21:36 / 03.07.2017
6 117

4 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

4 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
4 iyul kuni ro‘zg‘oringiz, shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq muammolarni o‘zingiz mustaqil tarzda bartaraf etishingiz zarur bo‘ladi. Lekin ish ko‘pligidan qovoq uyib olishingiz noto‘g‘ri. Faqat oldinga qarab harakatda bo‘lsangiz, ishlaringiz ketma-ketiga baroridan kela boshlaydi. Kechgacha rejalarni umuman o‘zgartirmang. Kechki payt ish yuzasidan uchrashuv yuzaga kelishi mumkin. Bu uchrashuv sizga kelajakda yangi lavozim ham hadya etishi mumkin. Salomatligingizni saqlang, organizmni chiniqtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga odatlaning.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugungi kuningiz sira zerikarli bo‘lmaydi. Yugurib elasiz, ishlaringiz boshdan oshib toshadi. Agar ishingiz kompyuter bilan bog‘liq bo‘lsa, rahbaringiz sizga shunday ish topshiradiki, kechga qadar kompyuter oldidan keta olmay qolasiz. Ammo ranjimang, bu ishning mo‘maygina mukofoti bor. Oilasizlar bugun romantikadan umid qilmasinlar. Sizning hayotingizda buguncha tanaffuslar kuzatiladi. Sog‘liqni asrang, issiq kunda iloji boricha kamroq ko‘chaga chiqing.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
4 iyul kuni oliaviy hayotingizga xilma-xillik kiritishga harakat qiling. Bu sizning qanchalar uddaburonligingizga ham bog‘liq. Merosni rasmiylashtirish va uy sotish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Agar mehnat ta’tiliga chiqishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bugundan qoldirmang. Moddiy jihatdan ahvolingiz yaxshi bo‘lsa, sayohat haqida o‘ylab ko‘rsangiz ham ziyon qilmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolaringizni esga olgan holda harakatlar sodir eting. Tijoratchilar raqobatda bo‘lganlarga qarshi keskin kurash olib borishlari kutiladi. Lekin bu kurashda kim g‘olib bo‘lishi ma’lum emas. G‘olib bo‘lishni xohlasangiz, chin ko‘ngildan, g‘irromliklarsiz kurashing. 4 iyul kuni uy sotib olish, olisga safar qilish va moliyaviy operasiyalar muvaffaqiyat keltirmaydi. Salomatligingizni saqlab, taomlarning yengil hazm bo‘ladiganini iste’mol qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
4 iyul kuni arslon burjida tug‘ilganlar juda zerikarli, moddiy manfaatlarga zid ishlar bilan band bo‘lishlari mumkin. Ammo kechqurunga borib baribir juda charchaganingizni his eta boshlaysiz. Jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirish, ro‘zg‘or muammolarini bartaraf etish va huquqiy jihatdan maslahatlar olish omadli kechadi. Agar har bir ishga aql bilan yondasha bilsangiz, yuqori lavozim va mo‘may daromad naqd deyavering. Kechqurun xonadoningizda yangi mehmon dunyoga kelishi ehtimoldan xoli emas.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun sizga xayollarni bir joyga jamlagan holda ish yuritishingizni maslahat berishadi. Sizning mavqeingiz hamkasblar va rahbarlarga emas, tirishqoqligingizga ham bog‘liq ekanini unutmang. Kun davomida bolalar va yoshi o‘tgan qarindoshlar tashvishi bilan band bo‘lishingiz kutiladi. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish faqat foyda keltiradi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, o‘zingizni issiq jaziramasidan nihoyatda ehtiyot qiling. Kechqurun qo‘lingizga kimdir bir dasta pul tutqazishi yoki plastik kartochkangizga pul kelib tushishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
4 iyul kayfiyatingiz tushkun bo‘lishi kutiladi. Hayotga nisbatan qiziqishlaringiz so‘nayotgan kabi o‘zingizni juda ojiz his eta boshlaysiz. Bu ketishda uzoqqa borib bo‘lmaydi. Hayotga nisbatan qarashlarni o‘zgartirish o‘z qo‘lingizda. Birov kelib kayfiyatingizni ko‘tarib qo‘ymaydi. Juda bo‘lmasa, o‘zingizni o‘zingiz maqtay boshlang. Tomoq va oshqozon bilan bog‘liq surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatlik haqida jiddiy qayg‘urishlari lozim bo‘ladi. Muhabbatda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun mavqeingiz ortishi yo‘lida ilk qadamni tashlaysiz. Ish joyingizda rahbarlaringiz kechagina bajargan ishingizni nazoratdan o‘tkazish jarayonida maqtovlar yog‘dira boshlashadi. Ammo bu ishda yuqori lavozimli tanishlar yordamidan umuman foydalanmang. Kechki payt qarindoshlardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda qalb amri emas, aqlingizga suyaning. Kechqurun yoqimli xabar eshitasiz. Xabar shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
4 iyul kuni san’at, pedagogikadagi iste’dodingizni barchaga ko‘z-ko‘z qilishingiz uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ladi. Bugun qo‘shimcha daromad olishda muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Shuning uchun yig‘ib qo‘yganingiz bilan cheklanib turishingizga to‘g‘ri keladi. Kechki payt sizga qimmatbaho sovg‘a hadya etishlari kutiladi. Ammo sovg‘a kimdanligini keyinroq eshitasiz. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin juftingiz sizga ajoyib bir yangilik aytmoqchi. Qanday yangilik ekanini aytganda bilasiz.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun yulduzlar sizga g‘oyibdan katta pul kelishini bashorat qilishgan. Pul haqiqatan ko‘p miqdorda bo‘ladiki, yirik xaridlar qilib ham tugata olmasligingiz mumkin. O‘zingizdan yoshi ulug‘lar bilan kamroq bahslashing. Oilasizlar bugun orzusidagi insonni uchratishlari mumkin. U insonni ko‘rganingizdayoq tuyg‘ularingiz junbushga keladi. Bu muhabbat bo‘lsa ham ajab emas. Sog‘liq masalasini ham chetda qoldirmang. Havo isigan shu kunlarda nihoyatda ehtiyot bo‘lishingiz kerak.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
4 iyul kuni atrofdagilar bilan munosabatlarda, muammolarni ijobiy hal etish yo‘lida diplomatlarcha ish tutishingiz lozim. Ayniqsa, shaxsiy hayotingizda bu juda zarur bo‘ladi. Tushdan keyin zimmangizga yangi va o‘ta mas’uliyatli yumush yuklanishi mumkin. Bugun firib, yolg‘on, ikkiyuzlamachilikdan nariroq bo‘ling. Chuv tushsangiz, ancha vaqtgacha o‘zingizga kela olmay azoblanishingiz hech gap emas. Kun davomida odam ko‘p yig‘iladigan joylarga yaqin bormang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun sizdan o‘z manfaati yo‘lidagina foydalanadiganlar bilan muloqotga kirishmang. Undaylar hozirgi kunda juda ko‘payib ketgan. Juftingiz bilan orangizga sovuqchilik tushishi mumkin. Bu sovuqchilikni ilitish harakatiga tushishingiz kerak. Aks holda ahvol jiddiylashib ketishi turgan gap. Agar bugun katta ishga pul tiksangiz, hech qancha o‘tmay, birdan boyib ketishingiz haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 4 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..