— Bunday holatlar ko‘p marta boshimdan o‘tgan, — deydi sankt-peterburglik Elena Gridneva. — Kelgusida meni nimalar kutayotganini bilib turaman… To‘g‘risi, ilgari bu narsani qarg‘ish deb bilardim. Endi o‘ylab ko‘rsam, Yaratganning menga bergan bir in’omi ekan…
Kelajakni o‘zgartirish
Elena birinchi marta bunday holatga maktabda o‘qib yurgan kezlarida to‘qnash kelgan. Imtihon topshirishi lozim edi. Bilet tortish uchun qo‘l cho‘zarkan, bilet raqami, ichida qanday savollar yozilgani-yu, o‘qituvchi qanday qo‘shimcha savol berishigacha aniq bilib turdi…
Imtihondan so‘ng qo‘rqib ketgan Lena isitmalab yotib qoldi. Bir necha kun maktabga bora olmadi. Ammo bildiki, o‘zida qandaydir noma’lum qobiliyat paydo bo‘ldi. U sal keyin boshidan nimalar o‘tishini, qanday voqea sodir bo‘lishini bilib turdi. Sinab ham ko‘rdi.
Hamma o‘ylaganlari to‘ppa-to‘g‘ri chiqaverdi. Faqat eng yomoni, bu narsaga qarshi bora olmasdi. Kelajak sari olg‘a qarab borardi.
Talabalik davrida bir kuni qo‘lini sindirib oldi. Sezgandi. Hozir o‘zi bilmagan holda so‘qmoq yo‘ldan boradi. Ketayotib kutilmaganda turtinib ketadi-da, qo‘lini sindiradi…
Afsuski, o‘sha so‘qmoqdan yurmay qo‘yaverishga yuragi dov bermadi. Nimadandir qattiq cho‘chidi…
Bir safar uyda o‘tirgandi. Xuddi hozir ko‘chaga chiqib chiroylikkina kuchukcha topib oladigandek bo‘laverdi. Hayron bo‘lib katta ko‘chaga chiqsa, uylarining shundoq burchagida sap-sariq kuchukcha qaltirab turibdi. Darrov uni ichkariga olib kirdi…
— Yo‘q, — dedi bir kuni o‘ziga-o‘zi, — Nima bo‘lgandayam, xayollarimga, hislarimga qarshi boraman. Nima bo‘lsa bo‘lar… Peshonamdan ko‘rdim…
Oradan yillar o‘tdi. Turmush qurdi. Farzandli bo‘ldi. Bir kuni o‘g‘ilchasini etaklagancha maktabga olib ketayotgandi. Xayolidan xunuk bir o‘y o‘tdi.
Ha, hozir ular hov anavi burchakka etishadi. To‘satdan narigi yo‘ldan mashina o‘qday uchib keladi-da, o‘g‘lini urib ketadi…
Ana, ko‘ryapti, o‘g‘li asfaltga yuztuban yiqildi. Butun asfalt qonga bo‘yaldi…
— Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkinmas!.. O‘g‘lim tirik qolishi kerak!.. O‘t ketsin o‘sha mashinaga!..
Elena o‘sha muyulishga etganda, qo‘rqqanidan o‘g‘lini mahkam quchoqladi-da, qotib turaverdi…
Haqiqatan, oradan bir necha soniyalar o‘tib-o‘tmay, narigi tomondan bir mashina uchib chiqib keldi-da, ikkovlarining yonginalaridan o‘tib ketdi.
— Xudoga shukr-ey, — yengil tin olib jilmaydi Elena, — O‘g‘ilginam omon qoldi… Ha, endi men hislarimga qarshi bora olaman…
Yo‘q, bu qarg‘ish ham, balo ham emas. Xudo menga shunday inoyatni berib ogohlantiryapti. Yaratganga shukr!..
Keyinchalik ham Elena hamma narsani oldindan sezib turdi. Lekin o‘zini yomonlik kutayotgan bo‘lsa, sira olg‘a bormadi. O‘zini tiydi…
U hammasini bilardi…
Ko‘plab buyuk kishilar orasida ham kelajakni oldindan ko‘ra bilish qobiliyati mavjud ekan. Masalan, aytishlariga qaraganda, Charlz Dikkens ham xuddi shunday qobiliyat egasi bo‘lgan.
Yozuvchi, ayniqsa, o‘zining uylanishini, bo‘lg‘usi kelinni tushida ko‘rgan. Uning ismi Naper edi. Hatto qizil ko‘ylakda ekani ham esida qoldi. Oradan bir-ikki kun o‘tib haqiqatan o‘sha ayol qizil ko‘ylakda yozuvchining huzuriga kirib keldi…
Ular olti oy o‘tib turmush qurishdi…
Ma’lumki, Uinston Cherchill ham xuddi shunday kishi edi…
Bir gal Ispaniyaga rasmiy tashrif bilan uchishi lozim edi. Samolyot salonida o‘tirib ko‘ngli dahshatli bir falokatni sezdi-yu, zudlik bilan o‘zini tashqariga urdi. Mexaniklardan samolyot motorini qayta tekshirib ko‘rishni buyurdi. Qarangki, motor shu darajada yaroqsiz holda ekanki, hatto okean ustidan uchib o‘tishga-da ulgurmas ekan…
O‘sha-o‘sha Cherchèllga nisbatan ko‘pchilikning hurmati oshdi.
Parapsixolog Vladimir ZARUSKIY:
— Tan olish kerak, dunyodagi barcha insonlar organizmida boshqa dunyo bilan, kelajak bilan bog‘lab turuvchi kanallar mavjud. Faqat bu kanallar ba’zi kimsalardagina yaxshi ishlaydi. Ayni o‘shalar ko‘p narsalarni oldindan ko‘ra bilishadi. Agar iroda kuchi ishga solinsa, oldindan ko‘rilgan har bir hodisani boshqa tomonga o‘zgartirib yuborish ham mumkin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi