21:10 / 30.06.2017
6 843

1 iyul sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

1 iyul sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
30 iyul kuni faqat ish haqida o‘ylashingizga to‘g‘ri keladi. Tashqarida esa quyosh qizdiradi, bemalol dam olsangiz ham bo‘lardi. Afsuski, ish qarab turmas ekan. Reklama, ijod bilan shug‘ullanish bugun omad keltiradi. Kun davomida do‘stlar, bolalar bilan iloji boricha ko‘proq suhbatlashishga harakat qiling. Moliyaviy masalada sizga bugun faqat qarindosh-urug‘largina yordam bera oladi. Sog‘lig‘ingizni avaylang, ovqatlanishda me’yorlarga rioya qiling. Muzdek suvni kamroq iching, shamollab qolishingiz mumkin. Kechqurun odatga ko‘ra toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun atrofdagilar, hatto yaqinlaringizga ham ishonmagan holda barcha muammolarni o‘zingiz mustaqil tarzda bartaraf etasiz. Yaqin insonlar uchun sovg‘alar xarid qilish, kitob mutolaasi yoki kinoga borish bugun yoqimli kechadi. Bozor aylanib o‘zingiz uchun chiroyli kiyim xarid qilish vaqti etdi. Moliyaviy muammolarni o‘ziga to‘q tanishlaringizdan biri hal qilib berishi kutiladi. Shunday ekan, bu masalada sira tashvish chekmang. Salomatligingizni kun bo‘yi nazoratda ushlang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
1 iyul kuni tadbirkorlarimiz sira ikkilanmasdan kelajak uchun yangi loyihalarni rejalashtirishlari mumkin. Mabodo kelajakni oldindan ko‘ra olish qobiliyatingiz bo‘lsa, shu ishni o‘zingiz xohlagandek tashkil eta olasiz. Kunning ikkinchi yarmida yangi do‘stlar orttirishingiz mumkin. Agar kimdir sizga tabiat qo‘ynida dam olib qaytishni taklif etsa, rad eta ko‘rmang. Bu salomatligingiz uchun koni foyda. Kechqurun oila davrasida dam oling. Bugun tunda ko‘radigan tushingizni uyqudan uyg‘oniboq unuting.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bir ishga qo‘l urishdan oldin uni yaxshilab tahlil qiling. Bunga qadar amalga oshirgan ishlaringizni xomcho‘t qiling. Ancha oldin yangi rejalar tuzib qo‘ygan bo‘lsangiz, bugun ularni haqiqatga aylantirish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Shaxsiy ish bilan boshqa shaharga borishingiz kutiladi. Ammo yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Bugun moliyaviy ahvolingiz o‘rtacha darajada bo‘ladi. Demak, yirik xaridlar qilishga hali erta.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
1 iyul kuni arslon burjining tijorat bilan shug‘ullanuvchi vakillari yangi hamkorlar topish harakatiga tushganlari ma’qul. Shu yo‘l sizga tobora olg‘a borish uchun imkon yaratadi. Kunning ikkinchi yarmida boobro‘, badavlat va yuqori lavozimli shaxs bilan uchrashib tanishishingiz ehtimoli bor. U sizga bir qancha muammolarni hal etib berishi mumkin. Oilasizlar yangi tanishgan insonga nisbatan yanada qaynoq munosabat yuritmas ekanlar, oradan hech qancha o‘tmay, uni yo‘qotib qo‘yishlari hech gap emas. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Barcha muammolarni bir kunda hal etishga sal ojizlik qilishingiz mumkin. Shuning uchun eng asosiy ishlarni amalga oshiring. Qolganlari boshqa kunni kutib turganlari ma’qul. Shaxsiy hayotda romantikroq bo‘lishga harakat qiling. Negaki, juftingiz shu xislatingizni juda sog‘inadi. Romantika sizlarning munosabatlaringizni yanada mustahkamlashiga shubha yo‘q. Kechqurun sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari kutiladi. Kechqurun miriqib dam oling va ertangi kun uchun kuch yig‘ing.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
1 iyul kuni nihoyatda bosiq bo‘ling. Aks holda hamkasblardan biri bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Olis safarga chiqish, uy oldi-sotdisi bugun muvaffaqiyat keltiradi. Oilalilar tashqarida begonalar bilan xufiyona tanishuvlarga zo‘r bermaganlari yaxshi. Bu oqibatda jiddiy ko‘ngilsizliklarga olib boradi. His-tuyg‘ularni jilovlang. Kechqurun salomatligingiz pand bera boshlaganini his etasiz. Darhol vrachga murojaat etishni unutmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun ishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligingizni maslahat berishmoqda. Yo‘qsa, boshi berk ko‘chaga kirib qolishingiz mumkin. Basharti bir ishni juda tez ado etish zarurati tug‘ilsa, hamkasblarga murojaat eting. Ular bajonidil yordam berishadi. Bugun olis safarga chiqish xayrli kechadi. Muhabbatda ba’zi to‘siqlarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Ammo bu to‘siqlar kelajakda tegishli xulosalarga ega bo‘lishingiz uchun asqotadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
1 iyul kuni elektr tokiga ishlaydigan asboblardan foydalanishda juda sergak bo‘ling. Safarning har qanday turi bugun omad keltirmaydi. Tabiat qo‘ynida dam olish esa aksincha sizga bir olam lazzat bag‘ishlaydi. Sog‘lig‘ingiz yanada mustahkamlana boshlaganini o‘zingiz ham his etasiz. Bugun har qanday vaziyatda optimistlikni qo‘ldan bermang. Kechqurun oilaviy ziyofat uyushtiring va shuning bahonasida dam oling. Darvoqe, kechqurun telefon orqali yaqin tanishlardan biri sizga juda yoqimli xabar etkazishi mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun yulduzlar ajoyib bir inson bilan tanishishingizni bashorat qilishgan. Bu odam hayotingizning bir bo‘lagiga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas. Tuzgan rejalardan voz kecha ko‘rmang. Ular ertami-kechmi albatta haqiqatga aylanishiga ishonib yashang. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo‘ynida dam oling, bolalar bilan muloqot qiling, yoki sevimli xobbingiz bilan band bo‘ling. Salomatligingizni asrang, sifatsiz taomlarni bilib-bilmay iste’mol qilmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
1 iyul qaysidir ma’noda sizning kuningiz bo‘lishi ham mumkin. Sababi, ishda omadingiz chopadi, moliyaviy ahvolingiz kechqurunga etmay yaxshilanadi, sevgan insoningiz siz haqingizda ko‘proq qayg‘ura boshlaganini sezib qolasiz. Taqdir in’om etayotgan ne’matlardan aslo yuz burmang. Kechki payt katta tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Sog‘lig‘ingiz ham bugun kosmonavtlarnikidan sira farq qilmaydi. Faqat serqatnov yo‘lga chiqsangiz, ehtiyot bo‘ling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ertalabdanoq pul topish haqida bosh qotira boshlaysiz. Buning yo‘llari ham topila qoladi. Asosiysi, bir joyda uzoq vaqt o‘tirib qolmasangiz bas. Kechqurun bolalikdagi do‘stingiz haqida xabar eshitasiz. Bu xabar sizning hayotingizga ham sezilarli ta’sir etishi mumkin. Jarohat olmay desangiz, bugun sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanmang. Salomatligingizni kun davomida nazorat qilishdan tiyilmang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 1 iyul sizga nimalarni va’da qilmoqda?..