22:01 / 16.08.2017
7 875

Munajjimlar bashorati: 17 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 17 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun halol va mo‘may daromad ko‘raman desangiz, erta uyg‘oning va astoydil xudodan so‘rang. Yaratgan erta tongda so‘ralgan iltijolarni mukofotsiz qoldirmaydi inshoolloh. Qolaversa, kelgusida maoshingiz va mavqeingiz ish sifati bilan bog‘liq bo‘ladi. Oilada juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. His-tuyg‘u va jahdni jilovlay bilsangiz, janjal va kelishmovchiliklarni osonlikchasiga chetlab o‘tsa bo‘ladi. Salomatligingizni nihoyatda ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
O‘zingizdan yoshi kattalar bilan muloqot qilganda, ularga nisbatan cheksiz hurmat va e’tibor ko‘rsating. Buning mukofoti boshqalardan albatta qaytadi. Basharti kimdir sizga yoqmayotgan bo‘lsa, yo tutayotgan ishi jahlingizni chiqarsa imi-jimida nari keting, vassalom. Oilasizlar muhabbat masalasida vaziyatga qarab ish tutganlari ma’qul. Salomatligingizdan bugun umuman shikoyat qilmaysiz. Baribir ovqatlanishda, ko‘chada hushyorlikni qo‘ldan bermang. Kechqurun toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
17 avgust kuni ko‘pchilik tanish yoki hamkasblar yo‘lingizga to‘g‘anoq bo‘lishi, ishingizga xalal berishi kutiladi. Bu o‘zboshimchaliklarga o‘z vaqtida chora ko‘ring. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nashingiz mumkin. Bu safar sizga ham moddiy to‘kinlik hadya etadi, ham yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan jiddiy gaplashib olishingiz zarur. Suhbat o‘zaro munosabat hamda hurmat-izzat masalasida borishi lozim. Agar sergak tursangiz, barcha xastaliklar sizni aylanib o‘tishi tayin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
O‘zgalar muvaffaqiyatiga hech qachon hasad ko‘zi bilan boqmang, xudoning g‘azabi keladi. Hamma narsa pul bilan bog‘liq emas. Odamgarchilik degan tushunchalarni ham tushirib qoldirmang. Shaxsiy hayotda ham tafakkur bilan ish tuting, kam bo‘lmaysiz. Mavqeingiz oshishi uchun esa aniq maqsad yo‘lida harakat qilishingiz kerak. Kechqurun qo‘shimcha daromadli ish ko‘ndalang chiqishi kutiladi. Darhol shu ishni bajarishga kirishing.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
17 avgust kuni ishchanligingizni barchaga namoyish etishingiz uchun imkoniyatlar tug‘iladi. Ulardan unumli foydalanib qoling. Tabiatingizga xos etakchilikka moyillik buguncha yuzaga chiqmagani durust. Tijoratchilar ham faqat ishchanlik kayfiyatida bo‘lsalargina ko‘proq daromad ko‘ra olishadi. Kelajak haqida puxta rejalar tuzing, shunday rejalar tuzingki, mo‘may daromad keltiradigan bo‘lsin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatligini doimiy tarzda nazoratda ushlashlari kerak.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Mehnat ta’tiliga chiqmagan bo‘lsangiz, darhol harakatingizni qiling. Keyin imkon topilmasligi mumkin. Kunduzi astoydil izlansangiz, internetdan qo‘shimcha ish ham topishingiz turgan gap. Tadbirkorlar iloji boricha xorijdan hamkor qidirgani ma’qul. Bu kuz oylarida inqirozga yuz tutishdan asrab qoluvchi yagona imkoniyat hisoblanadi. Kechqurun oila qurmaganlarni yoqimli lahzalar kutadi. Bo‘lg‘usi baxtingiz bilan birga tabiat qo‘ynida dam olish uchun ketishingiz mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
17 avgustda o‘zgalarning ishlariga aralashmang, yordam so‘rashgan taqdirda ham rad eting. Chunki o‘zingizga tegishli ishlar qalashib yotibdi. Salomatligingiz tushdan keyin yomonlasha boshlaganini his etasiz. Darhol chorasini ko‘rmasangiz, xastalik zo‘rayib ketishi hech gap emas. Qarindoshlar bilan kechqurun jiddiy muloqot kutadi, tayyor turing. Asosiysi, bu muloqotda tinglovchi rolini bajarishingiz lozim. Shunda janjallar yuzaga kelmaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun ish joyingizga kelgach, bajarilgan ishlar ro‘yxatini tuzing. Rahbarlarga hisob berishingiz kerak bo‘ladi. Qachonlardir sizga yomonlik qilgan hamkasblarga kamroq ishoning, sirlaringizni aytmang. Ro‘zg‘or muammolari yo‘l-yo‘lakay xamirdan qil sug‘urgandek oson bitadi. Oilasizlar tanlagani bilan vaqtincha uchrashmay turishlari mumkin. Buning ham o‘ziga yarasha sabablari bor albatta. Kechqurun ovqatlanish masalasida sergakroq bo‘ling. Engil hazm bo‘luvchi taomlarni tanlang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
17 avgust kuni yuqori natijalarga erishish uchun hech kimning xayolida bo‘lmagan usullarni qo‘llagan holda harakatlar sodir etishingiz zarur. Muhabbatda bardam bo‘lavering, jasorat ko‘rsatishdan uyalmang. Romantik odamga aylaning. Kechqurun obro‘li va puldor bir odam bilan tasodifan tanishib qolishingiz kutiladi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini ko‘zdan kechirgachgina iste’mol qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Shaxsiy hayotda hammaning ham o‘ziga xos muammolari bor. Ularni deb o‘zni o‘tdan cho‘g‘ga urish shart emas. Barcha tashvishli lahzalarni aqlni ishlatgan holda bartaraf etsa bo‘ladi. Pul masalasida hech qachon tavakkal qilmang, bu sizni yanada og‘ir ahvolda qoldirishi mumkin. Katmoningizda mavjud har bir tiyinni qadrlang, tejab ishlating. Shunda moliyaviy inqirozga yuz tutmaysiz. Sog‘lig‘ingiz bugun a’lo darajada bo‘lishi kutilmoqda.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Jamoangiz orasida sizga nisbatan shubhali qarashlar, g‘iybatlar paydo bo‘la boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Indamang va sukut saqlash bilan g‘olib bo‘ling. Moddiy jihatdan ahvolingiz yaxshi bo‘ladi. Sizga puldor tanishlardan biri albatta yordam qo‘lini cho‘zadi. Shamollash alomatlari kechqurunga borib sezilishi mumkin. Darrov chorasini toping-u, xastalikning oldini olishga harakat qiling. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Hamkasblaringiz orasida o‘zingizni yanada yaxshiroq tutishga, barchalari bilan muloyimroq muomala qilishga intiling. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar olis safarga otlanishlari kutiladi. Bu safarga zinhor shaxsiy avtomobilingizda bormang, jarohat olishingiz xavfi bor. Muhabbatda esa dadillik bilan harakatlar sodir eting. Sal bo‘shashsangiz, vaqt sizning ziyoningizga ishlay boshlashi turgan gap.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 17 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..