21:06 / 03.08.2017
9 155

Munajjimlar bashorati: 4 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 4 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
4 avgust kuni hayot tarzingiz me’yorlarga bo‘ysungan holda davom etishi talab etiladi. Shunda sizning istaklaringiz hech qanday to‘siqlarga ro‘baro‘ bo‘lmasdan amalga oshadi. Moliyaviy ahvolingizdan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Bu masalada shikoyatga o‘rin yo‘q. Jiddiy sabablar yuz ko‘rsatib tursa-da, spirtli ichimliklarning yaqiniga bormang. Muhabbatda artistlarcha yo‘l tuting. Aks holda muvaffaqiyatlar sizni chetlab o‘tishi turgan gap. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar yo‘q joydan janjalga bahona topmasligingizni maslahat berishadi. To‘g‘ri, bugun atrofdagilar bilan til topishishingiz og‘ir kechishi mumkin. Ammo bosiqlik bilan, tafakkurni ishga solgan holda harakatlar sodir etsangiz, barcha muammolar xamirdan qil sug‘urgandek oson bartaraf etiladi. Moliyaviy muammolarni qonunga zid yo‘llar bilan hal etishga urinmang. Bu sizga ko‘ngilsizlikdan bo‘lak hech narsa hadya etmaydi. Sog‘lig‘ingizni juda ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
4 avgustda olis safarga otlanishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Biroq bu ba’zilargagina, aniqrog‘i, mehnat ta’tilida bo‘lganlarga tegishli desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Kun davomida sizni yangi tanishuvlar kutadi. Tanishganlaringizning ba’zilari siz uchun bir umrlik do‘st bo‘lib qolishlari ham mumkin. Agar tilingizga ehtiyot bo‘lsangiz, taqdirning o‘zi sizga kutilmagan yoqimli sovg‘alarni hadya qiladi. Kechqurun yaqin qarindoshlarning muammolarini hal etish bilan band bo‘lishingiz kutiladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun mo‘ljallangan ishlarni tez va sifatli darajada yakunlashga harakat qiling. Ana unda muvaffaqiyatlardan umid qilsangiz yarashadi. Agar ruhan tayyor ekanligingizni qalban his eta qolmasangiz, olis safarga otlanmang. Vujudingizda qaynab turgan shafqatsizlik hissini bir chetga surib qo‘ying. Aslo birovlarga ko‘z-ko‘z qila ko‘rmang. Kechqurun sizni oilangiz bilan birga tanishlardan biri mehmonga taklif etishi mumkin. Asabni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
4 avgust kuni arslon burjining oila qurishga ulgurmagan erkak vakillari notanish davraga tushib qolishi va o‘sha erda bo‘lg‘usi yorini uchratishlari kutiladi. U insonni ko‘rishingiz bilan yuragingizning o‘zi belgi beradi. Bugun jismoniy zo‘riqishlar sizga faqat zarar etkazadi. Tabiat qo‘ynida dam olib qaytish esa aksincha foyda beradi. Salomatlikni tiklash niyatida bo‘lsangiz, uqalash muolajalarini oling, sport gimnastikasi bilan shug‘ullanishni boshlang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun ish joyingizda ham, uyda ham chin ko‘ngildan ishlashingizni maslahat berishmoqda. Mehnatingizning mevasini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, shu maslahatlarga amal qiling. Muhabbatda hazil-mutoyibadan unumli foydalanishingiz tavsiya etiladi. Atrofdagilar bilan munosabatda ham hazil sizga juda asqotadi. Sog‘lig‘ingizni kun bo‘yi nazoratda ushlashdan tiyilmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
4 avgust kunning birinchi yarmida avval salomatligingiz haqida qayg‘uring. Qon bosimingizni tez-tez o‘lchating. Kerak bo‘lsa, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘ting. Asosiysi, o‘zingizni yomon his qila boshlasangiz, buni havoning o‘zgaruvchanligiga yo‘ymang. Ovqatlanish me’yor va tartiblariga qat’iy amal qiling. Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar ko‘zga tashlanadi. Kechqurun yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi. Bu xabar kelgusi taqdiringiz bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ish ko‘p, ammo dam olishga o‘zingizni haqsizdek hisoblaysiz. Bu noto‘g‘ri. Har qanday vaziyatda ham nafas rostlagan holda ish tuting. Bir ishni yakunlamay, keyingisiga o‘tmang. Shaxsiy hayotingizda notinchliklar yuzaga kelishi kutiladi. Juftingiz sizni allakimlarga rashk qilishi shu notinchliklarni keltirib chiqaradi. Lekin siz Yaratgandan bardosh so‘rang-u, sukut saqlang. Sukut orangizdagi kelishmovchiliklarga barham beradi. Kechqurun velosipedda sayr uyushtiring.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
4 avgustda oila qurmagan do‘stlarning ayrimlari muhabbat izhori deb atalmish yoqimli lahzalarga oshno bo‘lishlari mumkin. Ishoning, bu ZAGS bo‘limi tomon tashlanadigan qadamning debochasi hisoblanadi. To‘y kunini belgilayversangiz ham bo‘ladi. Bugun yirik xaridlarni amalga oshirish, uy oldi-sotdisi, mashina ta’miri muvaffaqiyatli kechadi. Moliyaviy masalani faqat o‘z foydangizga hal etish uchun yangi taktika ishlab chiqishingiz zarur bo‘ladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun xizmat safariga bormasligingizni tavsiya etishadi. Bu safar sizga jiddiy ko‘ngilsizliklarnigina taqdim etadi. Sizdan kimlardir qarz olgan, ammo bugun ham ular qarzini qaytarish niyatida emasliklaridan xabar topasiz. Hamkasblar, qarindosh-urug‘lar bilan muloqotda tilga nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun juftingizga ajoyib sovg‘a xarid qiling. Shunda munosabatlaringiz yanada mustahkam tortadi. Salomatligingiz yomonlashmasligini istasangiz, og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang, achchiq, sho‘r egulik va ichimliklardan yiroq bo‘ling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
4 avgust kuni amalga oshiradigan birinchi harakatingiz tavakkalchilikka yon bermaslik bo‘lishi lozim. Tavakkalchilik ishlaringiz unumini yo‘qqa chiqaradi. Atrofdagilar kim bo‘lishidan qat’i nazar maslahatlariga quloq tutmang. Faqat qalbingiz amriga bo‘ysuning. Shunda kun bo‘yi yo lotoreya o‘ynab katta pul yutishingiz, yo kutilmaganda yo‘ldan xuddi shunday katta pul topishingiz mumkin. Salomatlik yaxshi bo‘lishi uchun suzish, nafas mashqlarini bajarishingiz talab qilinadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugungi kuningiz negadir g‘alatomuz kechishi kutilmoqda. Masalan, uydan nimanidir niyat qilib chiqasiz-u, u niyatingiz o‘rniga boshqasi amalga oshadi. Qanday ishni amalga oshirmang, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yishingiz kerak emas. Muhabbatda aldovlar va xiyonatga duch kelishingiz kutiladi. Salomatligingizni nihoyatda ehtiyot qiling.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 4 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..