QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
8 iyul kunning birinchi yarmida kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Shuning hisobigami, ishlaringiz ketma-ketiga baroridan kela boshlaydi. Tushdan keyin shaxsiy ishlar bilan yaqin manzillarga borib kelishingiz, yoshi ulug‘ qarindoshlarga yaqindan ko‘mak berishingiz kutiladi. Bugungi kun turmush qurish, cho‘milish va quyoshda toblanish uchun foydali kechadi. Ammo biling, oiladagi muammolarni o‘zingizdan bo‘lak hech kim bartaraf eta olmaydi. Asabni asrang. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar sizga butun boshli romantik kunni va’da qilmoqda. Agar shundan ko‘nglingiz to‘lsa, xotirjam tortaverishingiz mumkin. Kun davomida qarindoshlar bilan tez-tez xabarlashishni unutmang, yordam kerak bo‘lsa, bajonidil zimmangizga oling. Kechqurun vaqtingizni oila davrasida o‘tkazishga harakat qiling. Salomatligingizdan bugun shikoyat qilmasligingiz kutiladi. Kechqurunga borib moliyaviy ahvolingiz ham yaxshilanadi. Qanday yaxshi!
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
8 iyul kuni siz muhabbat bobida shunday firibga duch kelishingiz mumkinki, bu etti uxlab tushingizga kirmagan bo‘lib chiqishi hech gap emas. Ammo shunday ahvolga tushmaslik uchun tashqarida yangi tanishuvlar, ehtiroslar oldi-berdisi bilan shug‘ullanishdan tiyiling. Ortingizdan kimlardir g‘iybat qilayotgani, sizga bo‘hton va uydirmalar yog‘dirayotganidan xabar topasiz. Asabiylashmang. Salomatligingiz ham picha pand berishi mumkin. Ko‘cha taomlari iste’molida ehtiyot bo‘ling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar sizga zudlik bilan boshqa ish topishingizni maslahat berishmaydi. Bunday ishlarni amalga oshirishda shoshilmaslik kerak. Aks holda o‘zingiz afsus chekasiz, ammo kech bo‘ladi. Oilasizlarning ba’zilari o‘z orzusidagi inson bilan tanishishi ham bugunga to‘g‘ri kelmoqda. Siz bu kunni azaldan orziqib kutardingiz. Mana, o‘sha sehrli lahzalar etib keldi. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi ovqatlar bilan cheklanganingiz ma’qul.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
8 iyul kuni mavqeingiz ortishi kutiladi. Tijoratchilar esa raqobatchilarni yaxshigina chuv tushirishlari tayin. Qisqa vaqt ichida boshingizga shuncha baxt qushi va omad yog‘iladiki, o‘zingizni xuddi shirin tush ko‘rayotgandek his eta boshlaysiz. Basharti tanangizda charchoq hissini tuya boshlasangiz, darhol tabiat qo‘yniga yo‘l oling. Shaxsiy hayotingizda ham muammolar qalashib yotibdi. Lekin ularni bir kunda bartaraf etishga ulgurmaysiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
8 iyul kuni amalga oshirishingiz kerak bo‘lgan ishlar ancha murakkab chiqib qoladigan ko‘rinadi. Shahardan tashqariga dam olish uchun borishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu rejani boshqa kunga qoldirishingizga to‘g‘ri keladi. Sog‘lig‘ingizni kun davomida jiddiy nazorat qilib boring. Havoning haddan ziyod isib ketishi organizmingizni toliqtirib qo‘ymasligi uchun suyuqlikni muzdek holatda ko‘proq iste’mol qiling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugungi kuningiz oson kechmaydi. Kun bo‘yi zinhor atrofdagilar bilan bahsga kirishmang. Ikki o‘t orasida qolib ketishingiz mumkin. Tushdan keyin yo katta miqdorda mukofot olasiz, yo lotoreya o‘ynab mo‘maygina yutuq egasiga aylanasiz. Bu ham mayli. Kechga yaqin oila qurmaganlarning aksariyati sevgan insonidan SMS xabari olishlari kutiladi. Rosmana hayot qurishga shoshilmasangiz, bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. 8 iyul kuni pul masalasida xavotirga tushmang, pulning o‘zi sizni qidirib kelishini yulduzlar bashorat qilgan.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugungi kuningiz oson kechmaydi. Kun bo‘yi zinhor atrofdagilar bilan bahsga kirishmang. Ikki o‘t orasida qolib ketishingiz mumkin. Tushdan keyin yo katta miqdorda mukofot olasiz, yo lotoreya o‘ynab mo‘maygina yutuq egasiga aylanasiz. Bu ham mayli. Kechga yaqin oila qurmaganlarning aksariyati sevgan insonidan SMS xabari olishlari kutiladi. Rosmana hayot qurishga shoshilmasangiz, bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. 8 iyul kuni pul masalasida xavotirga tushmang, pulning o‘zi sizni qidirib kelishini yulduzlar bashorat qilgan.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
8 iyul kuni yulduzlar sizga badavlat, omadli va nihoyat baxtli insonga aylanishingiz uchun qulay imkoniyatlar yaratishadi. To‘g‘ri, bularning barchasi birdaniga quchog‘ingizga kirib kelmaydi. Lekin baribir ertami-kechmi, siz yuqorida tilga olingan uchta mo‘’jizaning sohibi yo sohibasiga aylanasiz. Bugun sira ikkilanmasdan yangi tanishuvlarni boshdan kechirsangiz bo‘ladi. Oilasiz bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingizni ham qidirib ko‘ring.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar sizga kelajak taqdiringizni belgilab beruvchi muhim uchrashuv hamda moliyaviy yutuqlarni va’da qilmoqda. Nihoyat ko‘zgudagi aksingizga boqib chin dildan jilmayasiz, dunyoga kelganingizdan yanada mamnun tortasiz. Kun davomida do‘stlaringizdan biri sizga o‘ta muhim sirini aytadi. Bu sirni hech kim bilmasligi kerakligini tayinlaydi. Olis safar uchun 8 iyul muvaffaqiyatsiz kechadi. Istirohat bog‘larini farzandlar bilan sayr qilish esa aksincha quvonch va ko‘tarinki ruh baxsh etadi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
8 iyul kuni tashqi va ichki dunyongiz o‘ta yorqin ranglarda jilolanadiki, ko‘rganlar hayratdan yoqa ushlashlari tayin. Agar 8 iyul siz uchun ish kuni bo‘lsa, yosh, tajribasi kam hamkasblarga o‘z tajribangizdan so‘zlab, og‘zaki bo‘lsa-da, ularni professionallikka o‘rgatasiz. Muhabbatda ham omadingiz chopadi. Garchi moliyaviy ahvolingiz havas qilgulik darajada bo‘lmasa-da, siz egilmaysiz va tushkunlikka tushmaysiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugungi kuningiz osuda kechishi kutilmoqda. Ammo yulduzlar oqimga qarshi suzmaslikni maslahat berishadi. Kun davomida farzandlaringiz bilan do‘kon aylanishga, tabiat qo‘ynida dam olib qaytishga iloji boricha vaqt ajrating. Oilalilar hayotida jiddiy tanaffus yuzaga kelishi kutiladi. Ammo bu ham faqat yaxshilikka. Kun davomida ro‘zg‘ordagi o‘zingiz uchun majburiyat hisoblangan yumushlarni uddalang.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...