21:13 / 11.07.2017
10 425

Munajjimlar bashorati: 12 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..

Munajjimlar bashorati: 12 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
12 iyul kuni hamkasblar va yaqin qarindoshlar bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Bunga ertalabdan yomon kayfiyatga ega ekaningiz sababchi bo‘lishi mumkin. Muhim hujjatlar bilan ishlashda xatoga yo‘l qo‘ymang, bu kelgusida sizga juda qimmatga tushishi turgan gap. Kechqurun salomatligingiz pand berishi, o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz kutiladi. Kechqurungi vaqtingizni yaqinlaringizga bag‘ishlang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun yulduzlar ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payishini bashorat qilishgan. Agar yuqori lavozimni egallash niyatida yurgan bo‘lsangiz, ishdan qochmang. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri asabingizga tegishi kutiladi. Janjal kuchayib ketmasligi uchun o‘zingizni bosing, asablarni ehtiyot qiling. Bugun moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib yaxshilanishi kutiladi. Tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelish ehtimoli bor.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
12 iyul kunning birinchi yarmida bir nechta ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo sira xavotirga tushmang. Tadbirlar sizga har jihatdan omad keltiradi. Shaxsiy hayotingizda paydo bo‘lgan muammolarni ham bugun kun davomida bartaraf etishga ulgurasiz. Faqat moliyaviy ahvolingizni yaxshilashda jiddiy to‘siqlar yuzaga kelish ehtimoli bor. Lekin ular ham kechqurunga borib yo‘q qilinadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Hatto yaqin do‘stlar, qavmlarga ham ichki sirlaringizni oshkor eta ko‘rmang, bu sizga qo‘shimcha tashvish keltiradi. Tilni tiygan holda yumushlaringizni bajarishda davom eting. Kunning ikkinchi yarmida oilasizlar kelajak taqdiri bog‘lanishi mumkin bo‘lgan inson bilan tanishishlari kutiladi. Oldiniga yaqindan do‘stlashasiz. Keyinchalik do‘stlik muhabbatga aylanishi tayin. Salomatligingizdan sira tashvish tortmang. U bugun sizga pand bermaydi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
12 iyul kuni omad faqat siz tomonda bo‘ladi. Ish joyingizda ham hamkasblarga yaqindan ko‘maklashib yuborishingiz ko‘nglingiz tog‘dek ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shaxsiy hayotda sokinlik va ahillikka guvoh bo‘lishingiz ehtimoldan uzoq emas. Ammo moliyaviy ahvolingiz osonlikcha hal bo‘ladigan emas. Yaqin tanishlarga murojaat etish, yordam so‘rashingizga to‘g‘ri keladigan bo‘lib turibdi. Kechqurun ba’zilar olis safarga otlanishi mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun o‘ta xotirjam, sokin, tinchlikparvar kayfiyatda bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Yo‘qsa uydagilar bilan orangizda jiddiy kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi hech gap emas. Pulingiz etarli, o‘zingiz yoqtirgan buyumlarni xarid qilishingiz mumkin. Oila qurmaganlar bugundan ko‘p narsa kutsalar bo‘ladi. Shunisi tayinki, siz yangi tanishuvlar, ketidan romantik lahzalarni boshdan kechirasiz.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
12 iyul 2017 yil kuni moddiy ahvolingiz yaxshi emasligi sababli bir necha yo‘nalishlarda faoliyat yuritishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin ish hajmini ko‘rib cho‘chib ketmang. Bunaqa ishlarda siz professionalsiz. Oilangizda qandaydir yorqin bir tadbir o‘tkazilishi kutiladi. Agar anchadan beri oilangiz bilan birgalikda tabiat qo‘ynida dam olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, o‘sha kun keldi. Faqat sog‘lig‘ingizga nihoyatda ehtiyot bo‘ling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar qachonlardir janjallashib qolgan qavmlar bilan bugun albatta yarashishingiz zarurligini uqtirishmoqda. Bu sizga ruhiy sokinlik hadya etadi. Bugun huquqiy hujjatlarni imzolash, kvartira yoki uy sotish, o‘zga mamlakatga ko‘chib o‘tish muvaffaqiyatli yakun topadi. Moddiy jihatdan ham qiyinchilik ko‘rmasligingiz kutiladi. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang. Oshqozoningiz faoliyatiga putur etishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
12 iyul kuni hayotingizda bir necha o‘nlab yoqimli lahzalar yuzaga kelishi mumkin. Bu lahzalarning ko‘pchiligi kutilmaganda paydo bo‘lishini ko‘rib hayratdan yoqa ushlaysiz. Kun davomida uzoq qarindoshlar xonadoningizga tashrif buyurishi ehtimoldan xoli emas. Oila qurmaganlar ko‘chada sobiq sevgilisini uchratib qolishi turgan gap. Oilalilar esa jufti bilan juda iliq munosabatda bo‘lishadi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Oila a’zolaringiz bilan munosabat yuritishda tezoblikka, jahldorlikka zeb bermang. Bu sizga ham, yaqinlaringizga ham qimmatga tushadi. Kun bo‘yi qo‘shimcha daromad keltiradigan ishlarni taklif etishlari kutiladi. Agar imkoniyatlaringiz etishiga ishonsangiz, albatta rozi bo‘ling. Shoshma-shosharlik bilan qarorlar qabul qilishdan saqlaning. Pul masalasida bugun qiyinchilik ko‘rmaysiz. Kechqurun kissangiz pulga to‘la bo‘lishini yulduzlar bashorat qilgan.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
12 iyul kuni ishingiz bilan bog‘liq har qanday muammoni joyida bartaraf eta olish imkoniga egasiz. Buyum, xususiy mulk sotishingizga to‘g‘ri kelsa, hisob-kitobni sergaklik bilan amalga oshiring. Kunning ikkinchi yarmida bir inson bilan tanishishingiz kutiladi. Salomatligingizni qattiq turib nazorat qiling. Jismoniy zo‘riqishlarga yo‘l qo‘ymang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugungi kuningiz har taraflama xayrli kechishi kutilmoqda. Nihoyat anchadan beri elkangizga osilib turgan muammo bartaraf etiladi. Pullaringiz etarli, shunday ekan, xaridlarni amalga oshirishda ikkilanishingizga hojat yo‘q. Tijoratchi bo‘lsangiz, hamkorlaringiz bilan o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash payida bo‘ling. Muhabbatda his-tuyg‘ularni jilovlagan holda ish tuting.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..