22:32 / 04.08.2017
9 635

Munajjimlar bashorati: 5 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 5 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
5 avgustda sizga shoshma-shosharlik jiddiy zarar etkazishi mumkin. Ayniqsa, buyumlar xarid qilayotganda, faqat ro‘zg‘or uchun kerakli narsalarnigina tanlang. Bugun tabiat qo‘ynida yolg‘iz dam olish, yolg‘iz qolib xayolot dengizida suzish va yoga bilan shug‘ullanish omadli kechadi. Muhabbatda esa Ollohdan sabr-matonat so‘rang. Sog‘lig‘ingizni asrang, ko‘cha taomlarini iste’mol qilmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Juftingizni duch kelgan odamga rashk qilaverishdan tiyilishingizni yulduzlar tavsiya etadi. Sababi, u sizga rashk qilishingiz uchun hech qanday bahona yaratib bermagan. Ilgarigidek sizga sadoqatli va mehribon. Hamkasblar orasida ham o‘zingizni sipo tutishingiz lozim. Basharti ertalab chap yonbosh bilan turgan bo‘lsangiz, ruhiy holatingizni yaxshilashga harakat qiling. Moliya masalasida omadingiz kuladi. Ham daromadga erishasiz, ham g‘oyibdan pul keladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
5 avgustda birinchi bo‘lib kundalik xarajatlarni xomcho‘t qilib oling. Shunda turli ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida o‘zingiz yaqinda tanishgan bir odam sizga pand berishi kutiladi. Aniqrog‘i, u sizni orqavarotdan g‘iybat qila boshlaganini eshitasiz. Ammo jahl otiga minmang. Xudoga topshirib qo‘ying, o‘zi hisob-kitobini qilib olaveradi. Kechqurun hayotingizda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan bir inson bilan tanishasiz.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar bugun dam olish kuningiz bo‘lsa, yulduzlar ro‘zg‘or ikir-chikirlari bilan shug‘ullanishingizni maslahat berishmoqda. Tushga yaqin sizni tantanali tadbirga taklif etishlari mumkin, albatta boring. Kun davomida o‘zingizga yoqqan kiyimlar xarid qilsangiz ham ziyon qilmasdi. Oilada og‘ir, bosiqlik bilan ish tuting va muloqot qiling. Kechqurun cho‘milish amalini ado eting. Bu sog‘liq uchun koni foyda.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 avgustda o‘zingiz yaxshi tanimaydigan odamlar bilan muloqot qilishdan saqlaning. Garchi tasavvuringizda u odam yaxshi bo‘lsa-da, baribir ehtiyot chorasini ko‘rib qo‘ying. Ovqatlanishda ham ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Xamirli taomlar iste’molidan tiyiling. Oiladagi yoshi ulug‘lar bilan suhbatlashganda, asosan tinglovchi rolini ijro eting.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Oila qurishga ulgurmaganlarning ayrimlari tushga yaqin taqdir yulduzini uchratib tanishishlari mumkin. U insonga ko‘zingiz tushgandayoq kelgusida umr yo‘ldoshiga aylanishi muqarrarligini anglab etasiz. Ha, u siz bir umr orzu qilgan idealning o‘zginasi bo‘lib chiqadi. Ish joyingizda yoqimsiz xabarlar tarqalish ehtimoli bor. Bu shtatlar qisqarishi bilan bog‘liq. Biroq tushkunlikka tushmang. Sizning nomzodingiz qisqartirishga tushganlar orasida yo‘q.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 avgust kuni vujudingiz shu qadar kuch-quvvatga to‘lib-toshadiki, o‘zingiz hayratdan yoqa ushlaysiz. Hatto, o‘zingizning ishlaringizni bitirib bo‘lib, tanishlar, qarindoshlar muammolarini hal etishga ham vaqt topa olasiz. Olis safarga chiqishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, yolg‘iz yo‘lga tushmang. Eng yaqin insoningiz bilan birga yo‘lga chiqing. Kechqurun salomatligingizni bir nazoratdan o‘tkazib olishingizga to‘g‘ri keladi. Surunkali xastalikka uchragan bo‘lsangiz, vrach ko‘rigidan o‘tishingiz shart.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugungi kuningiz muvaffaqiyatli boshlanishini bashorat qilishgan. Eng asosiysi, puldan kamlik ko‘rmaysiz. Pulning o‘zi sizni kun davomida quvlab toliqadi. Hatto, mayda-chuyda ishlarni ham boshqa kunga qoldirmang. Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugundan hech narsa umid qilmasangiz ham bo‘ladi. Sizning muhabbat dunyongizda bugun tanaffus hukm suradi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 avgust kuni kayfiyatingiz negadir yaxshilana qolmay xit qilishi mumkin. Shu sababli ko‘plab muhim ishlar ortga surilishi kutiladi. Musiqa, suratkashlik, rassomlik, muharrirlik kabilar bilan shug‘ullanadiganlar bugun albatta muvaffaqiyatga erishishadi. Kunning ikkinchi yarmida serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda hushyor bo‘ling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Kechqurun yaqin do‘stingiz sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yish ehtimoli ham yo‘q emas.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugungi kuningiz har jihatdan xayrli va quvnoq kechadi. Hamkasblarning mehri, e’tibori sizni qushdek yengil torttiradi. Shaxsiy hayotingizda esa, juftingiz bilan kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Ammo xavotirga o‘rin yo‘q. Er-xotinning urushi doka ro‘mol qurishi bilan barham topadi. Bugun yirik xaridlarga o‘rin bermang. Salomatligingiz pand bera boshlashi mumkin. Oshqozoningiz yoki boshingizda jiddiy muammo ko‘zga tashlanish ehtimoli bor. Albatta vrach nazoratidan o‘ting.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 avgust kuni sizga ko‘nglingiz tusagan harakatlarni sodir etish qat’iyan taqiqlanadi. Oilada yaqin insoningiz bilan ehtiyotkorona muloqot qiling. Tanqid qilishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang, baloga qolasiz. Pul masalasida nihoyatda tejamkor bo‘ling, aks holda kissangiz qurib, og‘ir ahvolga tushib qolishingiz mumkin. Salomatligingiz bugun pand bermaydi, ammo quyosh tig‘ida ko‘p yurishdan baribir tiyilishingiz kerak.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugungi kuningiz iliq va sokin o‘tishini bashorat qilishgan. Iliq deganda, ob-havo nazarda tutilmagan. Atrofdagilar bilan munosabatlaringizga ishora qilingan. Madaniy tadbirlar tashkil etish, tomorqada ishlash va tabiat qo‘ynida dam olish bugun omadli kechadi. Kechqurun esa uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..