QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
6 avgust kuni ertalabdayoq oilangizda negadir vaziyat keskinlasha boshlaganini his etasiz. Bu qondoshlarning bir-birini qaysidir masalada tushuna olmasligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Ammo siz aralashmang. Aralashsangiz, achchiq-tirsiqlar rosmana janjalga aylanib ketishi hech gap emas. Bundan ko‘ra pul topish, cho‘ntakni qappaytirish payida bo‘ling. Chunki bu yorug‘ dunyoda pulingiz bo‘lmasa hech kimsiz. Bugun sportning har qanday turi bilan shug‘ullansangiz ham xayrli kechadi. Salomatligingizni ehtiyotlang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun anchadan beri qo‘lingiz tegmagan ishlarni ado eta boshlashingiz lozimligini uqtirishmoqda. Qolaversa, bugun dam olish kuni bo‘lgani bois shaxsiy hayotingizdagi azaliy orzularingizni haqiqatga aylantirishingiz mumkin. Muhabbatda o‘ta talabchanlik tavsiya etiladi. Salomatlikni esa alohida nazoratga oling. Organizmingizda sodir bo‘layotgan har bir o‘zgarishga jiddiy e’tibor bering. Tijoratchilar kechqurunga yaqin mijozlarning ko‘nglini olish harakatiga tushmasalar, daromadning hammasini raqobatchilar ilib ketishi tayin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
6 avgust kuni tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar hamkorlarga nisbatan munosabatlarni yanada iliqlashtirishlari talab etiladi. Aks holda bu hamkorlik uzoq davom etmasligi mumkin. Tavakkalchilik bugun moliyaviy inqirozga olib keladi. Shuning uchun qanday ishga qo‘l urmang, aqlni ishlating, qalbingizga quloq tuting. Qarindoshlar bilan munosabatda ham muloyim bo‘lishingiz shart. Juda til topisha olmayotgan bo‘lsangiz, yolg‘iz qoling. Vaqt barcha nifoqlarni bartaraf etadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kimlardir anchadan beri ichki sirlaringizni qanday bo‘lmasin aniqlash harakatida yuribdi. Ularni tutish uchun partizanga aylanishingiz lozim. Yoki umuman e’tibor bermang-da, bundan keyin duch kelganga sir aytib ketavermaydigan bo‘ling. Salomatligingiz pand berishi kutilmoqda. Chamasi oshqozon va allergiya sizni bezovta qila boshlashi mumkin. Darhol chorasini ko‘ring. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
6 avgust kuni hayotingizda tanaffus e’lon qiling. Bugun shundoq ham dam olish kuni. Bunga qo‘shimcha muammolarni xayolga yaqin keltirmang va iloj topsangiz, toqqa chiqib keting. Bu sizga rostakamiga ma’naviy boylik hadya etadi, salomatligingiz ham tiklanadi. Sevimli xobbingizga qayta murojaat etsangiz ham ziyon qilmaydi. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling. G‘iybat va hasadning ko‘chasidan nariroq bo‘ling. Agar sizni g‘iybat qilishayotganini sezib qolsangiz ham e’tibor qilmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun oshig‘ingiz olchi kelishini bashorat qilishgan. Ham daromad, ham qarzdorlar qarzini qaytarishi nafaqat cho‘ntak, balki katta katmoningizni ham pulga to‘ldiradi inshoolloh. Muhabbatda stress holatlarini boshdan kechirishingiz mumkin. Juftingiz bilan mayda-chuyda gap-so‘zlarni talashishga zeb bermasangiz, stress ham sizdan uzoqroq bo‘ladi. Asabiylik, g‘azabnoklik oqibatda salomatligingizga putur etkazadi. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatligini qat’iy nazoratda ushlashlari zarur.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
6 avgustda sizni tashvishga soladigan yagona hodisa oila a’zolaringizdan biri bilan janjallashishingiz hisoblanadi. Bunday lahzalarda qanday yo‘l tutishni bilasiz. Asosiysi, his-tuyg‘ularni jilovlang, shuning o‘zi kutilayotgan ko‘ngilsizliklarga barham beradi. Serqatnov yo‘llarda sergaklikni qo‘ldan bermang. Ayniqsa, shaxsiy avtomobilingizda biror yoqqa ketayotgan bo‘lsangiz, juda hushyor turing. Salomatligingizdan xudo xohlasa bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Atrofdagilar, qo‘shnilar, tanish-u do‘stlar bilan muloqotda diplomatlarcha yo‘l tuting, zarar ko‘rmaysiz. Xudo ko‘rsatmasin, bugun kim bilandir janjallashib qolsangiz, ajrini uzoq vaqt to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Ishlaringiz juda sekinlik bilan amalga oshishi kutiladi. Shunday ekan, xudodan sabr so‘ragan holda harakatlar sodir eting. Bugun katta miqdordagi pulni xuddi shunday katta ishlarga tikish omadli kechadi. Kechqurun sizni qo‘shnilardan biri mehmonga taklif etishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
6 avgust kuni o‘tgan oydagi muammolar yana yuz ko‘rsatishlari kutiladi. Bu ham moddiy, ham shaxsiy masalada bo‘lishi mumkin. Yaqindagina bo‘lg‘usi jufti bilan tanishganlar sevgilisining ilgarigidan-da kuchliroq mehriga sazovor bo‘lishadi. Kechki payt do‘kon aylanib suyukli insoningiz uchun yoqimli sovg‘a xarid qiling. Kechqurun avval toza havoda sayr qilib, keyin sport bilan shug‘ullansangiz, kam bo‘lmaysiz. Ammo sog‘liqni ham esdan chiqarib qo‘ymang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalab uyqudan uyg‘oning-u, oila a’zolaringizga mehr va e’tibor ko‘rsata boshlang. Ishoning, bu sizga koni foyda keltiradi. Juftingiz bilan ham shunday mehr, muhabbat iskanjasida qolgan holda muloqot qiling. Bu ko‘ngillarni bir-biriga yanada yaqinlashtirish uchun qo‘l keladi. Tijoratchilar kechqurunga yaqin pul masalasida mushkulotlarga ro‘baro‘ kelishlari mumkin. Bu muammoni sheriklar yordamida hal etsangiz ham bo‘ladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
6 avgust kunning birinchi yarmida oilaviy bo‘ladimi, ishga taalluqlimi, muammo paydo bo‘ldi deguncha tezroq bartaraf etish payida bo‘ling. Bu ishni zinhor boshqa kunga qoldirmang. Juftingiz bilan muloqotda vaziyatni bir tekisda ushlashga harakat qiling. Moliyaviy muammolar bugun sizni bezovta qilmaydi. Kechqurun mo‘may daromadga ega bo‘lasiz inshoolloh. Ammo sizdan qachonlardir qarz olganlarga yana bir bor qarzlari haqida eslatib qo‘yishni unutmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligingiz tavsiya etiladi. Yo‘qsa, katta yo‘qotishlarga yuz tutasiz. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar mijozlarga nisbatan yanada muloyimroq bo‘lishlari zarur. Yolg‘izlarning ayrimlari bugun kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuv va romantik lahzalarga oshno bo‘lishadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni aslo esdan chiqarmang.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»