21:15 / 08.08.2017
10 151

Munajjimlar bashorati: 9 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 9 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun siz faqat aqliy mehnat bilan shug‘ullanishingiz kerak. Jismoniy mehnat sizga faqat ziyon etkazadi. Oila a’zolaringiz bilan munosabatlaringiz juda yaxshi saqlanadi. Demak, ular bilan birga sayohatga otlansangiz ham bo‘laveradi. Kechqurunga borib organizmingiz kuchli charchoqni his eta boshlashi mumkin. Shuning uchun asosiy e’tiborni dam olishga qarating. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, kun davomida juda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari bilan cheklaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
9 avgust kuni o‘tgan haftada rejalashtirgan ishlarni shoshilmagan holda amalga oshira boshlasangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Agar mas’uliyatni yaxshi his eta olsangiz, ishlaringiz baroridan kelishi tayin. Moliyaviy ahvolingiz kechga qadar yaxshilanadi. Kechqurun sizni oilaviy mojarolar kutadi. Shuning uchun madaniy dam olish masalasini boshqa kunga qoldirib turganingiz ma’qul. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
9 avgust kuni ertalab yaqinlaringiz bilan orangizda mayda-chuyda bahslar yuzaga kelishi mumkin. Bunda sizning aybingiz kamroq. Shunga qaramay, masalani tinchlik yo‘li bilan hal qilishga urinib ko‘ravering. Kerak bo‘lsa, yon bering. Moliyaviy muammolar ham bugun janjalli vaziyatlarda hal etiladi. Salomatlikka alohida e’tibor qarating. Yaxshisi, vrach ko‘rigidan o‘ting, erinmang. Kechqurun juftingizni olib biror kafeda ovqatlansangiz ham ortiqchalik qilmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ovqatlanish me’yori va rejimiga amal qiling. Basharti oshqozoningizda surunkali xastalik mavjud bo‘lsa, rejim siz uchun juda asqotadi. Ishda qancha faol bo‘lsangiz, daromad shuncha mo‘may bo‘ladi. Bugun hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizni namoyish etish ham sizga faqat foyda keltiradi. Muhabbatda oilasizlar bo‘lg‘usi baxti uchun rostakamiga kurashishi talab etiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
9 avgust kuni arslon burji vakillarining ishi boshidan oshishi kutilmoqda. Mabodo bugunga uy yumushlarini rejalashtirgan bo‘lsangiz, ish joyingizdagi rahbardan ruxsat oling-u, uy yumushlarini qoyillating. Kun davomida oilangizda ajoyib bir bayram nishonlanishi mumkin. Shu sababli oldindan sovg‘a-salomning tadorigini ko‘rib qo‘yavering. Kunning ikkinchi yarmida yaqin bir manzilga safar uyushtirishingiz kutiladi. Bugun tabiat qo‘ynida dam olib kelish ham sira zarar qilmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Ishxonada sizdan o‘ta faollik talab etiladi. Shundagina nafaqat mukofot, balki rahbariyat olqishini ham qo‘lga kiritasiz. Rahbaringiz sizga juda muhim vazifani ishonib topshirish mumkin. Kechga qadar uddalashga harakat qiling. Bugun hujjatlarni rasmiylashtirish, olis safar uchun chipta xarid qilish va yangi tanishuvlar muvaffaqiyatli o‘tadi. Kechqurun do‘stlardan birinikiga mehmonga borishingiz mumkin. Salomatligingizga putur etkazib qo‘ymang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
9 avgust kuni asosiy e’tiboringiz moliyaviy muammolarni bartaraf etishga qaratiladi. Ko‘p bor urinasiz, lekin bu muammo baribir kechga yaqin hal bo‘ladi. Ammo bu ham qavmlar yordamisiz yakun topmaydi. Xususiy mulkni sotish, yangi uy sotib olish bugun muvaffaqiyat keltiradi. Oilasizlar bugun sodir bo‘ladigan yangi tanishuvni o‘tkazib yubormasliklari kerak. Bu oila qurish masalasi bilan bog‘liq tanishuv hisoblanadi. Asosiysi, o‘zingizga qattiq ishoning. Qolganini xudo o‘nglaydi insholloh.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun qaysar fe’lingizni chetga suring va shinavanda bir odamga aylaning. Atrofdagilar bilan shunday suhbatlar quringki, odamlar sizning ochiq ko‘ngilliligingizni ko‘rib hayratdan yoqa ushlasin. Agar kimlardir ortiqcha vazndan qiynalib yurgan bo‘lsa, bugun dietolog bilan shu xususda maslahatlashishga bel bog‘lasalar bo‘ladi. Kechqurun qon bosimi sakrashi va shamollashdan azoblanishingiz kutiladi. Vrachga uchrashishni unutmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
9 avgust kuni bor kuch va imkoniyatlarni ishga solib qalashib yotgan ishlarni uddalashingiz zarur. Sizga tanish-u hamkasblar ham yordam qo‘llarini cho‘zish uchun tayyor turishibdi. Moliyaviy masalada ham sizga omad kulib boqadi. Kechqurun qachonlardir sizdan qarz olgan odam qarzini qaytaradi. Kimdir serdaromad ishda hamkorlikni ham taklif etadi. Albatta rozi bo‘ling. Bunday imkoniyat har kuni ham bo‘lavermaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun erta tongda boshqa bir shaharga safar qilishingiz kutilmoqda. Yo‘llarda juda ehtiyot bo‘ling. Tadbirkor bo‘lishni orzulaganlar hujjatlar tayyor bo‘lsa, harakatni bugunoq boshlasinlar, albatta omadga erishishadi. Shaxsiy hayotda faollik bo‘yicha barcha yaqinlaringizga o‘rnak ko‘rsatingki, ular qarshisidagi hurmat-izzatingiz yana bir necha pog‘ona yuqoriga ko‘tarilsin. Kechqurun sog‘lig‘ingizni asrang, ovqatlanishda sergaklik qiling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, har bir qadamni o‘ylab bosing.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
9 avgust kuni tijoratchilarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Siz hali tushlik vaqti etmay turib daromad ko‘rib ulgurasiz. Lekin tejamkorlikka ham amal qiling. Esda tuting, bir paytlar oltinlari oshib-toshgan sulton Musa ham boyliklarini tejab-tergab ishlatgan. Hali oila qurmaganlar tushdan keyin ajoyib bir inson bilan tanishishlari kutiladi. Harakat qilsangiz, shu inson kelajakdagi baxtingizga aylanishi ham mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun yulduzlar kuningiz unumli kechishini bashorat qilishgan. Agar sal bo‘shashsangiz, tushdan keyin sodir bo‘ladigan yangi tanishuvlardan quruq qolishingiz mumkin. Bu tanishuvlar shaxsiy hayotingizda muhim rol o‘ynashini unutmang. Kun davomida professional kasbingiz bilan bog‘liq yoqimli xabarlar eshitasiz. Juftingiz bilan munosabatlaringiz ajoyib ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo kunning ikkinchi yarmida jarohat olishingiz, qattiq asabiylashishingiz xavfi bor, ehtiyot bo‘ling!


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 9 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..