11 891
Munajjimlar bashorati: 13 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Siz ilgari nimani rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu harakatlarni albatta sodir etishingiz kerak. Agar shu ishni amalga oshirmasangiz, kuningiz mazmunli va unumli kechishiga kafolat yo‘q deb hisoblash mumkin. Moddiy masalada jiddiy to‘siqlarga duch kelishingiz kutiladi. Shuning uchun yoningizdagi pullarni tejab ishlatishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun ba’zi qarindoshlaringiz sizning ma’naviy ko‘magingizga muhtoj ekanidan xabar topasiz. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar 13 avgust kuni o‘zingiz qattiq ishongan do‘stlaringizdan biri sizga qarshi harakatlar sodir etishi mumkinligini bashorat qilishgan. Bu sizga maktab bo‘ladi va kelgusida duch kelgan odamga ishonib ketavermaydigan bo‘lasiz inshoolloh. Ishda ham hamkasblarning maslahatlariga sergaklik bilan amal qiling. Kechqurun mabodo safarga otlanadigan bo‘lsangiz, yolg‘iz yo‘lga chiqmang. Kechqurun toza havodan ko‘proq nafas oling. Sog‘lig‘ingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kunning birinchi yarmidayoq pul muammosini hal etib qo‘yishingiz kerak. Boshqa ishlarni keyin amalga oshira boshlasangiz bo‘ladi. Sizdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib qolishni mo‘ljallaganlarga sira sir boy bermang. Kechqurun sizni yangi tanishuvlar kutadi. Bu lahzalar sizga bir dunyo iliq taassurot hadya etadi. Faqat bugun olis safarga chiqishni rejalashtirmang, bu sizga omadsizlik keltiradi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Asosiy ishlarga tushdan keyingina qo‘l uring. Chunki ertalab kayfiyatingiz va jismoniy imkoniyatlaringiz talab darajasida bo‘lmaydi. Organizmingizni bekorga zo‘riqtirganingiz qoladi. Juftingiz bugun o‘zining hali sizga umuman ma’lum bo‘lmagan qaysarliklari va injiqliklarini namoyish etadi. Bunga faqat hazil orqali barham berishingiz mumkin. Ba’zilar kunning ikkinchi yarmida bosh va tish og‘rig‘iga duch kelishlari kutiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
13 avgust kuni o‘zingiz qolib yaqinlaringiz muammolarini ijobiy hal etish bilan ovora bo‘lishingiz ehtimoli bor. Basharti moddiy masalada omadsizlikka uchrasangiz, siz ham o‘sha yaqinlaringizga yordam so‘rab murojaat eting. Ish joyida hamkasblardan biri bilan muhabbat romanini boshlagan do‘stlar esa asabiy va o‘ta yoqimsiz vaziyatlarga tushib qolishlari mumkin. Afsuski, siz shunday bo‘lishini bilgansiz. Demak, chidashga majbursiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Parizod burjining oila qurishga ulgurmagan vakillari bugun kunning birinchi yarmida romantik tanishuv lahzalarini boshdan kechirishi kutiladi. Ishda ko‘zlangan maqsadga etish uchun ish yuritish prinsiplaringizni o‘zgartirishingiz talab etiladi. Salomatlikka kelsak, yuragingizda jiddiy muammo paydo bo‘lish ehtimoli bor. Zudlik bilan vrachga uchrashib kerakli muolajalarni olmasangiz bo‘lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling, bu ham yurak faoliyati yaxshi saqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
13 avgustda o‘ta agressiv kayfiyatda uyqudan uyg‘onishingiz mumkin. Bunday vaziyatlarda yaqinlaringizdan nariroq bo‘lishingiz kerak. Aks holda bilib-bilmay ular ko‘ngliga ozor etkazib qo‘yishingiz hech gap emas. Zahiradagi pulingizni nihoyatda ehtiyot qiling. Duch kelgan odamga qarz beravermang. Buning oqibatida faqat o‘zingiz zarar ko‘rishingiz turgan gap. Qarz olganlar hayotda aytilgan muddatda qarzini qaytarishmaydi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun pul topishda oson yo‘l yo‘qligini ma’lum qiladi. Shundan kelib chiqib har bir amalga oshirilajak ishni puxta reja asosida sira shoshilmasdan bitirishga urining. Arzimagan xato ham ishning pachavasini chiqarishi hech gap emas. Oilaviy hayotda sizni bir olam kutilmagan sovg‘alar, yoqimli lahzalar kutadi. Bugun tashqi ko‘rinishingizni tartibga keltirish va o‘tganlar haqiga duolar qilish xayrli va muvaffaqiyatli kechadi. Ayollar, qizlar bugun kosmetolog qabulida bo‘lib qaytsalar ham ziyon qilmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
13 avgust kuni o‘zingizga ishonib ish ko‘rishdan tiyiling. Sizga bugun o‘zgalar maslahati va ko‘magi zarur. Negaki, qalbingiz sukutga tolgan. Bugun uyg‘onish-uyg‘onmasligini xudoning o‘zi biladi. Hatto moliya masalasida ham tanishlar, do‘stlar, hamkasblarga iltimos bilan murojaat etavering. Tadbirkorlar kechga yaqin yangi sheriklar topishga muvaffaq bo‘lishadi. Nihoyat nasib etsa ishlaringiz shu sheriklar qadami yengil kelishi tufayli oldinga siljiydigan bo‘ldi. Kechqurun olis safarga otlanishingiz ehtimoli bor.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun dam olish kuningiz. Shunday ekan, bu kunni qanday o‘tkazish haqida bosh qotirishingiz tayin. Afsuski, sizga dam olish mumkin emas. Pul topish qayg‘usi izn bera qolmaydi. Bir jihatdan shunisi ham ma’qul. Tirik inson doimo harakatda bo‘lishi lozim. 13 avgust iqtisodchi, siyosatchi va jurnalistlar uchun omadli kechishi kutilmoqda. Kechqurun asosiy vaqtingizni juftingiz va farzandlar bilan muloqotlar qilish uchun sarflang. Salomatligingizni nazoratda ushlash ham esingizdan chiqmasin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
13 avgust kuni shaxsiy muammolar deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Oilada ba’zi achchiq-tirsiqlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Lekin bu ham uzoqqa cho‘zilmaydi. Moliyaviy masalada esa omadingiz chopadi. Qancha daromad ko‘rishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, shu reja to‘liqligicha amalga oshadi. Agar kechki paytga yaqin o‘zingizni yaxshi his etmayotganingiz sezilsa, darhol vrachga murojaat eting. Bu masalada o‘zgalar maslahatiga zinhor quloq tutmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Tadbirkorlar bugun yangi tanishuvlar va kelishuvlarni boshdan kechirishadi. Faqat ishlaringiz bilan ovora bo‘lib oiladagilarga bergan qaysidir va’dangizni unutib qo‘ymasangiz bas. Bugun boshqa uyga ko‘chish, ro‘zg‘or uchun yangi jihozlar xarid qilish, avtomobilni ta’mirdan chiqarish muvaffaqiyatli o‘tadi. Muhabbatda ham kuningiz tug‘adi. Sizni to kechga qadar suyuklingizning erkalashlari va mehri tark etmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar