21:13 / 10.07.2017
9 072

Munajjimlar bashorati: 11 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 11 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
11 iyul kuni anchadan beri intizorlik bilan kutganingiz orom siz bilan bo‘lishi kutiladi. Keyingi paytlarda shu qadar qattiq ishladingizki, orom sizga bir mukofot bo‘la qolsin. Bugun bilim olish va professional kasblar bilan bog‘liq malakalarni oshirish uchun juda qulay keladi. Moliyaviy masalaga kelsak, bugun yo‘qotishga yuz tutmaysiz, daromad ham sizni chetlab o‘tadi. Salomatlikni qattiq turib tashqi xavflardan himoya qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun yulduzlar o‘zingizni urintirishingizga qarshi. Kecha va umuman bugunga qadar amalga oshirgan ishlaringiz natijalaridan bahra olishingizni maslahat beradi. Agar mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, bu imkoniyatdan unumli foydalaning. Oila qurmaganlar muhabbatda, shaxsiy hayot qurish masalasida muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi. Imkon bo‘lsa, bugun tomorqada ishlang, uydagi buzilgan jihozlarni ta’mirlang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
11 iyul kunning birinchi yarmida hamkasblardan biri bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. ugun eng muhim ishlargagina e’tibor qarating. Agar kun davomida juftingiz yoki yaqin qavmlardan biri bilan orangizda muammo paydo bo‘lsa, siz yon bering. Muhabbatda sabrli bo‘ling. Sog‘lig‘ingiz yomonlasha boshlaganini sezsangiz, darhol vrachga choping. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda. Qolaversa, bugun xuftondan keyin xonadoningizga qadrdonlardan biri mehmon bo‘lib kelishi ham ehtimoldan uzoq emas.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar bugun albatta ro‘zg‘ordagi kemtiklarni to‘ldirishingiz va kun davomida tabiat qo‘yniga chiqib dam olishingizni maslahat berishmoqda. Agar anchadan beri do‘stlar bilan uchrashib, muloqot qilishni orzulagan bo‘lsangiz, o‘sha kun keldi. Issiq havo organizmingizga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda tinkangiz quriy boshlaganini his etishingiz mumkin. Bundan xalos bo‘lishda piyoda sayr qilish yordam beradi. Bundan tashqari, to‘yib uxlashingiz, vitaminga boy mevalardan doimiy ravishda iste’mol qilishingiz va sportning yengil turlari bilan shug‘ullanishingiz kerak bo‘ladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
11 iyul kuni ish joyingizda bajariladigan yumushlarni jamoaviy tarzda amalga oshirishingiz tavsiya etiladi. Shundagina kutilgan ijobiy natijaga erishishingiz mumkin. Do‘stlar va tanish-bilishlar shaxsiy hayotingizga aralashishlariga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun plastik kartochkangizga mo‘maygina pul kelib tushishi kutiladi. Salomatlikni, ayniqsa, asabni ehtiyot qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun eng yaqin kishingiz bilan munosabatlaringizga nuqta qo‘yilishini bashorat qilishmoqda. Bu yaqin do‘stlardan biri bo‘lib, xorijga ketayotgan bo‘lishi ham mumkin. Moddiy jihatdan ahvolingizni yaxshilash uchun bugun faqat qarz ko‘tarishingiz mumkin. Salomatligingiz bugun bezovta qilmaydi inshoolloh. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida sog‘lig‘ini nazorat ostida ushlashlari shart.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
11 iyul siz uchun ancha og‘ir kechishi kutilyapti. Bunga xarakteringizdagi prinsipiallik sababchi bo‘lishi ham mumkin. Kun bo‘yi qarindoshlardan kimdir juftingiz bilan orangizga sovuqchilik tushirishga harakat qilib ko‘radi. Bugun jismoniy zo‘riqish, keragidan ortiq ovqat iste’mol qilish sizga faqat ko‘ngilsizlik hadya etadi. Jarohat olishingiz, ovqat yoki ichimlikdan zaharlanishingiz ehtimoli bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun yulduzlar kuningiz a’lo darajada boshlanishini ta’kidlashgan. Basharti taqdirga va hayotingizga shafqatsizlarcha yondoshib qo‘ymasangiz, bu kun sizga omadni ham, pulni ham baxsh etishi tayin. Ishxonada ham hamkasblar bilan sen-menga bormang. Shaxsiy avtomobili borlar uchun kechqurun jarohat olish xavfi tug‘iladi, sergak bo‘ling! Salomatligingizdan bugun umuman shikoyat qilmaysiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
11 iyul ishxonadagi ishlarni tartiga keltirishingiz, xayollaringizni bir nuqtaga jamlashingiz tavsiya qilinadi. Muhim hujjatlarga nisbatan loqayd bo‘lmang. Aks holda xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Kechki payt oilasizlarning qaysidir biri yangi tanishuvni boshdan kechiradi va bu romantik uchrashuvga aylanib ketishi kutiladi. Salomatlikni bir soniyaga ham unutib qo‘ymang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Tijorat bilan shug‘ullansangiz, anchadan beri yovlashib kelgan raqobatchilar bilan bugun iliq munosabatlarga erishasiz. Ularning o‘zi oldingizga kelib, uzr so‘rashadi va hamkorlik qilishni taklif etishadi. Rozi bo‘lavering, sira yutqazmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nashingiz mumkin. Oila qurmagan bo‘lsangiz, yaqindagina tanishgan insoningizga yuz foiz ishonib yubormang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
11 iyul sizning kuningiz desak, ishonavering. Siz kunni daromad olishdan boshlaysiz. Bundan tashqari, yangi loyihalaringizni rahbariyat tasdiqlab, hamkasblar orasida obro‘yingiz oshadi. Shu bahonada yangi lavozim olib qolsangiz ham ne ajab. Bugun dam olishga vaqtingiz bo‘lmaydi. Qattiq ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Yaqinlaringiz bilan muloyim ohangda muloqot qiling. Bugun uy oldi-sotdisi, ta’miri muvaffaqiyatli kechadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar yuzaga kelishi kutilmoqda. Shunga tayyor turing. Juftingiz bilan munosabatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘ymang. Tijoratchilarning oshig‘i olchi. Ular bugun boshqa kunlardagiga nisbatan ikki hissa ko‘proq daromad qilishadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..