08:37 / 05.08.2017
8 543

Ish kuni so‘nggida oyoqlar nima uchun bo‘rtadi va unga qarshi chora nima?

Ish kuni so‘nggida oyoqlar nima uchun bo‘rtadi va unga qarshi chora nima?
Oyoqning shishishi nafaqat noqulay va yoqimsiz. Bu ba’zan sog‘liq bilan hammasi ham joyida emasligini anglatishi mumkin.

Oyoqlar hajmi o‘zgarishining birinchi sababi — bu tanada suv to‘planishi oqibatida paydo bo‘ladigan shishishdir. Ba’zan, hatto tovon va tizzalardan tashqari yuz va qo‘llar ham shishadi.

Agarda bu uzoq parvoz, bir necha soat tik oyoqda turish, hayz vaqtida kuzatilib, keyin yo‘qolsa xavotirli joyi yo‘q.

Ammo, oyoqlar har kechasi bo‘rtsa yoki yuz ertalab shishsa, bunda quyidagi kasalliklar alomatlari bo‘lishi ehtimol.

Oyoq bo‘rtishining sabablari

Jarohat
Ehtimol, siz bo‘g‘inga zarar etkazib, payni cho‘zib olganingiz sababli oyoq shishgan bo‘lishi mumkin. Bunda qon tomirlari zararlanishi ham og‘riq joyi bo‘rtishiga olib keladi. Shunday ekan, yaxshisi shifokorga uchrashing.

Homiladorlik
Homilador ayollarda oyoq shishishi, ayniqsa oxirgi oylarda ko‘p kuzatiladi. Agar ular unchalik ham sezilarli bo‘lmasa, qo‘rqinchli emas. Ammo oyoqlar holati shifokor nazoratida bo‘lgani yaxshi. Agar bunga bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, nafas qisishi ham qo‘shilsa, tashvishlanish kerak. Bu qon bosimi oshgani va homiladorlarga xavfli bo‘lgan preeklampsiyadan darak berayotgan bo‘lishi mumkin.

Limfostaz
Ba’zan tanadagi ortiqcha suv chiqib ketmaydi, chunki inson tanasini tozalashi kerak bo‘lgan limfa tizimi etarli darajada ishlamaydi. Limfa tomirlari yoki tizimi qandaydir sabab bilan ishlamasa shu kabi muammolar paydo bo‘ladi. Bu holat jiddiy kasalliklar, saratonni davolash va semizlikda kuzatiladi. Oyoq bo‘rtishini kamaytiradigan maxsus davolash kurslari va kompress qilish kerak bo‘ladi.

Surunkali venoz etishmasligi
Kislorodni to‘qimalarga etkazgan qon vena tomirlari orqali yurakka qaytadi. U bir tomonlama klapanlar yordamida ortga qaytadi. Klapanlar, aytaylik, yosh bilan bog‘liq ravishda yaxshi ishlamasa qon oyoqlarda to‘planishi mumkin.

Yurak etishmovchiligi
Bunda yurak o‘z vazifasini etarli darajada bajara olmaydi va qonni zarur kuch bilan torta olmaydi. Shu sababli qon, ayniqsa, oyoqlarda to‘planib qoladi. Boshqa simptomlar: yurakning tez-tez urushi, jismoniy yuklanishda hansirash (masalan, zinapoyadan chiqishda), doimiy charchoq.

Buyrak kasalliklari
Buyraklar qonni tozalab, undagi zararli chiqindilarni ajratadi. Agar buyrak vazifasini bajara olmay qolsa, ortiqcha suv tanada ushlanib qoladi va pastda to‘planadi. Ertalablari yuzning bo‘rtishi va ko‘z pastida shishlar paydo bo‘lishi ham buyrak kasalligidan darak beradi.

Jigar kasalligi
Agar siz sariq kasalligi bilan xastalangan bo‘lsangiz yoki tez-tez alkogol iste’mol qilsangiz, jigar to‘qimalari o‘la boshlaydi. Ularning o‘rnini birlashtiruvchi to‘qima egallaydi. U esa jigarning asosiy vazifasi bo‘lgan filtrlashni uddalay olmaydi. Ya’ni, suyuqlik to‘plana boshlaydiva oyoq va qorin sohasida bo‘rtishlar ko‘zga tashlanadi.

Xo‘sh, bu shishlarga qarshi nima qilish kerak?
Birinchi navbatda uning sababini aniqlab olish zarur. Buning uchun shifokorga uchrash lozim. Uning tashxisidan so‘ng, sababni, ya’ni kasallikni davolash talab etiladi. Davolash davomida esa o‘zingizga ko‘mak bersangiz bo‘ladi. Dam oling, tin oling. Buning uchun oyoqni tepaga qilish maqsadga muvofiq. Kompress qiluvchi paypoqlarni kiyib, bo‘rtgan joylarga muz qo‘ying. Bu shishlarni qaytarishga yordam beradi.

Sayr qilish tezligida piyoda yuring. Ish kuni davomida ko‘p o‘tirsangiz yoki tursangiz harakatlanish ham shishlarni ketkazadi. Doimiy sayrlar yana ham yaxshiroq natija beradi. Suyuqlik haydovchi (shifokor malhamni belgulaguncha) mahsulotlarni tanovul qiling. Suli yormasi, banan, bodom, brokkoli va lavlagini ko‘proq iste’mol qilish yordam beradi.

Shishlar qachon xavfli?
Oyoqlar shishib, qiynalib nafas olsangiz va ko‘krak sohasida og‘riq sezsangiz, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qiling. Bundan tashqari, bo‘rtgan joyni bosib qo‘yib yuborgach, chuqurcha qolsa, teri yorilib ketadigandek ko‘rinsa ham tashvishlanish uchun asos bo‘ladi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish kuni so‘nggida oyoqlar nima uchun bo‘rtadi va unga qarshi chora nima?