"20 daqiqa" qoidasi...

"20 daqiqa" qoidasi...
— Har kuni 20 daqiqa sport bilan shug‘ullanadigan kishi sog‘lig‘i to‘g‘risida xavotirlanmasa ham bo‘ladi.
— Kuniga uy yig‘ishtirish uchun 20 daqiqa sarflagan inson tartibsizlik borasida tashvishlanmasa ham bo‘ladi.
— Kim kunda 20 daqiqa vaqtini diqqatini jamlashga sarflasa, ijodiy inqiroz to‘g‘risida bosh qotirmasa ham bo‘ladi.
— Kim turmush o‘rtog‘ining ahvoli, ishlari borasidagi so‘zlarini tinglash uchun kuniga 20 daqiqa vaqt topolsa, munosabatlardagi muammolardan tashvishlanmasa ham bo‘ladi.
— Daromad keltiruvchi manba yaratish to‘g‘risida har kuni 20 daqiqa bosh qotirgan inson moliyaviy farovonlikdan xavotirlanmasa ham bo‘ladi.
— Kuniga dam olish uchun 20 daqiqa fursat ajratadigan inson holdan toyish va qattiq toliqishdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi.
Foydali kitoblar o‘qish uchun kuniga 20 daqiqa vaqt ajratadigan kishi qanday qilib mutaxassis bo‘lish to‘g‘risida kuyinmasa ham bo‘ladi.

Manba: maslahatim.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar