22:01 / 28.06.2017
6 206

29 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

29 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun ko‘plab ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushishingiz mumkinligini bashorat qilishgan. Ishga kech qolishingiz, oilasiz bo‘lsangiz, uchrashuvga kechikib borishingiz xuddi shunday ko‘ngilsizliklar sirasiga kiradi. Lekin hammasiga o‘zingiz aybdor bo‘lasiz. Mayda-chuyda detallarga e’tiborsizligingiz evaziga boshqalar foyda ko‘rishi muqarrar. Kechki paytga borib moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi. Hozir oy oxiri bo‘lgani sababli ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yishdan saqlanib turganingiz ma’qul. Kechqurun mehmon kutish va do‘stlar davrasida bo‘lish xayrli kechadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
29 iyun kuni ko‘pchilikning o‘rniga ham ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Shu sababli sizga juda ko‘p kuch va iroda zarur bo‘ladi. Muhim hujjatlarga imzo chekishda, pul sanashda juda sergak bo‘ling. Yaqin kelajakda sayohatga chiqishingiz, mavqeingiz ortish-ortmasligi ham shularga bog‘liq bo‘lib turibdi. Qaysarlik sizning qoningizda bor. Ammo oilasizlarga buguncha qaysarlikni bir chetga surib qo‘yish tavsiya etiladi. U suyganingiz bilan oradagi munosabatlarni mustahkamlashda jiddiy xalal berishi mumkin. Salomatlikni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ham jismoniy, ham ruhiy quvvatga to‘lib-toshishingiz kerak bo‘ladi. Chunki sizni oldinda kutib turgan muammolarni bartaraf etish, ishlarni ado etishda shu ikki narsa asqotishi turgan gap. Pul masalasida faqat qalbingiz amriga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Shaxsiy hayotingizda muammolar paydo bo‘lganini sezsangiz, chuqur mulohaza qilgan holda, do‘stlar maslahatiga tayanib harakatlar sodir eting.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
29 iyun kuni sizga oson bo‘lmaydi. Ishlaringiz negadir orqaga keta boshlaydi. Uydagilaringiz arzimagan bahona bilan asabingizni buzadi. Yo‘q, bunday kayfiyat bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Qandaydir usul yordamida bu vaziyatlardan chiqib ketish harakatini qiling. Olis safarga chiqish bugun sizga muvaffaqiyatlar olib keladi. Sog‘lig‘ingizni kun bo‘yi nazoratdan chetlatib qo‘ymang. Kechqurun oila davrasida dam oling. Uyquga yotishdan oldin toza havoda sayr qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Oilasizlar yana yangi muhabbat qidirish payiga tushishsa, katta xatoga yo‘l qo‘yishadi. Bugun muhabbatda omadingiz chopmaydi. Qidiruv ishlarini yaxshisi boshqa kunga qoldiring. Do‘stlar, hamkasblar davrasida his-tuyg‘ularni jilovlashga harakat qiling. Aks holda kim bilandir janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatga erishishingizda o‘ziga to‘q va hayotiy tajribasi ko‘p odam o‘z maslahatlari bilan yordam bermoqchi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
29 iyun kuni qalbingiz buyurgan ishni amalga oshiring. Ishning ham daromad keltiradigan xilini tanlang. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishingiz mumkin. Bu safar sizga ham daromad, ham iliq taassurotlar hadya etadi. Qon bosimi sakrashi, yoki tushib ketishi kabi holatlarga duch kelsangiz, faqat vrach tavsiyasi asosida dori iching. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar esa kerak bo‘lsa har soatda sog‘liqni nazorat qilsinlar. Kechqurun sizga juda yoqimli xabarni etkazishadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun ba’zi muammolarga ko‘z yumishingizni maslahat berishmoqda. Ayniqsa, o‘zingiz yolg‘iz bartaraf eta olmaydigan muammo bo‘lsa, ularga e’tibor qaratmaganingiz ma’qul. Oilangizdagi yoshi ulug‘ inson bilan bo‘lib o‘tadigan jiddiy suhbatdan so‘ng asablaringiz qaqshashi mumkin. O‘zingiz haqligingizni kimgadir isbotlashga urinish shart emas. Vaqt oliy hakam. Kechki payt uydagilaringizga qimmatbaho sovg‘alar xarid qilishingiz kutiladi. Bunga bugungi moliyaviy ahvolingiz keng yo‘l ochib beradi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
29 iyun kuni ertalabdan boshingizga dunyoning bor tashvish-u muammolari yog‘ilgandek bo‘ladi. Kechga qadar shu tashvishlar bilan band bo‘lishingiz hech gap emas. Albatta, do‘stlaringiz ko‘p, ular sizni bunday lahzalarda yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan tanishingiz yo qarindoshingiz bilan telefon orqali jiddiy mavzuda suhbatlashishingiz kutiladi. Tadbirkorlar bugun yangi shartnomalarga imzo chekishsa, buning oxiri mo‘may daromad bilan yakunlanadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun sizning kuningiz. Boshlagan har bir ishingiz daromad olib keladi. Oilasiz bo‘lsangiz, muhabbatda omadingiz chopadi. Ammo oilalilarga tashqarida kim bilandir ishq lahzalarini baham ko‘rish tavsiya etilmaydi. Bu katta ko‘ngilsizlik bilan tugashi mumkin. Do‘stlaringizdan biri sizni pul deb sotishga urinishi mumkin. Qolaversa, bugun kechqurun moddiy yo‘qotishlarga yuz tutishingiz mumkinligini yulduzlar bashorat qilishgan. Sergak bo‘ling. Shubhali shaxslar bilan tanishmang, muloqotga kirishmang. G‘iybatchilar va hasadgo‘ylardan nariroq yuring.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
29 iyun kuni ish joyingizda hamkasblardan kimdir sizga bosim o‘tkazishga urinib ko‘rishi kutiladi. Prinsiplardan voz kechmagan holda, bosiqlik bilan javob yo‘llasangiz, shu odam qaytib sizga yomonlik qila olmagan bo‘lardi. Yozda organizmingizni iloji boricha ko‘proq chiniqtiring, qishda kasal bo‘lmaysiz. Salomatlikni ko‘z qorachig‘idek asrang. Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashmang. Kechqurun sizni kimdir ziyofatga chorlash niyatida. Ovqatlanishda, ichimliklar iste’mol qilishda me’yorni biling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kunning birinchi qismida ko‘plab yorqin xabarlar eshitasiz, ajoyib hodisalarga guvoh bo‘lasiz. Ular sizga o‘zingizni yanada baxtli his etishda turtki bo‘lsa ajab emas. Bugun olis safarga otlanish, uy oldi-sotdisi, ta’miri muvaffaqiyat keltirmaydi. Yaxshi tanish bo‘lmaganlarga sirlaringizni aytmang. Sog‘lig‘ingizni asrab, kasal bo‘lmaslikka harakat qiling. Oiladagilar davrasidagi qizg‘in suhbat sizga kechqurun qo‘shimcha kayfiyat beradi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
29 iyun kuni nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat o‘z kuchingiz va imkoniyatingizga suyaning. Ishdan keyin yaxshilab dam olishni ham kanda qilmang. Tushdan so‘ng tabiat qo‘ynida dam olib qaytsangiz ham ziyon qilmaydi. Oilasizlar bugun kelgusi muhabbatini uchratishlari kutilmoqda. Davolanish, soch turmaklash bugun omadsizlik keltiradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 29 iyun Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..