QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
3 avgustda atrofdagilar bilan diplomatlarcha muloyim munosabatda bo‘lishingiz talab etiladi. Qo‘pol muomala sizga jiddiy zarar etkazishi mumkin. Garchi ertalabdan kayfiyatingiz yomon bo‘lsa-da, buni hech kimga sezdirmaslikka harakat qiling. Yoqimli xaridlar, ro‘zg‘or uchun o‘ta zarur ashyolar sotib olishda bugungi kun xayrli kechadi. Kechqurun ish yuzasidan safarga otlanishingiz kutiladi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Ertalabdanoq ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qila boshlashingiz talab etiladi. Aks holda salomatligingizga putur etishi mumkin. Ayniqsa, oshqozoningiz jiddiy xavf ostida qolishi hech gap emas. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan muloyim munosabat yuriting. Bugun ko‘pchilikning xonadonida yorqin bir hodisa sodir bo‘lish ehtimoli bor. Bu yangi mehmonning dunyoga kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Pulni nihoyatda iqtisod bilan ishlating.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
3 avgust kuni yaqin insonlarga har jihatdan yordam berishga harakat qiling. Agar imkoni bo‘lsa, moddiy ko‘mak bersangiz ham ziyon qilmaydi. Tijoratchilar bugun qaltis qadamlar tashlamasliklari zarur. Yo‘qsa, moliyaviy ahvolingizga putur etishi turgan gap. Qo‘shimcha daromadli ish topsangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Kun davomida ko‘proq suyuqlik iching, quyosh tig‘ida uzoq turib qolishdan saqlaning.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun yulduzlar uy uchun yirik xaridlardan birini amalga oshirishingizni bashorat qilishgan. Faqat oldin pullaringizni sanab olishni unutmang. Tag‘in inqirozga yuz tutib yurmang. Mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, bugun azaliy orzungiz amalga oshib, sayohatga otlanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun do‘stlardan biri bilan bahslashib qolishingiz kutiladi. Bu bahs janjalga aylanib ketishidan ehtiyot bo‘ling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
3 avgust kuni hali oila qurmaganlarga omad kulib boqadi. Siz idealingizdagi insonni uchratib tanishasiz. Bu holat romantik uchrashuvga aylanib ketishi ham mumkin. Ba’zilar kunning ikkinchi yarmida yo lotoreyaga katta pul yutib olishi yoki mo‘may daromadni qo‘lga kiritishi kutiladi. Ayniqsa, reklama bilan shug‘ullanuvchilarning aksariyati shunday daromaddan ayro qolishmaydi. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling va sog‘lig‘ingizni asrang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Buguningiz ancha og‘ir kechishi kutilmoqda. Shunday ekan, atrofdagilar bilan munosabatlarda, professional ishingizni ado etishda bosiqlikka amal qiling. Ba’zilar mehnat ta’tiliga chiqishni mo‘ljallab yurgan bo‘lsa, ish joyidagi yumushlarni to‘liq bajarib qo‘yishlari talab etiladi. Rahbariyat shundagina arizangizga imzo qo‘yishi mumkin. Kechqurun oilasizlarning ba’zilari muhabbat izhori bilan bog‘liq amalni ado etishlari mumkin. Moliyaviy jihatdan sizga yaqin do‘stlar yordam berishi kutilmoqda.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
3 avgust kuni yolg‘onlar, ikkiyuzlamachiliklardan qochishga harakat qiling. Oilasizlar esa sevib qolgan insoniga nisbatan munosabatlarda yanada jo‘shqinroq, muloyimroq bo‘lganlari ma’qul. Bugun olis safarga chiqish va tabiat qo‘ynida dam olish muvaffaqiyatli kechadi. Ammo yirik xaridlarni boshqa kunga qoldiring. Moliyaviy ahvolingiz buguncha havas qiladigan darajada bo‘lmaydi. Kechqurun velosipedda sayr qiling, bu sog‘liqqa koni foyda.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kun davomida asosiy e’tiborni sevimli xobbingiz bilan shug‘ullanishga qarating. Bu sizni ortiqcha tashvish va xavotirlardan himoya etadi. Yoki uy yumushlarini qoyillating, chalg‘iysiz. Qarindoshlar bilan bahs-munozaraga kirishmang, janjal kelib chiqish ehtimoli bor. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Salomatlikni asrang. Mehmonlardan kelgusi taqdiringiz bilan bog‘liq yangilik eshitishingiz mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
3 avgustda ko‘chadami, ishdami, har bir aytadigan so‘zingizni avval mulohaza qilib olishni unutmang. Hamkasblar bilan munosabatlarda ham ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Bugun nikohdan o‘tish, olis safarga otlanish va sayohat qilish omadli o‘tadi. Agar mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, kunni oldindan qiziqarli tarzda tashkillashtirib olishingiz ham mumkin. Kunning ikkinchi yarmida bemor qavmlar bo‘lsa, ularning holidan xabar oling. O‘z sog‘lig‘ingizni ham unutib qo‘ymang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun ishxonada o‘zingiz bilmagan holdami, hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizni namoyish eta boshlaysiz. Bu sizga hamkasblar va rahbariyat qarshisida qo‘shimcha obro‘ hadya etishi tayin. Tadbirkorlar bugun foydali shartnomalarga imzo qo‘ymay turganlari ma’qul. Bugun zararli odatlardan voz kechishi uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Ana shunda salomatligingiz mustahkamlana boshlaganini his etasiz.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
3 avgust kuni ayrimlar qachonlardir o‘zi yonib sevgan inson bilan bir umrga xayrlashishi kutiladi. Balki bu masalada shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yayotgandirsiz? O‘ylang, bunday ishlar kalta o‘ylagan holda amalga oshirilmasligi zarur. Tadbirkorlarga bugun yangi hamkorlar murojaat etishlari mumkin. Sira o‘ylanmasdan rozilik bildirsangiz bo‘ladi. Katta yo‘llarda harakatlanishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Asosiy vaqtingizni oila davrasida o‘tkazishingiz tavsiya etiladi. Begonalar bilan iloji boricha muloqotga kirishmaganingiz ma’qul. Bu tanishuv va muloqotlar bugun sizga foyda keltirmaydi. Kunning ikkinchi yarmida reklama sohasida ter to‘kuvchilar, tijoratchilar orzusidagi daromadni qo‘lga kiritishlari mumkin. Kun davomida qon bosimingizni o‘lchatib yurishni unutmang. Kechqurun oila qurishga ulgurmaganlarni romantik lahzalar kutadi. Bugun sizning kuningiz, olg‘a bosing.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...