23:05 / 13.08.2017
9 788

Munajjimlar bashorati: 14 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 14 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun shu qadar cheksiz qudratga egasizki, har qanday murakkab vazifani ham xamirdan qil sug‘urgandek ado eta olasiz. Ishda esa mavqeingizni oshirish payida bo‘ling. Istasangiz, hozirgisidan yaxshiroq ish izlasangiz ham bo‘ladi. Kun davomida yangi uy sotib olishingiz yoki boshqa manzilga ko‘chib o‘tishingiz kutiladi. Salomatlikka loqaydlik bilan munosabatda bo‘lmasligingiz tavsiya etiladi. Kechqurun toza havodan to‘yguncha nafas oling. Xamirli ovqatlar emang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
14 avgust kuni omadingiz keladi. Sizning rejalaringiz juftingiz rejasi bilan mos keladi va bu orangizdagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydi inshoolloh. Ish joyingizda hamkasblardan biri g‘iybatingizni qilishi yoki sizga nisbatan yomonlik qilish harakatida bo‘lishi kutiladi. Moliyaviy masalada birovlarning yordamini kutib ovora bo‘lmang. Baribir hech kim yordam bermaydi. Kechqurun keksayib qolgan bo‘lishsa, ota-onangiz holidan albatta xabar oling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
14 avgustda eng avvalo dam olish rejimingizni, ovqatlanish me’yorlaringizni nazorat ostiga oling. Sportzalga borib bir necha soat sport bilan shug‘ullansangiz ham ziyon qilmaydi. Muhabbatda o‘ta so‘zamol va artistlar kabi xush muomala bo‘lsangiz, baxtingizga hech kim to‘g‘anoq bo‘la olmaydi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Kechqurun yaqinlaringiz bilan muloqot qilib vaqt o‘tkazing.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar zudlik bilan sog‘lom turmush tarziga o‘tishingiz va qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topishingizni maslahat berishmoqda. Oilangizda ko‘ngilsizliklar yuzaga kelish xavfi bor. Qo‘l qovushtirib o‘tirishdan tiyiling. Agar qisqa fursatda zararli odatlarni yo‘q qila olsangiz, ko‘ngilsizliklar sizni chetlab o‘tishi tayin. Kun davomida cho‘milishga borib kelsangiz ham salomatligingizga salomatlik qo‘shadi. Kechqurun ertaroq uxlashga yotishingiz tavsiya qilinadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
14 avgust kuni yaqin o‘tmish xayollaringizni o‘z domiga ma’lum muddatga tortib ketishi kutiladi. Qalbingizni o‘tmishdagi yovvoyi muhabbat olovi kuydirib o‘tganini his etasiz. Lekin bu uzoq cho‘zilmaydi. Kun bo‘yi katta miqdorda pul yo‘qotishingiz mumkin. Ammo tashvishlanmang, pullaringiz eng muhim ehtiyojlar uchun sarflanadi. Bugun kim bilan bo‘lishidan qat’i nazar bahslashish, janjallashish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Salomatligingizni tashqi xavflardan himoya qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar faqat anchadan beri birga ishlagan, bir havodan nafas olgan, sinalgan odamlargagina sirlaringizni ravo ko‘rishingizni tavsiya etishadi. Boshqalar siringizdan voqif bo‘lsa, poyingizga bolta urish harakatiga tushishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida bel qismingizda kuchli og‘riq tuyishingiz ehtimoli bor. Darhol vrach qabuliga shoshilishingiz kerak. Asosiysi, o‘zingizcha tabiblik qilmang va jismoniy zo‘riqish keltiruvchi yumushlar bilan shug‘ullanmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
14 avgust kuni juda og‘ir ishlar kutadi. Shu sababli siz bu yukni ko‘tarishga o‘zingizni ertalabdayoq har jihatdan tayyorlab olishingiz shart. Shaxsiy hayotni vaqtinchaga nari sura turing. Bor e’tiborni professional kasbingiz bilan bog‘liq harakatlar sodir etishga qarating. Kechki payt xizmat safariga jo‘nashingiz kutiladi. Bu safar sizga nafaqat bir umr yodda qoluvchi onlarni, balki mo‘may daromadni ham hadya etadi. Kechqurun hozircha shaxsi noma’lum odamdan yoqimli xabar eshitasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Agar erta turib astoydil Yaratgandan so‘rasangiz, kuningiz har taraflama unumli va yoqimli kechadi. Mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, tabiat qo‘ynida dam olib qayting. Muhabbatda oilasizlar tanlagan insoni bilan o‘ta nozik masalada bahslashib qolishi mumkin. Moddiy jihatdan bugun qaddingizni yanada tiklab olish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keladi. Ammo pulni o‘zgalar yordami emas, qalbingiz amriga bo‘ysungan holdagina topasiz. Kechqurun uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
14 avgustda ham moddiy, ham ro‘zg‘or bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biriga zudlik bilan yaqindan yordam ko‘rsatishingizga to‘g‘ri keladi. Yaqin kishingiz sizni tanqid ostiga olish ehtimoli bor. Bu oilasizlarga taalluqli. Agar ko‘nglingiz g‘ash tortsa, tanlaganingiz bilan ma’lum muddatga uchrashmay turing. Vaqt barcha dardlarga davo. Agar kechqurunga borib shamollash alomatlari sezila boshlasa, darhol chorasini ko‘ring. Kun davomida g‘iybatchi va ikkiyuzlamachilardan nariroq yuring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Juftingiz bilan orangizda ba’zi kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Bunday vaziyatlarda tuyg‘ularga emas, aql va tafakkurga suyanishingiz lozim. Tadbirkorlar bugun safar va majlisbozliklarni boshdan kechirishadi. Foydali shartnomalarga imzo qo‘yish ham qatordan qolmaydi. Kechqurun asosan sog‘liqqa e’tibor qarating. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda nihoyatda hushyor bo‘ling. Jarohat olishingiz xavfi sezilmoqda.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
14 avgustda sira ikkilanmasdan organizmingizni turli zararli ta’sirlardan tozalash harakatini boshlang. Zarurat tug‘ilsa, tibbiy ko‘rikdan o‘ting. Davolaning, ruhan poklaning. Yaratgan egamdan so‘rang, u albatta bandasiga mehrini ko‘rsatadi. Moliyaviy sohada omad qushi elkamda deyavering. O‘zingiz ishlab qo‘lga kiritgan pullardan tashqari, qarzdorlar ham qarzlarini qo‘lingizga tutqazishadi. Kechqurun velosipedda sayr qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun kuch sarflashni emas, balki yig‘ishni maslahat berishadi. Bu kuchlar sizga yaqin fursatda yangi ishni do‘ndirishingizda juda asqotadi. Oilasizlarga bugun muhabbat bobida omad kulib boqadi. Ularning ayrimlari o‘z muhabbatini, kelajak baxtini topadi.
Ish joyingizda rahbarlar sizni olqishlashga, mukofotlar bilan siylashga tayyor turganini unutmang. Ro‘zg‘ordagi jiddiy muammolarni faqat mutaxassis ko‘magidagina bartaraf etasiz.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 14 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..