22:02 / 08.07.2017
10 487

Munajjimlar bashorati: 9 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..

Munajjimlar bashorati: 9 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
9 iyul kuni ertalabdanoq barcha katta-kichik tashvishlarni bir chetga suring-u, xotirjamlik va o‘zingizga bo‘lgan yuksak ishonch bilan asosiy ishlaringizni amalga oshirishga kirishing. Juftingiz bilan orangizda sovuqchilikka o‘xshash tuyg‘ular paydo bo‘lishi mumkin. Unga nisbatan mehr ko‘rsating. Shunda muzliklar erib, qarshingizda yam-yashil vodiyni, bu dunyoning jannatini esga soluvchi ajoyib manzarani ko‘rasiz. Moliyaviy masalani hal etishda ham o‘zingizga nisbatan ishonchni yo‘qotmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun ko‘proq vaqtingizni dam olishga bag‘ishlashingiz zarurligini uqtirishmoqda. Ish har qachon bo‘lgan va bo‘ladi, bu tushunarli, tirik jonga pul ham kerak. Ammo salomatlikni bu pullarga sotib olib bo‘lmaydi. Kun davomida ro‘zg‘or ikir-chikirlari, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullaning, do‘stlar bilan birga futbol, volleybol o‘ynang. Qarindosh-urug‘lar bilan buguncha ko‘rishmaganingiz ma’qul.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
9 iyul kunning birinchi yarmida turli mazmundagi hujjatlarni rasmiylashtirish, yaqin kelajakdagi kirim-chiqimlarni xomcho‘t qilish bilan band bo‘lasiz. Agar o‘zgalar bilan kam muloqotda bo‘lsangiz, yumushlaringiz shuncha tez barham topadi. Muhabbatda hammasi ko‘ngildagidek kechadi. Uni o‘zgartirishga, yangilashga urinmang. Salomatlikni baribir birinchi navbatga qo‘ying. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullanishni unutmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar aynan bugun organizmingizni zo‘riqtirmaslikka chaqirishmoqda. Aks holda umurtqangizga jiddiy ziyon etishi mumkin. Sportning har qanday turini bugun chetga suring. Shunda ortiqcha muammolar yo‘lingizda ko‘ndalang turmaydi. Bugun siz uchun eng xavfli amal, bu o‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlarga qarz berishingizdir. Juftingiz bilan, oilasiz bo‘lsangiz, tanlagan insoningiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun bardosh va vaqt zarur bo‘ladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
9 iyul kuni moliyaviy masalada jiddiy to‘siqlarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz mumkin. Ayniqsa, tadbirkorlar hisobchisidan ma’lum miqdordagi kamomatlar haqida eshitgach, tushkunlikka tushishlari ehtimoldan xoli emas. Basharti muhabbatda ham ko‘ngilsizliklar paydo bo‘lish arafasida ekanini sezib qolsangiz, darhol tadbirini ko‘ring. Kechqurun kimdir sizni oilaviy mehmonga taklif etishi kutiladi. Salomatligingizni ham tez-tez nazoratdan o‘tkazing.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Ishda hech qachon shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Mabodo boshqa ishga o‘tishni ko‘zlayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi keyingi kunlarga qoldiring. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Qolaversa, ruhan bu harakatlarga tayyor emassiz. Oilasizlardan kimdir orzusidagi insonni aynan bugun uchratishi kutiladi. Ana shunda siz dunyodagi eng baxtli insonga aylanasiz. Kechqurun yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar iste’mol qilish bilan cheklaning. Moliyaviy ahvolingiz bugun tobida bo‘ladi. Bemalol yoqimli xaridlarga yo‘l qo‘yaverishingiz mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
9 iyul kuni ilgari sizni shubhalanishga majbur etganlar bilan qayta muloqotga kirishishingiz kutilmoqda. Bahonada ular aslida qanday odam ekanliklarini yana tekshiruvdan o‘tkazib olasiz. Lekin ortiqcha gap-so‘z qilib o‘tirmang. Oilangizda kechqurun unutilmas hodisa sodir bo‘lishi kutiladi. Qolaversa, bugun kechqurun sizni do‘stlar ziyofatga taklif etishi ham haqiqatdan yiroq emas.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
9 iyul kuni yangi tanishuvlar yuzaga kelishi kutiladi. Shu uchrashuv sizda katta taassurot qoldirishi ehtimoldan xoli emas. Qancha ishingiz ko‘p bo‘lmasin, shaxsiy hayotingiz hamda yaqinlar bilan muloqotga vaqt ajratishingiz so‘raladi. Salomatlikka alohida e’tibor qarating. Chunki organizmingizga qaysidir xastalik mehmon bo‘lish arafasida turibdi. Zudlik bilan vrach ko‘rigidan o‘ting. Bugungi kun olis safarga chiqish uchun muvaffaqiyatli kechadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
9 iyul kuni yaqin kishingizga yanada ko‘proq yoqish uchun sizda imkoniyatlar keragidan ortiq bo‘ladi. Agar u bilan yaqin orada janjallashgan bo‘lsangiz, albatta yarashish harakatida bo‘lganingiz ma’qul. Moliyaviy jihatdan ortiqcha muammolarga duch kelmaslikning birdan bir yo‘li tejamkorlik ekanini unutmang. Bo‘lar-bo‘lmas xaridlarni amalga oshirish sizni inqirozga yuz tutdirishi turgan gap. Kechqurun qarindoshlarning biridan yoqimli xabar eshitasiz.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar sizga har qanday turdagi ishga ijodiy yondoshishni maslahat berishadi. Bu ish ijobiy hal bo‘lishi uchun taqdir sizga eng kerakli odamlarni albatta ro‘baro‘ etadi. Pul bugun sizni quvlab yuradi. Faqat uni qanday usulda behuda sarflab qo‘ymasangiz bas. Shaxsiy hayotingizda mayda ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi kutiladi. Juftingizni bugun aslo tanqid ostiga olmang. Bu faqat janjal bilan tugaydi. Boshqa narsaga erisha olmaysiz.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
9 iyul kuni qanday yumushni ado etishingizga to‘g‘ri kelmasin, yaqinlaringiz hamrohligida harakatlar sodir eting. Bugun dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, kunning ikkinchi yarmida ish joyingizdagi rahbaringiz qo‘ng‘iroq qilib, sizga o‘ta yoqimli xabarni etkazadi. Tijorat bilan shug‘ullansangiz, atrofingizdagilarni yangilang. Yo‘qsa, yaqin orada inqirozga uchrashingiz xavfi bor. Asablaringizni ehtiyot qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun faqat sizning tarafingizda. Anchadan beri faqat xayolgagina aylanib ulgurgan g‘oyangiz kutilmaganda haqiqatga aylanadi. Bundan go‘yo ettinchi osmonlarda parvoz qilgandek ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, kechqurun siz bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan odam o‘zi qo‘ng‘iroq qilib niyatini bayon qiladi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 9 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..