21:26 / 14.08.2017
9 307

Munajjimlar bashorati: 15 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 15 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Erta tongdayoq yo‘lingizga niyati buzuqlardan biri to‘siq qo‘yishga harakat qilib ko‘radi. Siz har qanday yo‘l bilan uning niyatini yo‘qqa chiqarishingiz kerak. Kun siz uchun yaxshi yoki yomon o‘tishi xuddi o‘sha kimsa bilan bog‘liq. Xayolparastlikka berilmay, amaliy ishga o‘tsangiz, muhabbatda albatta omadingiz chopadi. Kun davomida salomatligingizni qat’iy ravishda nazoratga oling va tez-tez qon bosimingizni o‘lchatib turishni unutmang. Kechqurun vaqtingizni farzandlar va yaqin insoningizga bag‘ishlang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 avgust kuni kayfiyatingiz yaxshiligiga qaramay, negadir dam olishni ixtiyor etaverasiz. Bu lohaslik o‘tkinchi, balki mehnat ta’tilidan chiqqan bo‘lsangiz, o‘rganib qolgan bo‘lishingiz mumkin. Faol bo‘lishingiz shart. Qarzlaringiz ko‘payib qolgan bo‘lsa ajab emas. Ularni egalariga qaytarish uchun mehnat qilishingizga, ancha-muncha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Qarindoshlar kun bo‘yi sizdan yordam so‘rashlari kutiladi. Asablarni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Sizni kim bo‘lishidan qat’i nazar aldovli, shubhali ko‘chalarga boshlasa, darhol ortga chekining. Xaridlarni amalga oshirishga bel bog‘lagan bo‘lsangiz, mahsulotlarni sinchiklab tekshiring, yaroqlilik muddatiga albatta nazar soling. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz ijobiy hal bo‘lishi kutiladi. Kechqurun sizni yaqin do‘st yoki qarindoshlardan biri mehmonga taklif etishi mumkin. Bu mehmondorchilik kayfiyatingizga kayfiyat qo‘shadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 avgust kuni professional ishingiz bilan bog‘liq qaroringiz naqadar to‘g‘ri qabul qilinganini anglab etasiz. Faollikni kamaytiring, aks holda organizmingiz jismoniy zo‘riqishga uchrashi, buning oqibatida kasallik orttirib olishingiz hech gap emas. Oilasiz bo‘lsangiz, muhabbatda o‘ta mehribon va ochiq ko‘ngil bilan tanlagan insoningizga nisbatan munosabat yuriting. Sizga maydakashlik umuman to‘g‘ri kelmaydi. Qolaversa, bo‘lg‘usi baxtingizga ham bu odat sira ma’qul bo‘lmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar biror masalada qaror chiqarish pallasida qat’iylikka amal qilishingizni maslahat berishmoqda. Yo‘qsa, vaziyat sizning zararingizga ishlashi mumkin. Tijoratchi bo‘lsangiz, bugun raqobatchilar bilan orangizda muammo bo‘lmaydi. Ammo shaxsiy hayotingizda ham raqobatchi paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu muammoni bosiqlik bilan hal etishingiz zarur. Kurash sizning g‘alabangiz bilan tugaydi, ishoning. Kechqurun toza havodan bahra oling. Yotar mahalingiz sut mahsulotlarini iste’mol qiling, tushingiz shirin kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Boloxonador qarorlar va gaplarni chetlab o‘ting. Haqligingizni, iste’dodingizni bularsiz ham imi-jimida isbotlab, namoyish etib qo‘ysangiz bo‘ladi. Qo‘shimcha bilimlar olish va malaka oshirish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Agar oilali, farzandli bo‘lsangiz, farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishingiz talab etiladi. Salomatligingizni ham unutmang. Kechqurun yolg‘iz qolib ertangi kun uchun rejalar tuzib qo‘ysangiz ham ziyon qilmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
O‘tgan kunlari haddan ziyod ko‘p ishlagan bo‘lsangiz, bugun faollikni susaytiring va dam oling. Aks holda xastalanib qolishingiz xavfi bor. Shaxsiy hayotda o‘ta talabchanlik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar tanlaganingiz yoki juftingiz sizni haqiqatan sevsa, qadrlasa, talab qilib o‘tirish shart emas.
Kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu ishni boshqa kunga qoldiring. Bugungi safar sizga yaxshilik keltirmaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
15 avgust kuni ertalabdanoq olis safarga otlanganlarga omad kulib boqadi. Bu safar davomida ezgulikka to‘la taassurotlardan tashqari ish joyingizdagi mavqeingizni ham yaxshilab olasiz. Muhabbatda illyuziyadan qoching. U sizga baxtsizlikdan bo‘lakni hadya etmaydi. Yaqin do‘stlardan biri sizdan qarzdor bo‘lsa, bugun qarzini qaytarishi lozimligini eslatib qo‘ying. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Ko‘cha ovqatini iloji boricha aylanib o‘ting. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ko‘chada, jamoat transporti va bozorlarda notanish odamlar bilan muloqotga kirishmang. Bankdan kredit olishni mo‘ljallab yurgan bo‘lsangiz, bu fikringiz ham noto‘g‘ri. Keyinchalik qarzni qaytarish masalasida qiynalib qolasiz. Yaxshisi, qarindoshlardan yordam so‘rang, ular albatta yordam berishadi. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri katta bir ishni hamkorlikda amalga oshirish taklifi bilan murojaat etishi mumkin. Darrov rozi bo‘lmang, obdon tekshirib oling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
15 avgust kuni janjal va kelishmovchiliklarni iloji boricha chetlab o‘tishga harakat qiling. Ayniqsa bu janjallar aralashishga arzimasa, bekorga vaqt va asabni yo‘qotganingiz qoladi. Bugun o‘z istaklaringizni o‘zgalar istaklaridan yuqori qo‘ymang. Yo‘qsa yaqin kelajakda o‘zingiz ham o‘zgalar kabi og‘ir vaziyatda qolishingiz mumkin. Tijoratchi va tadbirkorlar kechki payt katta bir ishga pul tikishlari kutiladi. Bu harakat o‘zini oqlaydi inshoolloh. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Tadbirkor bo‘lsangiz, 15 avgust kuni ertalab yangi loyihalarni hayotga tadbiq etishni boshlayvering. Omad albatta siz tarafda bo‘ladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmaydiganlar esa ish sifatini yanada oshirishlari zarur. Shunda rahbariyat sizni mo‘maygina mukofot bilan siylaydi. Juftingiz sizni tanqid qilsa, xudodan bardosh tilang-u, sukut saqlang. Sukut balo-qazolarni nari haydovchi kuch ekanini unutmang. Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlar iste’mol qiling. Zararli odatlardan voz kechish bugun ishonchli va unumli kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
15 avgust kuni oila qurmaganlar muhabbatda aldanganini anglab etadi. Aslida tanlaganingiz siz bilan bir umr birga yashashga loyiqligiga shubha nazari bilan qaragandingiz. O‘shandayoq munosabatlarni chuqurlashtirmaslik kerak edi. Moliyaviy ahvolingiz bugun ijobiy hal bo‘ladi. Asablar qaqshashi kuzatilishi mumkin. Mutaxassis ko‘rigidan o‘tishni unutmang. Asosiysi, o‘zingizni kun davomida ko‘ngilsizliklarga emas, ezguliklar uchun tayyorlang, moslashtiring, faqat shu to‘g‘rida o‘ylang.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 15 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..