22:14 / 05.07.2017
6 570

6 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

6 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar hayotingizdagi og‘ir vaziyatlar nihoyat barham topishini uqtiradi. Endi siz bemalol yengil nafas olishingiz, yaqin o‘tmishdagi muammolarni unutishingiz mumkin. Tadbirkorlar uchun bugun hamkorlar bilan muzokaralar, yig‘inlar va xizmat yuzasidan uyushtiriladigan safarlar omadli kechadi. Agar butkul e’tiborsiz odamga aylanib qolmasangiz, salomatligingiz pand bermaydi. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan o‘tkazishingiz ehtimoli bor.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
6 iyul kunning birinchi yarmida jismoniy zo‘riqishlardan qoching. Aks holda sog‘lig‘ingizga putur etishi mumkin. Iloji boricha o‘tirib bajariladigan ishlarni amalga oshiring. Shunda omadingiz chopadi. Shaxsiy hayotda esa ba’zi muammolarni bartaraf etishda o‘zgalar aralashishiga yo‘l qo‘ymang. Oilasizlar, sizga nuqul hasad qilaveradiganlarning maslahatiga quloq solmang. Sog‘lig‘ingizni kun davomida nazoratdan qochirmang. Hozirgi issiq kunda arzimagan bahona bilan xastalanib qolishingiz hech gap emas.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun shunday ishlangki, har bir yo‘qotgan daqiqangizga achinmaydigan bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida bolalikdagi do‘stingiz bilan uchrashib qolishingiz, tabiat qo‘yniga dam olish uchun jo‘nashingiz kutiladi. Moliyaviy masalada ahvolingiz achinarli kechmaydi. Lekin yirik xaridlarni amalga oshirmang, yo‘qsa, yo‘qotishga yuz tutasiz. Kechqurun oilasizlar romantik uchrashuvga yo‘l olishi kutiladi. Uxlashga yotishdan oldin toza havodan nafas olishni unutmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
6 iyul kuni haqiqatga aylantirish mushkul hisoblangan muammolarni chetlab o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Bunday muammolar bilan o‘ralashib qolishingiz, kun davomida ishlaringiz orqaga ketishini ta’minlaydi. Moliyaviy ahvolingiz bugun juda yaxshi bo‘ladi. Ammo nokerak xaridlarga ham yo‘l bermaganingiz ma’qul. Bor bo‘yingiz bilan ishga sho‘ng‘ishingiz juftingizga alam qila boshlashi mumkin. Bosiq bo‘ling, unga yotig‘i bilan tushuntirishga harakat qiling. Salomatligingiz kechqurunga yaqin biroz yomonlashishi ehtimoldan xoli emas. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar issiq havoda ko‘p yurib qo‘ymasliklari tavsiya etiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar sizga nafaqat haqiqiy, balki ramziy ma’nodagi quyoshli kunni ham va’da qilishmoqda. Ishlaringiz, muammolaringiz yuz foiz ado etiladi. Kun davomida farzandlar uchun ham alohida vaqt ajrating. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo‘yniga jo‘nashingiz, do‘stlar bilan uchrashishingiz va kafeda mazali taomlar iste’mol qilishingiz mumkin. Moliyaviy ahvolingiz ham shikoyat qiladigan darajada yomon bo‘lmaydi. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, rulni boshqarishda juda ehtiyot bo‘ling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
6 iyul kuni qachonlardir siz uchun ikkinchi darajali bo‘lib ko‘ringan ishlarga qayta e’tibor bera boshlaysiz. Ammo vaziyatni haddan ziyod qaltislashtirmang. Agar siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan hamkorlikda tijorat ishlarini yuritayotgan bo‘lsangiz, munosabatlarni rasmiyga aylantirib qo‘ymasligingiz tavsiya qilinadi. Oila baribir o‘z o‘rnini yo‘qotmasligi kerak. Sergaklik va faollik sizga bugun har jabhada asqotadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ish joyingizda bugun chin ko‘ngildan, berilib ishlang. Shunda rahbarlar e’tiboriga tushasiz va mehnatingiz mukofotini olasiz. Kun bo‘yi xizmat safariga otlanishingiz kutiladi. Shaxsiy hayotda juftingizga nisbatan sirli munosabat yuritmang. Barcha sirlar o‘rtada bo‘lsagina, hayot totli kechadi. Sir aralashgan oila esa bir kun kelib darz ketishi hech gap emas. Salomatlik masalasida sira tashvish tortmasangiz bo‘ladi. Har qanday ko‘rinishdagi xastalik sizni chetlab o‘tadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
6 iyul kuni kayfiyatingiz eng yuqori cho‘qqida bo‘ladi. Shuning uchun eng baland to‘siqlar, chigal muammolar ham sizga xalal bera olmaydi. Faqat qarindosh-urug‘lar bilan janjallashish yaramaydi. Bu janjal tufayli juda uzoq muddat yuz ko‘rmas bo‘lishingiz mumkin. O‘z ishingizga mehr bilan yondoshing, shunda mehnatingiz mevasini tatib ko‘rish nasib etadi. Oilasizlar kechqurun romantika umidida olis manzilga jo‘nab ketishlari kutiladi. Safar sizga unutilmas onlarni hadya etadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugun xoh ovqatlanish, xoh atrofdagilar bilan munosabatlar bo‘lsin, me’yorga amal qilishingizni maslahat berishmoqda. Sal chegaradan chiqish sizga ko‘ngilsiz vaziyatlarni baxsh etishi turgan gap. Moliyaviy muammo hech qachon tugamaydi deb o‘ylardingiz. Bunday emas ekan. Bugun hali qosh qoraymasdan cho‘ntaklaringiz pulga to‘lishi tayin bo‘lib turibdi. Bugun o‘zgalar yordam so‘rasa, bosh tortmang, albatta yordam bering. Bir kun javobini albatta olasiz. Mushkulingiz yanada oson bo‘ladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
6 iyul kuni ishingiz masalasida vaqtinchalik qiyinchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Agar shu qiyinchilikdan ranjib, ortga chekina boshlasangiz, ahvol bundan ham murakkablashishi mumkin. Shaxsiy hayotda tarozining har ikki pallasini baravar ushlashga harakat qiling. Salomatligingizni alohida nazoratga oling. Kechqurun imkoningiz bo‘lsa, velosipedda sayr qiling. Bu salomatlik mustahkamlanishida katta yordam beradi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar qovg‘a burjida tavallud topganlarning aksariyatiga kunning birinchi yarmidayoq mo‘may daromad va’da qilgan. Lekin xarajatlar ham bundan kam bo‘lmasligini unutmang. Agar san’atning qaysidir turiga iste’dodingiz bo‘lsa, bugun keng ommaga namoyish etish, o‘zingizni ko‘rsatish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Agar hozirgi ishingiz joningizga tekkan bo‘lsa, yangi ishga o‘tish uchun ham sharoit yaratiladi. Kun davomida immunitetni ko‘tarib olish payida bo‘ling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
6 iyul kuni asosan o‘zingizga tegishli shaxsiy muammolaringizni bartaraf etish bilan band bo‘lsangiz, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Oilasizlar hadeb yolg‘izlikda umr kechirmay, tezroq umr yo‘ldoshi topishlari va to‘yni boshlashlari tavsiya etiladi. Moddiy jihatdan sira tashvish tortmang, ahvolingiz yaxshi bo‘ladi. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, nihoyatda sergaklik bilan sog‘lig‘ingizni nazorat qiling.


Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 6 iyul Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..