QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ish joyingizda hamkasblaringizga qaysidir sohada haqligingizni isbotlash uchun juda ko‘p ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Umuman, nega kimgadir haqligingizni isbotlashingiz kerak? Xudo bilsa bo‘ldi-da! Undan ko‘ra naf keltiradigan ishlar bilan band bo‘ling. Oilada ham sizning sog‘lom fikrlashingiz turli janjallarning oldini olishi mumkin. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar kuningiz juda xayrli va osuda o‘tishini bashorat qilishgan. Ish ham baroridan keladi, arzirli hordiq chiqarish ham nasib etadi. Har bir voqea-hodisa sizning rejangiz bo‘yicha kechadi. Sog‘liqdan ham shikoyatingiz bo‘lmaydi. Faqat bemor qavmlardan xabar olishingiz shart. Kechqurun yo‘llarni kesib o‘tishda sergak bo‘ling. Xuftonga yaqin olisdagi do‘stlardanmi, qarindosh yo tanishlardanmi kimdir sizga qo‘ng‘iroq qilib yoqimli xabar etkazadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
22 iyul kuni uydan chiqqach, erkin qushga aylanib ketmasligingiz tavsiya etiladi. Bu juftingiz bilan orangizdagi munosabatga putur etkazadi. Moliyaviy masalada tavakkalchilik bugun sira to‘g‘ri kelmaydi. Katta pul yo‘qotishingiz xavfi bor. Har bir ishga ijodiy yondoshing. Shunda maqsadingiz amalga oshadi. Jismoniy zo‘riqishlardan qoching. Aks holda salomatligingizga putur etishi mumkin.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ish o‘ta murakkab, og‘ir bo‘lishiga qaramay, tashabbusni o‘z qo‘lingizda ushlay olsangiz, marra sizniki. Shuning o‘zi sizga moddiy va ma’naviy manfaat keltiradi. Kun davomida kelgusi hayotingizda muhim o‘rin tutishi mumkin bo‘lgan odam bilan uchrashib tanishasiz. Agar shu kunlarda mazangiz qochgan bo‘lsa, ommaviy tadbirlar va ziyofatlardan o‘zingizni nariroq tuting. Kechqurun vaqtingizni oila a’zolaringizga bag‘ishlang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
22 iyul kuni har qanday muammoni ham faqat o‘zingiz yolg‘izlikda bartaraf etishingiz zarur bo‘ladi. Moliyaviy masaladagi harakatlaringiz ham unumli bo‘ladi. Kechqurun mo‘may daromaddan sira ikkilanmasdan umid qilaversangiz bo‘ladi. Kun bo‘yi atrofdagilar bilan so‘zlashganda, tilingizga ehtiyot bo‘ling. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugungi kun sizning kuningiz deyishsa, ishonavering. Ishlar tez va osonlikcha baroridan keladi, kun mobaynida tabiat qo‘ynida dam olib qaytishga ham ulgurishingizga shubha yo‘q. O‘zingiz yaxshi deb bilgan ba’zi insonlarni ideal darajasiga chiqarib qo‘ymang. Pand eb qolishingiz hech gap emas. Oilasizlar bugun sevgi izhorlari qurshovida qolishadi. Kechqurun ularni romantik uchrashuv intiq kutadi. Asablarni asrang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
22 iyulda maqsadga etish uchun chiranish, asabiylashish shart emas. Oqim bilan birga suzib ketavering, niyatlar o‘z-o‘zidan vojib bo‘ladi. Moddiy masalada kamroq daromad qilsangiz, achchiqlanmang, boriga shukr qiling. Uy oldi-sotdisi, boshqa uyga ko‘chish kabilar bugun muvaffaqiyatli kechadi. Qarindoshlar bilan muloqotda ehtiyot bo‘ling, janjal kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi harakatlarni sodir etmang. Kechqurun sog‘lig‘ingiz pand bera boshlaganini sezsangiz, kechiktirmasdan vrachga murojaat eting.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Muhabbatda oila qurmaganlarning kuni tug‘adi. Muhabbat izhori deysizmi, ZAGS dan o‘tish deysizmi, barchasi sizga muntazir. Ammo bu masalada sinovlar, tekshirishlar kabi amallarni sodir etmang. Ish joyingizda esa hamkasblar bilan iliq munosabatda bo‘lish uchun bardoshdan foydalaning. U asabni ham mustahkam holatda tutib tura oladi. Sizni faqat ezgulik sari etaklaydi. Kun davomida to‘siqlarga duch kelsangiz, tez-tez yaqin o‘tmishdagi xatolarni yodga oling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
22 iyul kunning birinchi yarmida sizga yangi, serdaromad va qiziqarli ish taklif etishlari mumkin. Nafaqat ish, balki siz yuqori lavozim va shunday maoshga ega bo‘lishingiz ehtimoli bor. Darrov rozi bo‘ling. Moliyaviy ahvolingiz kechki payt albatta yaxshilanadi. Oiladagi bahsli vaziyatlar asta-sekin ortga chekinadi. Siz juftingiz bilan munosabatlarni tobora mustahkamlab borasiz. Biling, bunday qiziqarli hayot har kimga ham nasib etavermaydi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Mavqeingiz ortishini istasangiz, kuzatuvchanroq bo‘ling. Yulduzlar sizdan xuddi shu narsani talab qilishadi. Sayohat va xizmat safari muvaffaqiyatli yakun topadi. Buning uchun erta tongda uyg‘onib Yaratgandan astoydil so‘rang. Bugun jarrohlik amaliyotlari, xastaliklarga qarshi xalqona usul yordamida kurashish va tish do‘xtiriga borish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Bugun professional kasbingiz bilan ko‘proq shug‘ullanishingiz faqat naf keltiradi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
22 iyul kuni ijodkorlarga omad kulib boqadi. Boshqalar esa ilgari amalga oshira olmagan ishni aynan bugun uddalashlari kutiladi. Buning uchun barcha imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiq. Kun davomida moliyaviy jihatdan yo‘qotishlarga yuz tutishingiz mumkin. Ammo salomatligingiz bugun a’lo darajada bo‘ladi. Shuning uchun bemalol jismoniy ishlar bilan ham shug‘ullanaversangiz bo‘ladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun aqlli, biroq hasadgo‘y odamlar bilan muloqotga kirishmaslikni maslahat berishmoqda. Ishda esa ilgari sizga katta foyda keltirgan usulni qo‘llang, afsuslanmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida ruhiy holatingizni tartibga keltiring, sevimli xobbingiz bilan band bo‘ling. Kechqurun olis safarga otlanishingiz kutiladi. Oilasizlar esa romantik lahzalardan zavq olishadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi