QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ish joyingiz va uydagi barcha og‘irliklarni o‘z bo‘yningizga olishingiz kerak bo‘ladi. Kunning birinchi yarmida ishdagi yumushlarni ado etib, qolgan vaqtingizni oila uchun sarflang. Bugungi kun mavqeni oshirish uchun muvaffaqiyatsiz kechadi. Tijoratchi bo‘lsangiz, raqobatchilardan oldin mahsulotingizni yangilashga ulguring, shunda yutqazmaysiz. Kechqurunga borib qo‘shimcha daromadli ish topasiz. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun ishlaringiz ertalabdanoq o‘ngidan kelishini bashorat qilgan. Oiladagi muammolarni boshqa yaqinlaringiz ado etsin, siz esa moliyaviy muammolar bilan shug‘ullaning. Bugun yaqin insonlar uchun sovg‘alar xarid qilish, tabiat qo‘ynida dam olish va oilasizlarga romantik uchrashuvlar xayrli kechadi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Og‘ir hazm bo‘luvchi ovqatlarni iste’mol qilmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
14 iyul kuni zimmangizga yangi mas’uliyat yuklanishi kutiladi. Bu yangi lavozim bo‘lishi mumkin. Oila qurmagan qizlarning ba’zilariga bugun kunning ikkinchi yarmida sevgani muhabbat izhor qilishi kutiladi. Bu kunni uzoq kutgandingiz. Quvonchdan yorilay deysiz. Kechqurun mobil telefon orqali olisda yashaydigan do‘stingiz bilan gaplashishingiz, natijada yoqimli xabar eshitishingiz mumkin. Bugun sizni xastaliklar va jarohat olishlar ta’qib etmaydi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun ish joyingizda yangi lavozimga tayinlashlari mumkin. Bu lavozimga munosib bo‘lish uchun ancha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Ortga chekinmang. Juftingiz sizni bugun ta’nali gaplarga ko‘mib, jondan to‘ydirishgacha borishi mumkin. Bu mojaroni bardosh bilan enga olasiz. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda juda ehtiyot bo‘ling. Elektr quvvatiga ishlovchi uskunalardan foydalanishda sergaklikni qo‘ldan bermang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
14 iyul kuni ishning katta-kichigini tanlab o‘tirmang. Iloji boricha tezroq moliyaviy muammolarni hal etib, kissangizni qappaytirish harakatida bo‘ling. Kechqurun oila qurmaganlarni romantik uchrashuv kutadi. Ayrimlar o‘zidan ancha kichik odam bilan tanishib, kelajak haqida gaplashishingiz ehtimoli bor. Kunning ikkinchi yarmida firibgar va ikkiyuzlamachilar ta’qibi ostida qolishingiz ehtimoli bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar ertalabdan yig‘ilib qolgan muammolarni bir boshdan bartaraf etishni maslahat berishmoqda. Muhim hujjatlarga imzo chekishga to‘g‘ri kelsa, sergak bo‘ling, aks holda moddiy yo‘qotishlarga yuz tutasiz. Shaxsiy hayotda kimlardir suygani bilan munosabatlarga nuqta qo‘yishi kutiladi. Ba’zilar esa aksincha arazlashib yurgan odami bilan yarashishadi. Bugun olis safarga chiqmang. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
14 iyul kuni Yaratganning sizga atalgan omadlar foizi ikki barobarga ortadi. Miyangizda anchadan beri ish bilan bog‘liq yangi g‘oya aylanib yurgandi. Shuni bugundan qoldirmay hayotga tadbiq eting. Oila qurmaganlar kechki payt tasodifan bir inson bilan tanishib qolishlari mumkin. Bu taqdirdoshingiz bo‘lib chiqishi haqiqatga yaqinroq bo‘lib turibdi. Oilalilar jufti bilan munosabatlarni mustahkamlash harakatida bo‘lishsin.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun ish joyingizda hamkasblarni yaxshilab kuzatishingizni maslahat berishmoqda. Shunda ortingizdan g‘iybat qiluvchi odam kimligi ma’lum bo‘ladi. Oilalilar esda tuting, tashqarida begonalar bilan romantik uchrashuv uyushtirsangiz, hech qancha o‘tmay hayotingizda katta ko‘ngilsizlik yuzaga keladi. Bugun o‘zingiz yashab turgan hududdan bir qadam ham chetga chiqmang, salomatligingiz pand berishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
14 iyul kuni ish bajarishda hech kimning yordamiga tayanmang, hech kimga ishonmang ham. Sizga bugun ishda va hayotda faqat qalbingiz yordam bera oladi. Bugun spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan, begona qarama-qarshi jins vakillari bilan munosabat yuritishdan tiyiling. Bu sizga bir umrlik yolg‘izlikdan bo‘lak hech narsani hadya etmaydi. Yoz, havo issiq bo‘lsa-da, muzlatkichda turgan suvni kamroq iching, yozda shamollagan yomon bo‘ladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun erta tongda tabiat qo‘yniga jo‘nang. Imkon bo‘lsa yaqin insonlaringizni ham o‘zingiz bilan ola keting. Bu bir umr yodingizda saqlanib qoladigan voqeaga aylanadi. Kechqurun sizni yangi ishga taklif etishlari mumkin. Bu ish sizga haqiqatan katta foyda olib kelishi kutilmoqda, ishoning. Sog‘lig‘ingiz kechqurun sal yomonlashishi mumkin. Tadbirini ko‘rsangiz, tezda o‘tib ketadi. Hasadgo‘ylardan ehtiyot bo‘ling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
14 iyul kuni tadbirkorlar muhim hujjatlarga imzo qo‘yishda ehtiyot bo‘lishlari talab etiladi. Shartnoma shartlari va boshqa ikir-chikirlarni yaxshilab ko‘zdan o‘tkazib oling. Kechqurun uyingizga badavlat bir inson tashrif buyurishi mumkin. Kelgusida shu inson sizga juda yaqin do‘st bo‘lib qolishi kutiladi. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang, jarohat olishingiz xavfi bor.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun yulduzlar og‘ir yumushlardan yuz o‘girib, vaqtingizni sevimli xobbingizga bag‘ishlashingizni maslahat berishgan. Kun davomida juftingizga bo‘lgan munosabatlaringizga oydinlik kiritib olsangiz yomon bo‘lmasdi. Atrofdagi mish-mishlarga emas, qalbingizga quloq tuting. Ishda hamkasblar bilan kelishgan holda ishlang. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatliklarini qat’iy nazorat qilsalar foydadan xoli bo‘lmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi