QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar dangasaligingiz tutmasa, bugun har qanday to‘siqlarni engib o‘tib, ishlaringizni muvaffaqiyatli yakunlaysiz. Xudoning o‘zi anchadan beri xayolan puxtalab kelgan rejalaringiz amalga oshishida qo‘llab-quvvatlaydi. Odamlar bilan muloqotda tinglovchi vazifasini bajaring. Gapirgan taqdiringizda ham har bir aytayotgan so‘zingizni o‘ylab tilingizga ko‘chiring. Aks holda arzimagan gap tufayli katta janjalga sababchi bo‘lib qolishingiz mumkin. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun 26 iyul kuni erta tongdayoq eski ishlarni bir chetga surib, yangilariga qo‘l urishingizni maslahat berishmoqda. Tadbirkor bo‘lsangiz, boshqa shaharlardan ham hamkorlar topiladi. Muhabbatda esa his-tuyg‘ularni jilovlagan holda ish tuting. Bo‘lmasa, juftingiz yoki tanlaganingiz bilan orangizda janjal kelib chiqish ehtimoli bor. Xayolga kelgan gapni tilga ko‘chirishdan saqlaning. Shunda sog‘lig‘ingiz ham, kayfiyatingiz ham a’lo darajada bo‘ladi inshoolloh.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
26 iyul kuni ba’zilar yangi ishga o‘tish harakatida bo‘lishi mumkin. Agar imkon topsangiz, yangi kasbni mustahkamlash payida bo‘ling. Vrach ko‘rigidan juda zarur holatlardagina o‘tishingiz tavsiya qilinadi. Ko‘pchilik do‘stlarimiz internetning o‘zida moliyaviy ahvolini yaxshilash baxtiga muyassar bo‘lishadi. Salomatlik bobida jiddiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi. Ammo baribir ovqatlanishda, ko‘chada o‘zingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Shaxsiy hayotingiz o‘zingiz xohlaganchalik zo‘r bo‘lmasligi mumkin. Bunga noto‘g‘ri qarorlar chiqarishingiz, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yayotganingiz sabab bo‘lishi mumkin. Moliyaviy masalada esa xarajatlar daromaddan oshib tushishi kutiladi. Bugun atrofdagilardan maslahat so‘rashni xayolingizga ham keltirmang. Sizga qalbingizdan sodiqroq do‘st yo‘q. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
26 iyul arslon burji vakillari uchun ruhiy jihatdan og‘ir kechishi kutiladi. Siz juftingizni hadeganda rashk qila boshlaysiz. Buning asosiy sababchisi esa iblis hisoblanadi. Siz uning etagida qolishdan saqlaning. Iblis hech kimga do‘stlik qilmaydi. Juftingiz esa sizga shunchalar sadoqatliki, bu sadoqatga shubha nazari bilan qarash ahmoqlikdan bo‘lak narsa emas. Qarindosh-urug‘lar bilan bamaslahat ish ko‘rsangiz, bugun moliyaviy ahvolingizni ancha mustahkamlab olishingiz mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun zinhor yomon xayollarni yaqiningizga yo‘latmang. Faqat yaxshilik, yoqimli xayollarga oshno bo‘ling. Harakatlar sodir etishda optimist bo‘ling. Qaror chiqarishda ikilanmang. Erkaklar ham, ayollar ham tashqarida qarama-qarshi jins vakili yo vakilasi bilan muhabbat romanini boshlasa, albatta ko‘ngilsizlikka duch kelishadi. Bu harakatlar xudoga sira xush kelmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling, velosipedda aylaning, salomatligingizga bu narsalar faqat foyda beradi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar quyosh tig‘ida ko‘p yurishlari tavsiya etilmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Taqdirning o‘zi xudo xohishiga ko‘ra sizga ko‘plab yoqimli lahzalarni hadya etadi. Ayniqsa, muhabbatda va pul masalasida omadingiz kuladi. Ish joyingizda ehtiyotkorlikka amal qilsangiz, hamkasblar qarshisida obro‘yingiz yanada oshgan bo‘lardi. 26 iyulda xarajatlarga zeb bermang, yo‘qsa kechqurunga borib cho‘ntagingiz qurib qolishi turgan gap. Moliyaviy ahvolni esa bugun yaxshilashingiz ancha mushkul kechadi. Kechqurun sizni yangi va yoqimli tanishuv lahzalari kutadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun olis yurtga sayohat, yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Hayotingizda ham ijobiy tarafga o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga guvohlik qilasiz. Ijodkorlarni ham xudo ilhomdan qismaydi. Kechga qadar kichik bo‘lsa-da, biror shedevr asarni tugatishingiz tayin. Oilasizlar ko‘z ostiga olgan insonni artistona usul yordamidagina o‘z tarafiga og‘dirishlari mumkin. Tanlaganingiz bundan boshqa usulga hadeganda bo‘ysuna qolmaydi. Kun davomida qalbga, his-tuyg‘ularga emas, tafakkurga suyangan holda ish tuting.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
26 iyul kuni yaqin o‘tmishda kimdir ko‘nglingizni og‘ritgan bo‘lsa ham eslab o‘tirmang. Kayfiyatingiz tushib, bu ishlaringizga, hayotingizga, olg‘a borishingizga jiddiy to‘siq qo‘yishi mumkin. Moddiy ahvolingizni kechgacha albatta yaxshilab olasiz. Ba’zilar kechki payt o‘zlarini yomon his eta boshlashi, yuqumli xastaliklarga chalinish ehtimoli bor. Darhol vrach ko‘rigiga choping. Ommaviy tadbirlarda ishtirok etmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Muhim hujjatlarga imzo qo‘yishda nihoyatda hushyor bo‘ling, xatoga yo‘l qo‘ymang. Xatoga yo‘l qo‘ysangiz, siz uchun bu qimmatga tushishi turgan gap. Oilangizda kun bo‘yi xotirjamlik, ahillik, xursandchilik, hazil-mutoyiba hukm suradi. Kechqurun ishdan keyin do‘stlardan biri bilan bahslashib qolishingiz kutiladi. Lekin bu bahsni hayotingizga aralashtirmang. Aniqrog‘i, ko‘chaning o‘zida hal etishga harakat qiling. Kechqurun vaqtingizni juftingiz va farzandlaringizga ajrating. Kun davomida ayron ichib yurishingiz tavsiya qilinadi. Bu sizni issiq urishidan asraydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
26 iyul kuni qovg‘a burji vakillarining ishi baroridan keladi. Kechga bormay daromad olishga ham ulgurasiz. Ammo xarajat qilishga shoshilmang. Tadbirkorlar tashkil etgan muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tadi. Biroq foydali shartnoma imzolashni boshqa kunga qoldira turing. Bugun bu amal muvaffaqiyatsiz kechishi mumkin. Salomatlik masalasida maxsus profilaktika amallarini o‘tkazing. Yuqumli xastalikka uchrashingiz xavfi sezilyapti. Vrach ko‘rigidan o‘tishni ham unutib qo‘ymang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Atrofdagilar bilan muloqotda diplomatlarcha yo‘l tuting. Busiz katta janjal iskanjasiga tushib qolishingiz hech gap emas. Kun davomida qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishni ham uddalashingizga to‘g‘ri keladi. Bu ish sizning ko‘proq vaqtingizni olishi kutiladi. Shu ishni deb kechqurun rejalashtirilgan do‘stlar bilan uchrashuvni ham unutishingiz mumkin. Shaxsiy hayotda ham jahldorlikka berilmang. Sog‘lig‘ingizni ko‘z qorachig‘idek asrang!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
PSJ Abduqodir Husanovga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi