QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun erta tongdan shu qadar muloyim, shinavanda, shirin so‘zli odamga aylanasizki, atrofdagilar ham azbaroyi jo‘shib ketganidan hali mehmonga, hali serdaromad ishga taklif etishni xohlab qolishadi. Kun davomida yoshi ulug‘, tajribasi sizdan ko‘proq odamlar maslahatlariga albatta quloq tutgan holda ish ko‘ring. Ayniqsa, ular moliyaviy jihatdan ahvolingizni yaxshilab olishingizda juda asqotib qolishlari mumkin. Kechqurun toza havodan ko‘proq nafas oling. Shubhali taomlarga qo‘l urmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 iyulda ish joyingizga kirib borgach, beixtiyor qalbingiz ilhomga, zavqqa to‘lishi kutiladi. Bu bajaradigan yumushlaringizning sifatida namoyon bo‘ladi. Shubhasiz, sizning faolligingiz, tartibliligingiz rahbarlarning ham e’tiborini tortmay qo‘ymaydi. Yangi tanishuvlar, romantik uchrashuvlar bugun juda xayrli kechadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugundan ko‘p ezguliklarni kutsangiz adashmaysiz. Sog‘lig‘ingizni nihoyatda ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
25 iyul kuni siz uchun ish birinchi navbatda turadi. Faolligingiz ham noliydigan darajada bo‘lmaydi. Ko‘p muhim ishlarni uddalashga ulgurasiz. Nikohdan o‘tish, to‘y bugun muvaffaqiyat keltiradi. Muhim hujjatlarga imzo qo‘yishga to‘g‘ri kelsa, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Janjalkash, g‘iybatchi va ichi qora odamlardan nariroq bo‘ling. Salomatligingizdan xudo xohlasa bugun shikoyat qilmaysiz. To kechga qadar o‘zigizni a’lo darajada his etishingiz tayin bo‘lib turibdi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Baxtga qarshi, siz bugun moliyaviy masalada kutilgan natijalarga erisha olmasligingiz mumkin. Bundan kayfiyatingiz tushishi aniq. Shunday vaziyatda yaqin insonlarning ko‘nglini og‘ritishdan saqlaning. Pul bugun bo‘lmasa, ertaga albatta yuz ko‘rsatadi. Darvoqe, yulduzlar sizga kechqurun mo‘may daromadni va’da qilishgan. Buni unutmang. Ish bilan qanchalar band bo‘lmang, yostiqdoshingizga alohida e’tibor bilan yondoshing. Sog‘liqni, asabni asrang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
25 iyul kunning birinchi yarmida ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, yig‘inlar, majlisbozliklar ham sizni kutib turadi. Kunni iloji boricha tinchlikda, janjallarsiz, ko‘ngilsizliklarsiz kechirishga harakat qiling. Do‘stlaringiz bo‘lsa, ular bilan birga toqqa chiqib dam olib qaytsangiz ham ziyon qilmaydi. Lekin har qanday masalada ham faqat qalbingizga quloq tuting. Birovlarning maslahatlari sizga naf keltirmaydi. Salomatligingizdan ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, sizga xastalik yo ko‘ngilsiz vaziyatlar xavf solmaydi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun bir qator xaridlarga qo‘l urishingiz kutiladi. Kun davomida katta pul yo‘qotishingizni yulduzlar bashorat qilgan. Shuning uchun xarajatlarni puxta o‘ylab keyin amalga oshiring. Huquqiy mavzuda maslahatlar olish, xizmat safariga borish bugun omad keltiradi. Kechqurun do‘stlardan biri sizni restoranmi, nufuzli kafegami taklif etishni niyat qilgan. Ammo ekzotik taomlarni iste’mol qilishda ham hushyor turing.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
25 iyulda qo‘pol qilib aytganda, qora terga botgancha astoydil ishlaysizki, tog‘ni ursa tolqon qiladigan darajada katta kuchga egaligingiz sezilib qoladi. Tijoratchi bo‘lsangiz, sira ikkilanmasdan daromad sari intilavering. Raqobatchilar, sizni ko‘ra olmaydiganlar tirsagini tishlab qolaversin. Ammo yutuqlardan havolanib ketmang, ko‘z tegadi. Bugun anhor yoki ko‘llarda cho‘milish sizga ham foyda, ham zavq bag‘ishlaydi. Immunitetni ko‘tarish harakatiga tushsangiz ham yomon bo‘lmasdi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun kun bo‘yi juda ehtiyotkorlik bilan qadam tashlashingizni maslahat berishmoqda. Kutilmaganda xunuk vaziyatga tushishingiz, katta miqdorda pul yo‘qotishingiz xavfi bor. Ayniqsa, notanish odamlar bilan muloqotda juda sergak turing. Oilangizda xotirjamlik hukm suradi. Juftingiz bilan ham o‘zaro munosabatingiz me’yorida bo‘ladi. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz yanada yaxshilanishi kuzatiladi. Xarajatlarni amalga oshirishda hisob-kitobga alohida e’tibor qarating. Issiq havo holsizlantira boshlashi kuzatilsa, darhol mutaxassisga murojaat eting.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
25 iyul kuni oilasizlarga xudo beradi. Ular kuni kecha boshlangan romantik lahzalarga qayta oshno bo‘lish harakatida bo‘lishadi. Lekin bu narsa ishingizda jiddiy xalal berishi mumkin. Hatto, shuning dastidan rahbarlar tanqidiga uchrashingiz ham hech gapmas. Moddiy jihatdan ahvolingiz yomon kechmaydi, lekin katta puldan umid qilmang. Kechqurun do‘stlaringiz sizni mehmonga taklif etish ehtimoli bor. O‘zingizni ehtiyot qiling. Zararli odatlardan uzoqroq bo‘ling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun lavozimingiz oshishi mumkinligini bashorat qilishgan. Sira kutilmaganda rahbarlar lavozimingizni ko‘tarib qo‘yishi mumkin. Demak, ularni uyultirib qo‘ymaslik uchun ko‘proq va qattiqroq ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Juftingiz, turmush qurmagan bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingizga nisbatan xudbinlik qilmang, munosabatlarga putur etishi mumkin. Salomatlikni ham tez-tez nazorat qilib turishni unutmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
25 iyul kuni ish boshlashdan oldin maqsadni, nishonni chamalang, ana undan keyin harakatlar sodir etishga kirishing. Yo‘qsa, jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida olis safarga ish yuzasidan jo‘nab ketishingiz kutiladi. Salomatlik masalasiga ham jiddiy e’tibor bering. Eski xastaliklar qo‘zg‘alish ehtimoli bor. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Bugun hech kimning diliga ozor etkazmang, ajri yomon bo‘ladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Agar ish joyingizda yumushlar ko‘p bo‘lmasa, yolg‘iz qoling. Shunda ko‘p masalalarni xayolan chamalaysiz, xatolaringizni tahlil etishga fursat bo‘ladi. Yaqin qarindoshlaringiz kun davomida bayramlar uyushtirishlari mumkin. Bu bayramlar sizga ham a’lo kayfiyat taqdim etadi. Jismoniy zo‘riqishlar, asabbuzarliklarni aylanib o‘ting. Bu salomatligingizga jiddiy zarar etkazadi. Kechqurun qo‘shnilaringizdan kimdir sizga xushxabar etkazishi mumkin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi