22:41 / 23.07.2017
9 719

Munajjimlar bashorati: 24 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?..

Munajjimlar bashorati: 24 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ish joyingizdagi hamkasblar bilan kelishgan holda ish yuritmasangiz bo‘lmaydi. Busiz niyatga etishingiz ancha mushkul kechishi mumkin. Agar kun bo‘yi do‘st yoki tanishlardan biri moddiy ko‘mak ko‘rsatishni istab qolsa, zinhor bosh torta ko‘rmang. Muhabbat mavzusida ko‘plab xabarlar eshitishingiz mumkin. Ammo ularni yaxshilab o‘rganib chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Aks holda kechirilmas xatoga yo‘l qo‘yishingiz turgan gap. Salomatlikni ehtiyot qiling. Kechqurun xamirli taomlar iste’mol qilmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
24 iyul kuni ishda ham, uyda ham negadir sizni to‘g‘ri tushuna qolmasliklari kutiladi. Lekin bu holat tushga borib g‘oyib bo‘ladi va siz uchun yoqimli lahzalar boshlanadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi kelishuvlar muvaffaqiyatli o‘tadi. Bugun uy oldi-sotdisi va boshqa uyga ko‘chib o‘tish muvaffaqiyat keltiradi. Oilasizlar bugundan romantika kutmasinlar. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Bugun ko‘radigan tushingiz o‘ngidan keladi inshoolloh.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
24 iyul kunning birinchi yarmida yaqin o‘tmishingizga bir qayrilib boqib qo‘ying. Xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz, ularni hozir takrorlamaslikka harakat qiling. Birovlarning ishiga aslo aralashmang, o‘rtada o‘zingiz yomon ko‘rinib qolasiz. Moliyaviy ahvolingiz kunning ikkinchi yarmida yaxshilanadi, ammo xarajatlar daromaddan oshib tushishi kutiladi. Jiddiy xastalikka duchor bo‘lmaslik uchun immunitetni ko‘taring va to‘g‘ri ovqatlaning.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun hayotga, dunyoga yuqoridan turib qaray ko‘rmang. Yangi tanish orttirsangiz, uni darrov ideallashtirib qo‘ymang. Tijoratchilar bugun kun davomida ancha oldinga qarab ketib qolishadi. Oldinga siljiyotganda, xato qilishdan saqlaning. Havolanib ham ketmang. Moddiy masalani ijobiy hal etishingiz uchun ancha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Busiz kissangiz qurib qolishi turgan gap. Biroq birovlardan qarz ko‘tara ko‘rmang. Iloj topsangiz, bugun vaqtliroq uxlashga yoting.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
24 iyul kuni oilasizlar ilgari tanishib, uchrashib, janjal tufayli munosabatlarga nuqta qo‘ygan inson bilan yana qayta uchrashib qolishlari mumkin. Agar qalbingiz unga qarab talpinaversa, munosabatlarni tiklang. Notanish odamlarga siringizni aytmang. Bu janjalga sabab bo‘lishi yoki katta pul yo‘qotishingiz mumkin. Agar mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, toqqa chiqib dam olishingiz tavsiya etiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun ilgari bajara olmagan ishlarga yana qo‘l urib ko‘rishni maslahat berishmoqda. Agar uddalay olsangiz, pulning tagida qolasiz. Moliyaviy masalada qayg‘u chekmang, o‘ylamang. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzini qaytaradi va cho‘ntagingiz tag‘in pulga to‘ladi. Lekin xarajatlar ham daromaddan kam bo‘lmaydi. Asosiysi, pullarni faqat ezgulikka sarflaysiz. Topganingizga xudo baraka bersin!

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
24 iyul kuni nima ishga qo‘l ursangiz, naf keltirish-keltirmasligini hisobga oling. Agar naf keltirmasa, tashlab oting. Oilasizlar hayotida qisqa muddatli tanaffuslar ko‘zga tashlanishi mumkin. Ichki quvvat organizmingizda keragidan ham ortiqroq. Shunday ekan, sportning istalgan turi bilan shug‘ullanaverishingiz mumkin. Jismoniy zo‘riqishlar ham bugun sizga ziyon etkaza olmaydi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatlikni doimiy tarzda nazorat qilishlari tavsiya qilinadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Xayriyat, bugun sizni muammo ham, ko‘ngilsizliklar ham ta’qib etmaydi. Yulduzlar shunday bashorat qilishgan. Agar o‘zingizga o‘zingiz ziyon etkazib qo‘ymasangiz, Yaratgan sizni o‘z panohida asraydi inshoolloh. Moliyaviy muammolar to‘liq sizning foydangizga hal bo‘lishiga kafolat yo‘q. Ammo zahirangizda ancha-muncha pul yo‘q emas. Basharti kechqurunga borib o‘zingizni lohas his eta boshlasangiz, yoga yoki meditasiya bilan shug‘ullaning.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
24 iyul kunning birinchi yarmidanoq har bir gapingizga javob bera oladigan darajada bo‘lishingiz lozim. Agar mudofaa bilan cheklansangiz, yutqazasiz. Bu ish joyingizdagi bajaradigan yumushlar bilan bog‘liq gap. Bugun bilim olish va ziyo ulashish, mehmonga borish kabi amallar muvaffaqiyatli kechadi. Olis safarga chiqmang, jiddiy jarohat olishingiz yoki halokatga uchrashingiz xavfi bor. G‘iybatchilar va hasadgo‘ylarni aylanib o‘tishga harakat qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun mehnatdan qochmasdan, chin ko‘ngildan ishlashingizni maslahat berishadi. Shunda kechqurunga borib huzurini ham ko‘rasiz. Yaqinda ishga joylashgan bo‘lsangiz, tezroq rahbarlarga o‘zingizni ko‘rsatishga intiling. Shaxsiy hayotingizda vaqtinchalik tanaffuslar ko‘zga tashlanadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling, qavm-qarindoshlar bilan uchrashib, hol-ahvol so‘rang, bemor qarindoshlar bo‘lsa, xabar oling. Salomatlikdan bugun shikoyat qilmaysiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
24 iyul kuni ko‘pchilik qovg‘a burji vakillarining kuni tug‘adi. Rahbarlaringiz mehnat ta’tiliga chiqishingiz haqidagi arizaga imzo qo‘yadi. Demak, anchadan beri tuzgan rejalaringiz haqiqatga aylanadi. Muhabbatda bugun sizga omad kulib boqmasligi mumkin. Yaxshisi, bugun toat-ibodat qilishni boshlang. Shu amal sizga baxtni ham, boylikni ham hadya etadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun sizning kuningiz. Yangi tanishuvlar, qiziqarli va foydali g‘oyalardan, serdaromad ish takliflaridan boshingiz aylanadi. Qo‘yib berishsa, ko‘klarga parvoz qilar darajada jo‘shasiz. Sevimli xobbingiz ham bugun sizga daromad baxsh etadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar ehtiyot bo‘lishlari kerak. Atmosferada kuchli magnit bo‘ronlari davom etyapti. Yoningizda doimiy tarzda doringizni olib yuring, tez-tez qon bosimini o‘lchatib turing.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?..