QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
28 iyul siz uchun ajoyib kunga aylanadi. Ertalabdanoq kerakli odamlar bilan qo‘ng‘iroqlashib, ishni boshlab yuborasiz. Mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, dam olishda davom eting. Oilasizlar esa kunning ikkinchi yarmida birdan ikki kishi bilan tanishishadi. Tanlash imkoniyati yomon emas. Kun davomida, ayniqsa, kechqurun toza havoda ko‘proq sayr qiling. Salomatligingiz haqida qayg‘uring. Sog‘lig‘ingizni o‘zingiz asramasangiz, hech kim asramaydi. Kechqurun iloj topsangiz, ayron iching. U kun davomida vujudingizga o‘rnashib olgan g‘uborlarni haydab soladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun yulduzlar shinam kvartira yoki uy sotib olishingz mumkinligini bashorat qilishgan. Agar puldan qiynalsangiz, darhol qarz ko‘tarib yuboring. Ish joyingizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Bajargan ishlaringiz rahbarlarga yoqib tushadi. Mukofotga loyiq topilsangiz ham ajab emas. Oilasiz erkaklar muhabbat izhorini bugundan qoldirmasalar yaxshi bo‘lardi. Kechqurun yolg‘iz qoling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
28 iyul kuni har tarafdan serdaromad ish taklif qiluvchilar yog‘ilishi kutiladi. Oilasizlar kunning birinchi yarmida bo‘lg‘usi juftini uchratishlari ham ehtimoldan xoli emas. Hasadgo‘ylar ham ko‘paygandan ko‘payadi, sergak turing. Kun davomida tavakkalchilikka yo‘g‘rilgan qarorlar qabul qilmang. Ilgari rejalashtirilgan ishlarni o‘z holicha qoldiring. O‘zgartishlar kiritmang. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishini yulduzlar bashorat qilgan.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun anchadan beri tanish va ishonchli odamlar qurshovida bo‘ling. Yaxshi tanish bo‘lmaganlar sizga ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ular tarafidan tavakkalchilikka asoslangan yolg‘onlar yog‘dirilishi turgan gap. Professional kasbingizni ado etishda ilhomga oshno bo‘ling. U sizga yangi va foydali g‘oyalar o‘ylab topishingizda ko‘mak beradi. Moliyaviy masalada bugun omadingiz kulmaydigan bo‘lib turibdi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
28 iyul arslon burjida tug‘ilganlar uchun serdaromad keladi. Siz qo‘lingizga kelib tushgan pulga katta va serhasham uy sotib olishingiz ham mumkin. Muhim hujjatlarni imzolashda nihoyatda hushyor bo‘ling. Muhabbatda faqat qalbingizga quloq tuting. Atrofdagilarning maslahatlariga umuman quloq solmang. Bu maslahatlar sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi hech gap emas. O‘zingizni ehtiyot qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar erta tongdayoq kerakli narsalarni olib dam olish uchun jo‘nashingizni maslahat berishadi. Mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, yana yaxshi. Dam olib qaytishingizga hech kim xalal bera olmaydi. Moliyaviy muammolarni o‘ylamang. Ularning o‘zi sizni topadi va siz ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan xaridlarga qo‘l urasiz. Ko‘cha-ko‘yda his-tuyg‘ularni jilovlashga harakat qiling. Bo‘lmasa, janjalli vaziyatlarga tushib qolasiz. Surunkali xastalikka duchor bo‘lganlar salomatligini nazorat ostida ushlashlari tavsiya qilinadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
28 iyulda sizga ish joyingizda yuqori lavozim taklif etishlari kutilmoqda. Bu lavozimdan bosh tortmasligingiz tayin. Faqat qo‘rqmang, yangi vazifani ham a’lo darajada uddalaysiz. Tijorat bilan shug‘ullansangiz, uni kuchaytirish harakatiga tushing. Yo‘qsa, raqobatchilar sizni changida qoldirib ketishi mumkin. Tadbirkorlar duch kelgan firma bilan hamkorlik qilmasliklari lozim. Kechqurun juda yoqimli xabar eshitasiz. Bu xabar pul bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ishni bajararkansiz, oldindan uning natijasi qanday bo‘lishi bilan qiziqib o‘zingizni qiynamang. Ha, siz o‘z vazifangizni juda yaxshi uddalaysiz. Ammo mukofot, olqishlar sal keyinroq hadya etiladi. Internet do‘konlardan nimadir xarid qilishingiz kutiladi. Shaxsiy hayotda esa juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu kelishmovchilikning bosh sababchisi o‘zingiz ekaningiz aniqroq bo‘lib turibdi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
28 iyul kuni barcha muammolarni diplomatik tarzda hal eting. His-tuyg‘uning jilovini bo‘shatish bilan muammoni murakkablashtirasiz xolos. Shaxsiy hayotda esa juftingizni rashk qilaverishdan tiyiling. U sizga shundoq ham sadoqatli va mehribon. Me’yordan oshgan rashk baxtsizlik keltiradi. Kechqurun asabiy holatga tushib qolishingiz kutiladi. Yaxshisi, do‘stlarni yoningizga oling-u, tabiat qo‘yniga jo‘nang. Salomatlikni ehtiyotlang, og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalabdanoq salomatlikni nazorat ostiga oling. Agar ovqatlanish, uyqu, qon bosimini o‘lchatish kabilarga qat’iy rioya qilmasangiz, eng mustahkam organizm ham pand berishi tayin. Shaxsiy hayotda yolg‘onlar, firib va pul o‘g‘irlatishlarga duch kelishingiz xavfi bor. Tijoratchi va tadbirkorlar hamkorlik jarayonida sergaklikni qo‘ldan bermasinlar. Kechqurun vaqtingizni oila a’zolaringiz bilan dildan suhbat qurish uchun ajrating.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
28 iyul kunning birinchi yarmida goh qarindoshlar, goh hamkasblardan sizning nomingizga tanqidlar yog‘ilishi kutiladi. Agar yaqin do‘stlardan kimdir sizga ishonib sirini aytsa, sukut saqlang, do‘stlar ishonchini suiste’mol qilmang. Tushdan keyin qachonlardir o‘zingiz yaqin munosabat yuritgan odam bilan tasodifan uchrashib qolishingiz mumkin. Bugun olis safar, uy oldi-sotdisi, toqqa chiqib dam olish muvaffaqiyat keltiradi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar 28 iyulda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishingiz lozimligini uqtirishmoqda. Hatto, shaxsiy mashinangizda biror yoqqa ketayotganda ham sergaklikka amal qiling. Hamkasblaringiz orasida kimdir sizning oyog‘ingizga bolta urish payiga tushishi mumkin. Xudodan o‘sha bolta o‘tmas bo‘lishini so‘rang. Kun mobaynida sizga yomonlik qilganlar va qilmoqchi bo‘lganlarga ham tabassum bilan boqing. Bu ular uchun ruhiy zarba vazifasini o‘taydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi