22:03 / 12.07.2017
9 144

Munajjimlar bashorati: 13 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..

Munajjimlar bashorati: 13 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun har qanday ishni bajarishingizdan qat’iy nazar bor kuch va imkoniyatlardan foydalanishingizni maslahat berishmoqda. Agar bunga faollikni qo‘shsangiz, omad siz tarafda deyavering. Bugun olinadigan daromadlarni zahiraga qo‘shmang, aksincha yaqinlaringiz uchun sovg‘alar xarid qilishga sarflang. Shaxsiy hayotingizda ham juftingiz bilan yanada mustahkam munosabatlar paydo bo‘lishi kutiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
13 iyul kuni shaxsiy ishda ham, professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda ham tarafdorlarni ko‘paytirishga harakat qiling. Miyangizga original g‘oyalar kelsa, hamkasblarga bildirmagan holda o‘zingiz hayotga tadbiq eting. Moliyaviy masala hal bo‘lishi sekinroq kechishi mumkin. Jarayonni tezlashtirishga urinmang, foydasi yo‘q. Yo‘qotishlardan boshqasiga erishmaysiz. Salomatlik masalasiga jiddiy yondoshing.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun kuningiz daromad olish, pul sanash bilan boshlanishi kutilmoqda. Har bir ishda faqat o‘z kuchingizgagina tayaning. Aks holda boshi berk ko‘chaga kirib qolishingiz mumkin. Ro‘zg‘ordagi muammolarni juftingiz bilan hamkorlikda hal etishingiz tavsiya etiladi. Mustaqil ishlashga faqat moliyaviy muammolarni hal etishdagina yo‘l qo‘ysangiz bo‘ladi. Kechqurun uxlashdan oldin sportning yengil turlari bilan shug‘ullanishni unutmang. Bu salomatligingiz uchun juda foydali ekanini unutmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
13 iyul kuni har qanday ishda faqat do‘stlar yordamigagina suyanishingiz mumkin. Mustaqil tarzda barcha ishlarni uddalab ulgura olmaysiz. Ish joyingizda hamkasblar bilan bahsga kirishmang, rahbarlardan baloga qolasiz. Bugungi kun sayohat uchun juda qo‘l keladi. Agar daromad ko‘rish bobida muammolar paydo bo‘lsa, badavlat tanishlardan qarz ko‘tarib turishingiz ma’qul bo‘ladi. Salomatlikni albatta nazoratda ushlang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun ish bajarishda turli to‘siqlarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Ammo sizdagi tajriba bu to‘siqlarni osonlik bilan engib o‘tishingizga yaqindan yordam berishi tayin. Mavqeni oshirish niyatingiz bo‘lsa, bunday to‘siqlarning ancha-munchasini engib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Oilada muhitni mehrga asoslangan holda qayta tuzing. Yoshi ulug‘ qarindoshlarni aslo xafa qilmang. Aksincha ular holidan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib duolarini oling. Sog‘lig‘ingiz pand bermasligi uchun kerak bo‘lsa parhezga o‘ting.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
13 iyul kuni parizod burjida tug‘ilganlarning aksariyati ishda jiddiy to‘siqlarga ro‘baro‘ bo‘lishlari ehtimoldan xoli emas. Ammo faollik bu to‘siqlarni juda qisqa fursatda engib o‘tishga yo‘l ochib berishi mumkin. Shu bahonada mo‘may daromadga ham ega bo‘lib olardingiz. Badavlat tanishlaringizdan biri bugun sizni qimmatbaho sovg‘a bilan siylashi kutiladi. Oila qurmaganlar tanlovda adashmaslik uchun bo‘lg‘usi yostiqdoshini yaxshilab kuzatishsa foydadan xoli bo‘lmasdi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun professional kasbingizda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarga erishishingizni bashorat qilishgan. Bundan hatto rahbarlaringiz ham hayratga tushishiga o‘zingiz guvoh bo‘lsangiz ajab emas. Dam olish va olis safarga chiqish uchun bugungi kun juda qulay kechadi. Shaxsiy hayotingizda ham bugun kutilmagan sovg‘alarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Sog‘lig‘ingizni juda ehtiyot qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
13 iyulda shaxsiy hayotingizni bir reviziyadan o‘tkazib qo‘ying. Bu xarakterlar, kelishmovchiliklarga sabab bo‘luvchi zararli odatlar, mehr-oqibat kabilarni joy-joyiga qo‘yib chiqish deganidir. Ular o‘z joyida bo‘lmas ekan, shaxsiy hayotingizda sokinlik ko‘zga tashlanmaydi. Ish joyingizda ham har taraflama kuzatuvlar o‘tkazing. Niyati buzuq hamkasblardan yuz o‘giring. Faqat foyda ko‘rasiz. Bugun uy oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Sog‘liqni, asablarni asrang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
13 iyul kuni do‘stlik masalasida islohotlar o‘tkazing. Ba’zi do‘st deb yurganlaringiz sizning pulingizga yo boshqa jihatingizga uchibgina do‘stman deb yuradi. Ularni do‘stlar safidan chiqarib yuborsangiz, ruh ham poklanadi. Hadeganda tinchingiz buzilmaydi. Qachondir bir kun kelib chuv tushib qolishdan xalos bo‘lasiz. Salomatligingiz pand bermaydi. Ammo quyosh nurida ko‘p turishingiz ham tavsiya etilmaydi. O‘zingizga ortiqcha tashvish orttirib olasiz xolos.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
13 iyul kuni erta tongdanoq negadir xayollaringizda chalkashlik belgilari ko‘zga tashlanadi. Lekin bu professional kasbingiz bilan bog‘liq faoliyatingizga xalal bermaydi. Faqat olg‘a intilishda davom eting. Shunda bugun ko‘zlagan barcha maqsadlarga etasiz. Bugungi kun mehmon kutishda juda xayrli kechishi mumkin. Buning uchun badavlat tanishingizni mehmonga taklif etishingiz kerak bo‘ladi. Salomatlikni kun davomida nazoratda ushlang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ishda kim bo‘lib ishlashingizdan qat’iy nazar raqobatchilar ko‘paygandan ko‘payishi mumkin. Na iloj, do‘stlarga yana murojaat eting va raqobatga qarshi kurashing. Siz albatta g‘olib bo‘lasiz. Agar shoshilmasangiz, aksi bo‘lib chiqishi tayin. Sog‘lig‘ingiz kechqurunga yaqin pand bera boshlashi mumkin. Oldini olib vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘yavering. Ammo vrachning ham halolini tanlang. Hozir ta’magir vrachlar ko‘payib ketgan.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
13 iyul kuni tijorat bilan shug‘ullanuvchilar raqobatchilar qarshisida mulzam tortmaydigan darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lishlari talab etiladi. Busiz faqat yo‘qotishlargagina yuz tutasiz xolos. Shaxsiy hayotda do‘ppini bir chetga olib sarhisob bilan band bo‘ling. Ijodkorlar bugun ilhomga yanada yaqinroq bo‘lishadi va ajoyib asarlar dunyoga keladi inshoolloh. Ba’zilar bosh og‘rig‘idan qiynalishlari mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 13 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilarkin?..