21:41 / 06.07.2017
10 232

Munajjimlar bashorati: 7 iyul Sizga nimalarni va’da qilarkin?..

Munajjimlar bashorati: 7 iyul Sizga nimalarni va’da qilarkin?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
7 iyul kuni ish sur’atini biroz kuchaytirishingizga to‘g‘ri keladi. Bugun xotirjamlik, sustlik sizga naf keltirmaydi. Agar tijoratchi, tadbirkor bo‘lsangiz, raqiblar quvib o‘tib ketib qolish ehtimoli bor. Kelajak haqida o‘y surishdan voz keching va bugungi kun bilan yashang. Bu shaxsiy hayotingizda ham o‘z aksini topadi. Kelajakni Ollohning o‘zi beradi. Kun davomida shamollab qolishingiz xavfi sezilyapti. Ehtiyot choralarini ko‘rsangiz, yomon bo‘lmasdi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, moliyaviy ahvolingizni yaxshilash payida bo‘lishingizni maslahat berishmoqda. Ammo qarz olmang, uzishda qiynalib qolasiz. Hasadgo‘ylar bugun sizga ochiqchasiga yomonlik qilish harakatiga tushishi mumkin. Hushyorlikni aslo qo‘ldan bermang. Hozirgi davrda chap ko‘z o‘ng ko‘zga do‘stlik qilmaydi. Oilasizlar qancha romantik bo‘lishsa, tanlagan insoniga shuncha yoqib boraverishadi. Sog‘lig‘ingizni ham ehtiyot qilishni unutmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 iyul kuni nikohda bo‘lsangiz, baxtingizga baxt, ahilligingizga ahillik qo‘shilishi kutiladi. Juftingiz eng mushkul vaziyatlarda ham faqat sizni deyishga tayyor. Ayollar kun davomida do‘kon aylanib, go‘zallik salonlariga mo‘ralab o‘tishlari, o‘zlariga yoqqan ko‘ylaklardan xarid qilishlari tavsiya qilinadi. Buning uchun moddiy ahvolingiz to‘liq javob beradi. Ish joyingizda har bir yumushni jamoaviy tarzda amalga oshirishga harakat qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kuningiz bugun juda osuda va shirin o‘tishi kutilmoqda. Ammo kun bo‘yi kuzatuvchi sifatida qolganingiz ma’qul. Shunda bir talay orzularingiz haqiqatga aylanishi mumkin. Shaxsiy ishda ham o‘ta faol bo‘lishingiz talab etiladi. Shunda omad faqat siz tarafda bo‘ladi. Qo‘shimcha ichki quvvatga ega bo‘lish uchun meditasiya bilan shug‘ullanib ko‘rganingiz ma’qul. Organizmingiz suymaydigan mahsulotlarni iste’mol qilmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 iyul kuni qiladigan ishingiz tejamkorlik bo‘lishi lozim. Agar tejamkorlikni shior qilib olmasangiz, oqibati yaxshi bo‘lmasligi, pulga zoriqib qolishingiz mumkin. Oilasizlar muhabbatda his-tuyg‘ularga to‘lib-toshsalargina maqsadga etishlari tayin. Busiz sira iloji yo‘q. Tadbirkorlar muhim hujjatlarga imzo qo‘yishda beparvolikka yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Salomatligingiz yomonlasha borayotganini sezsangiz, darhol vrachga murojaat eting.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun nafaqat moliyaviy, balki ruhiy jihatdan ham etuklik sari intilishingizni maslahat berishadi. Anchadan beri qondoshlar bilan munosabatlaringiz yaxshi emas. Ularning ko‘ngliga yo‘l topishga harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida bolalikdagi qadrdonlardan birini uchratib qolishingiz ehtimoli bor. Shu ham kayfiyatingizni buzishi haqiqatdan yiroq emas. Kechqurun oilaviy bayram uyushtiring, juda xayrli o‘tadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatlikni qat’iy nazorat qilishda davom etishlari shart.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 iyul kuni ish joyingizda bor iste’dodingizni ishga solgan holda harakatlar sodir etsangiz, nafaqat hamkasblar, balki rahbarlar ham sizdan minnatdor bo‘lishardi. Moliyaviy ahvolingiz yaqin tanishlaringizdan birining ko‘magida yaxshilanishi kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, quyosh tig‘ida uzoq qolib ketishdan saqlaning. Bu salomatligingiz uchun jiddiy muammo tug‘dirishi hech gap emas.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Tijorat bilan shug‘ullansangiz, yangi mahsulotlar bilan peshtaxtani bezash va to‘ldirish payiga tushing. Shunda kechga borib daromadingiz sezilarli darajada ortganini payqab qolasiz. Bugun xizmat safariga chiqish muvaffaqiyatli kechadi. Oilasizlarning ayrimlari o‘zi tanlagan inson bilan arazlashib qolish ehtimoli bor. 7 iyul kuni odam ko‘p to‘planadigan joylarga yaqin bormang, kissavur ta’qib etishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 iyul kuni sizga dunyoning eng baxtliman, omadliman degan odamlari ham havas qilsa arziydi. Ishlar ketma-ketiga baroridan kela boshlaydi. Pulning o‘zi kun davomida sizni qidirib yuradi. O‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlarga sir aytmang. Oilasiz bo‘lsangiz-u, yaqinda arazlashib qolgan bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingizning o‘zi sizni qidirib keladi. Albatta yarashasizlar. Sog‘liqni ehtiyotlang. Sog‘liq e’tiborni xush ko‘radi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar jiddiy ogohlantiradi. Bugungi kun salomatligingiz va kayfiyatingiz uchun xavfli kechishi mumkin. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot yuring. Sport bilan shug‘ullanishda ham sergaklikni qo‘ldan bermang. Imkon tug‘ilsa, tabiat qo‘yniga chiqib dam oling. Muhabbatda turmush o‘rtog‘ingiz va sizning orangizga yolg‘on aralashishi mumkin. Yolg‘ondan qoching. Asabni asrang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
7 iyul kuni oilasizlarning ba’zilari tanlagani bilan munosabatlarni uzganidan afsuslana boshlaydi. Ammo keyin pushmon chekishga sira hojat yo‘q. Olg‘a yuring, yulduzingizga mos yulduzni albatta topasiz. Faqat muhabbatga pulni aralashtirmang. Tijoratchi bo‘lsangiz, bugun hamkorlik taklif etadiganlarga aslo ishonmang, chuv tushib qolasiz. Salomatligingiz bugun kosmonavtlarni ham xijolatga qo‘yar darajada bo‘ladi. Kechqurun sira ikkilanmasdan sportzalga boraversangiz yarashadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar 7 iyul kuni realistga aylanishingizni maslahat berishadi. Keyinchalik hayotingizda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan bir inson bilan tanishasiz. Mayda-chuyda ishlardan yuz o‘girmang, ular ham serdaromad chiqib qolishi mumkin. Agar mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lsangiz, toqqa chiqib dam olishni ortga surmang. Yaqin do‘stlardan birini sherik qilib olsangiz ham ziyon qilmaydi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 7 iyul Sizga nimalarni va’da qilarkin?..