QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
3 iyul kuni ish joyingizda ba’zi hamkasblar bilan orangizda nifoq paydo bo‘lishi kutiladi. Siz his-tuyg‘ularni jilovlagan holda e’tiborsizlik bilan o‘z ishingizni bajarishda davom etsangiz yutasiz. Oilangizda ahvol havas qilsa arzigulik darajada yaxshi va sokin bo‘ladi. Basharti ro‘zg‘orda muammolar yuzaga kelsa, ularni ham tinchlik, ahillik bilan hal etsa bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar xizmat safariga otlanishlari mumkin. Salomatligingizga alohida e’tibor qarating.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda tanglik yuzaga kelishi mumkin. Bu sizni o‘zgalar bilan arzimagan gap tufayli ham janjallashib qolishingiz ehtimoli bor deganidir. Agar diplomatlarcha yo‘l tutmasangiz, bahs janjalga aylanadi. Kechqurunga yaqin xizmat safariga jo‘nab ketishingiz ehtimoli bor. Tijoratchi va tadbirkorlar hamkorlar bilan foydali shartnomalar tuzishlari kutiladi. Demak, daromaddan xavotir olmasangiz bo‘larkan.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
3 iyul kuni birinchi navbatda do‘stlarga, qarindoshlarga moddiy jihatdan yordam qo‘lini cho‘zishingizga to‘g‘ri keladi. Farzandlaringiz bilan ham alohida vaqt topib shug‘ullanib qo‘ysangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Qarzlarni va kreditni to‘lash uchun bugundan qulayi bo‘lmaydi. Kechqurun sevimli insoningizga arzirli sovg‘a sotib olishni unutmang. Sog‘lig‘ingizni tashqi xavflardan qattiq turib himoya qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar kimlardir iste’dodingizga shubha nazari bilan qaray boshlagan bo‘lsa, bugun amalda isbotlashingiz mumkin. Hamkasblaringiz tarafidan sizning sha’ningizga jiddiy tanqidlar yog‘ilishi mumkin. Shaxsiy hayotingizda sokinlik va xotirjamlik hukm suradi. Oilasizlar bugun omadga erisha olmasliklari kutiladi. Kechqurun yolg‘iz qoling. Bu sizga ertangi kun uchun kuch to‘plashda asqotadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
3 iyul kuni oilaviy tashvishlarni bir chetga yig‘ishtirasiz-da, ishxona yumushlarini ado etishga kirishasiz. Shuning orqasidan juftingiz bilan bahslashib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy masalada omadingiz keladi. Kechki payt kimdir sizga olgan qarzini qaytaradi yoki lotoreya o‘ynab katta pul yutib olasiz. Shunisi aniqki, katmoningiz qappaygan holda uyga kirib borasiz. Kechqurun do‘stlar bilan kafeda o‘tirib suhbatlashish omadli kechadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun qarindoshlar bilan munosabatlarga jiddiy o‘zgartishlar kiriting. Ya’ni, tinglovchi roliga o‘tib oling. Uydagilar sizga nima demasin, qancha marta tanqid qilmasin, jim turib eshiting va ma’qullang. Yutasiz. Moliyaviy masalada omadingiz chopib g‘oyibdan bir dasta pulga ega chiqishingiz haqiqatga yaqinroq bo‘lib turibdi. Bugun yangi tanishuvlarga yo‘l bermang, sizga faqat ziyon etkazadi. Sog‘lig‘ingiz pand bersa, tabibga emas, professional vrach ko‘rigiga boring. Bilib-bilmay muddati o‘tgan taomlarni eb qo‘ymang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
3 iyul kuni ertalab oilasiz erkaklar yoki yigitlardan kimdir o‘zi ko‘z ostiga olib yurgan qiz yoki ayolga muhabbat izhor etishi kutiladi. Bu harakatingiz muvaffaqiyatli kechadi. Ishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishingiz xavfi bor. Ehtiyot bo‘ling. Salomatligingiz kechki payt yomonlasha boshlaganini his etasiz. Bu kam uxlaganingizdan, qolaversa, havoning haddan ziyod isib ketishi tufayli bo‘lishi mumkin. Vitaminga boy mevalarni ko‘proq iste’mol qilsangiz, holsizlanish holatlari tez barham topadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun rahbarlar bilan aslo janjallashmaslikni maslahat berishmoqda. Agar siz haq bo‘lsangiz ham bahslashishdan, haqiqatni aytishdan tiyiling. Shunda ishlaringiz baroridan keladi, sof, halol peshona teri evaziga daromad qilasiz, bu uyingizga baraka bo‘lib kiradi. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar xorijdan sherik topishlari mumkin. Kechqurun faqat oilangiz davrasida bo‘ling. Bugun g‘iybatchi va kissavurlar ta’qibidan saqlaning.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
3 iyul kuni hali oila qurishga ulgurmaganlar hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kutilmoqda. Lekin moliyaviy jihatdan bugun omadingiz chopmasligi mumkin. Bugun har qanday masalada ham birovlar maslahatiga quloq tutmang, qalbingiz amriga bo‘ysuning. His-tuyg‘ularni jilovlay olish sizga ko‘pgina yoqimli lahzalarni hadya etadi. Sog‘lig‘ingizga jiddiy e’tibor qarating.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar ish joyingizda kichik bo‘lsa-da, ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi mumkinligini bashorat qilmoqda. Agar bu ko‘ngilsizliklarga o‘z vaqtida barham bermasangiz, ular katta janjalga aylanib ketadi. Juda do‘ppi tor kelganda, yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlardan maslahat so‘rang. Kunning ikkinchi yarmida olisdan yoqimli xabar eshitasiz. Bu xabar yangi mehmon dunyoga kelishi haqida bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
3 iyul shaxsiy hayotingizda sezilarli o‘zgartirishlar kiritiladigan kun hisoblanadi. Ammo hushyor bo‘ling, o‘zgartish kiritish bahonasida yangi muammolarga o‘ralashib qolmang. Moliyaviy ahvolingiz qachonki qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topsangiz, o‘shanda havas qilsa arziydigan holatga kelishi mumkin. Hozirgi holatda esa tejamkorlikka e’tibor qaratishdan bo‘lak ilojingiz yo‘q.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun sizning kuningiz. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham sizni faqat xursandchiliklar qurshab olishi kutilmoqda. Ko‘plab qiziqarli uchrashuvlarni, tanishuvlar va sarguzashtlarni boshdan o‘tkazasiz. Asosiysi, chegaradan chiqmay, o‘z qolipingizda yashay bilsangiz bas. Moliyaviy muammolar sizning tajribangiz qanchalar ko‘p-kamligiga bog‘liq bo‘lib qolyapti. Agar tadbirkor bo‘lsangiz-u, katta ishga pul tikishga ahd qilsangiz, yaxshilab mulohaza qilgandan keyingina qaror qabul qiling. Ba’zilarni bosh og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi mumkin.
Manba: www.hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi