masalada aniq-tiniq qarorlar qabul qila olsangiz, bugun sizdan badavlati bo‘lmasdi. Yirik loyihalarga pul tikmang, chuv tushib qolishingiz mumkin. Salomatligingizni asrang.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 28 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?