22:43 / 04.07.2017
4 350

5 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

5 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
5 iyul kuni faqat kelajakda natija berishi mumkin bo‘lgan ishlarnigina amalga oshiring. Bunday ishlarning baroridan kelishi uchun bugun katta imkoniyat beriladi. Imkonni qo‘ldan boy bersangiz, moliyaviy jihatdan ham qiynalib qolishingiz mumkin. Davolanish, moliyaviy operasiyalar bugun omadli kechadi. Faqat qo‘lingizga pul tushish arafasida g‘aflatda qolmang, aks holda u boshqa qo‘lga o‘tib ketishi turgan gap. Kechqurun odatga ko‘ra toza havoda sayr qiling, iloji bo‘lsa, sutli mahsulotlar bilan cheklaning.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun ishlaringiz bir tekis ado etiladi. Yulduzlar 5 iyul kuni ko‘proq kitob o‘qish va tabiat qo‘ynida dam olishni maslahat berishmoqda. Shularning orasida farzandlar tarbiyasiga ham vaqt ajratsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Bugun kompyuter o‘yinlariga yaqinlashmang. Salomatligingizga putur etadi. Undan ko‘ra, velosipedda sayr qiling. Bu sayr hech qachon hech kimga ziyon keltirmagan. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzini qaytarishi ham ehtimoldan xoli emas.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
5 iyulda tijorat bilan shug‘ullanadiganlarning kuni tug‘adi. Raqobatchilarni daromad olishda quvib o‘tishga erishasiz. Kun davomida mijozlaringiz ko‘paya boradi. Kunning ikkinchi yarmida oila bilan bog‘liq tadbirga taklif etishlari kutiladi. Bugun Zagsdan o‘tish va nikoh o‘qitish xayrli, muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingizdan shikoyat qilmaysiz. Ammo baribir spirtli ichimliklar, yog‘li taomlardan tiyilib turganingiz ma’qul.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun firibgarlardan juda ehtiyot bo‘ling. Ular aynan 5 iyul kuni ari uyasi kabi to‘zg‘ishi kutilmoqda. Ana shunda ularning domiga tushib qolsangiz, bilingki, juda katta moddiy yo‘qotishlarga yuz tutasiz. Janjal chiqmasin desangiz, atrofdagilar bilan iliq munosabatda bo‘ling. Kun davomida moliyaviy muammolar o‘z-o‘zidan bartaraf etiladi. Hatto, har kungidek o‘ylab, bosh qotirib o‘tirmaysiz. Salomatligingizni asrang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 iyul kuni arslon burjida tavallud topganlarning ko‘pchiligi tashqi ko‘rinishi va shaxsiy hayotida ijobiy o‘zgarishlar yasashga harakat qilib ko‘rishadi. Ishoning, harakatlaringiz zoe ketmaydi. Lekin buni professional ishingiz orasidagina amalga oshiring. Maqsadga etish uchun etarlicha sabr-qanoatga ega bo‘lishingiz talab etiladi. Moddiy manfaat ko‘rishni istasangiz, bu sohada tajribasi ko‘p odamlardan maslahat oling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun ba’zilar mehnat ta’tiliga chiqib, tabiat qo‘yniga yo‘l olishlari kutiladi. Ayrimlar esa boshqa shaharda yashovchi qarindoshlarnikiga yo‘l olishi mumkin. Yirik xaridlardan buguncha voz kecha turing, oqibatda qiynalib qolishingiz mumkin. Negaki, 5 iyul kuni moliyaviy masala sizning foydangizga hal bo‘lmasligi kutilmoqda. Internet orqali qo‘shimcha daromad beruvchi ish topishingiz ham haqiqatdan uzoq emas. Salomatligingiz kun davomida yomonlasha boshlaganini payqasangiz, o‘sha zahoti vrach qabuliga choping.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 iyul kuni g‘iybatchi va hasadgo‘ylar ta’siriga tushishdan saqlaning. Ular sizni juftingizdan sovitishga harakat qilgan holda u haqida bo‘lar-bo‘lmas bo‘htonlar to‘qishi mumkin. Quloq solmang. Ish joyingizda hamkasblar yo do‘stlar maslahatiga emas, qalb amriga quloq tuting. Bugun qalbingiz sizga juda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Kechqurun gazlangan ichimliklardan nariroq bo‘lishingiz tavsiya etiladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Erta tongdayoq bir inson bilan uchrashib tanishishingiz ehtimoli bor. Bu odam kelgusida hayotingizning bir bo‘lagiga aylanishi ham mumkin. Tijoratchilar qancha shinavanda bo‘lsalar, mijozni shuncha tez ko‘paytirish baxtiga muyassar bo‘lishadi. Uy-joy oldi-sotdisi bilan bog‘liq hujjatlarga imzo qo‘yishda shoshilmang, sergaklik bilan ish ko‘ring. Kechqurun oilangiz bilan birga qaysidir tanishingiz yoki do‘stingiznikiga mehmon bo‘lib borishingiz mumkin. Bu mehmondorchilik kayfiyatingizga kayfiyat qo‘shishi tayin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 iyul kuni qalbingizni nafrat, hasad, alam kabi tuyg‘ular egallab olishiga yo‘l qo‘ymang. Yo‘qsa, xuddi shunday kamchilikka ega shaxslar bilan muloqot qilishingiz va natijada katta janjalga sababchi bo‘lishingiz ehtimoldan xoli emas. Tushdan keyin sizni xizmat safariga yuborishlari kutiladi. Oilasizlar muhabbat bobida sukunat hukm surishiga guvoh bo‘lishadi. Bu jarayondan ranjimang. Muhabbat bardoshingizni sinovdan o‘tkazishni mo‘ljallagan bo‘lishi ham mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Juftingiz bilan erta tongda janjallashib qolishingiz kun bo‘yi sizga salbiy ta’sir o‘tkazishi aniq. Shuning uchun munosabatlarda bahslashish, nimanidir isbotlashga harakat qilish fikridan yiroq bo‘ling. Bugun kiyimlar, ro‘zg‘or va mehmonxona uchun mebellar sotib olish omadli kechadi. Faqat bu ishni amalga oshirishda e’tibor talab qilinadi. Kechqurun sog‘lig‘ingizni nazoratdan o‘tkazib olishni unutmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 iyul kuni tongdanoq omadingiz chopa boshlaganini sezasiz. Ishda, turmushda, ko‘chada hech kim sizga to‘sqinlik qilmaydi. Ishlar o‘z-o‘zidan bitib ketaveradi. Yaqinda yangi ishga joylashganlarni tushdan keyin mo‘may daromad ham kutib turadi. Muhabbatda ham oshig‘ingiz olchi. Muhabbat osmoningizda bulutlar ko‘zga tashlanmaydi. Hatto, yozning shu kunlardagi jaziramasi ham sizga to‘siq bo‘la olmaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun so‘z va harakatlarga erkinlik berishingizni tavsiya etishadi. Shunda ko‘zlangan maqsadlarga qiynalmasdan etasiz. Jismoniy va ruhiy jihatdan yanada sog‘lom bo‘lishni xohlasangiz, ko‘proq dam oling. Jismoniy zo‘riqishlarga yo‘l qo‘ymang. Kompyuter bilan ishlaydiganlar 5 iyul kuni ko‘p vaqtini toza havoda o‘tkazishlari kerak. Aks holda xastalik sizdan zo‘r kela boshlashi hech gap emas. Muammolar qiynab yuborsa, yaqin do‘stlarni yoningizga oling-u, toqqa jo‘nang.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 5 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..