19:26 / 18.08.2017
8 143

Munajjimlar bashorati: 19 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 19 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun juda ehtiyotkorlik bilan qadam tashlashingiz tavsiya qilinadi. Chunki yo‘l-yo‘lakay yoki ishda kim bilandir gap talashib qolishingiz va bu katta janjalga aylanib ketish xavfi bor. Moliyaviy masalada ham bugun aqlni peshlagan holda harakatlar sodir eting. Boshqachasiga kissangizga pul tushishi juda mushkul. Salomatligingiz kechqurunga borib pand berish pallasiga kirib, o‘zingizni lohas seza boshlaysiz. Lekin bu qo‘rqinchli emas. Vrachdan maslahat so‘rab dori-darmonning taraddudini ko‘rsangiz, ko‘rmaganday bo‘lib ketishingiz tayin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

19 avgustda ish joyingizdagi muhitga o‘zgartish kiritish haqida o‘ylab ham ko‘rmang. Bu hamkasblar va sizning orangizga sovuqchilik tushirishi turgan gap. Har bir ishni chin ko‘ngildan bajarsangiz, rahbarlar albatta e’tibor qaratishadi. Bugun tog‘ yon-bag‘irlarida dam olish va olis safarga chiqish muvaffaqiyat keltiradi. Oilasizlar muhabbatda bo‘lg‘usi juftini hali ma’lum bo‘lmagan qirralarini namoyish etish orqali hayratga solishadi inshoolloh. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘idek asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

19 avgust kunning birinchi yarmidayoq uy-joy masalasida yuzaga kelgan muammolarni tezda hal eting-u, yaqinlaringiz bilan xayrlashing va yangi uyga ko‘chib o‘ting. Bu sizga bir dunyo quvonch hadya etadi. Juftingizga nisbatan yuragingizda tez-tez paydo bo‘lib qoladigan gumonlarni deb azoblanmang. Bu narsa hayotingizni zaharlashdan boshqasiga yaramaydi. Juftingiz sizga juda sadoqatli. Kechqurun olisda yashaydigan do‘stingiz qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Qaysi ro‘zg‘orda muammo yo‘q? Hammanikida bor. Shunday ekan, asabiylashmasdan, juftingiz, oiladagi boshqa a’zolar bilan birga bamaslahat shu muammolarni hal eting. Buning uchun janjal ko‘tarish sira shart emas. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi do‘stlarimiz xizmat safariga jo‘nashi ham ehtimoldan uzoq emas. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun esa sizdan bir tutamgina bardosh talab etiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling. G‘iybatchilarning g‘iybatiga umuman e’tibor bermang. Ularni Ollohga topshirib qo‘ying, vassalom!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

19 avgust kuni shayton yo‘ldan ura boshlaydimi, ishqilib, kutilmaganda orzungizdagi buyumlarni xarid qilish harakatiga tushib qolasiz. Lekin moliyaviy ahvolingizni bir ko‘zdan o‘tkazib olsangiz, yomon bo‘lmasdi. Agar shu ishlarni amalga oshirsangiz, inqirozga yuz tutishingiz muqarrarligini unutmang. Buyumlarni esa sal keyinchalik ham xarid qilsa bo‘ladi. Kun davomida o‘zingiz bilan anchadan beri ishlab kelayotgan hamkasbingiz sizga kutilmagan sovg‘a taqdim etishi kutiladi. Kechqurun toza havodan to‘yib nafas oling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Har bir harakatingizni o‘ylab, mulohaza qilgan holda sodir eting. Shunda keyinchalik afsus chekmaysiz. Yo‘l-yo‘lakay ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirish haqida ham o‘ylab ko‘rsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Agar yaqin o‘tmishdagi xatolardan to‘g‘ri xulosa yasagan bo‘lsangiz, shaxsiy hayotingiz gullab-yashnashi tayin. Kechqurun do‘stlardan biri bilan jiddiy suhbat qurishingiz mumkin. Bu suhbat sizga juda kerakli xulosalar chiqarishda asqotadi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar ogoh bo‘lsinlar, yana atmosferada magnit bo‘ronlari boshlandi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Tarozi burjida tavallud topganlar avval o‘z kuch-imkoniyatlaringizni bir o‘lchab ko‘rib, ana undan keyin harakatlar sodir etishga kirishishingiz mumkin. Agar yaxshilab mulohaza qilgan bo‘lsangiz, ishlaringiz albatta baroridan kelishi kerak. Bu ko‘proq pul topish masalasiga taalluqli. Atrofni qurshab turgan har bir jonli va jonsiz mavjudotdan ilhom olishga intiling, shunda kayfiyatingiz ham, salomatligingiz ham faqat ijobiy tarafga o‘zgaradi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Maqsadga erishish uchun vaziyat va voqelikning hukmiga bo‘ysunishdan tiyiling. Aksincha, xudodan so‘ragan holda ularni o‘zingizga bo‘ysundirish harakatida bo‘ling. Muammo ko‘zga tashlandimi, jon-jahdingiz bilan uni bartaraf etishga kirishing. Barcha ishlarni uddalashga vaqtingiz etadi, lekin kuch hisob-kitobli. Kunning ikkinchi yarmiga borib holsizlana borayotganingizni his etasiz. Buning davosi esa dam olish. Ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

19 avgust kuni azartli o‘yinlardan, tavakkalchilikdan va aldanib qolishdan saqlaning. Bugungi kuningiz uzoq yillar esda qolishi mumkin. Shubhasiz, kun bo‘yi sodir bo‘ladigan yoqimli va quvonchli voqealar kuningizni bezaydi. Oilasizlar yolg‘izlik jonga tekkan bo‘lsa-da, vaqtni shoshiltirishga urinmaganlari ma’qul. Ko‘nglingizdagi shubha va ikkilanishlarni bir chetga surib qo‘ysangiz, professional kasbingiz doirasida bir-biridan ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topgan bo‘lardingiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Moliyaviy ahvolingiz yomon bo‘lsa-yu, sira mo‘may pul topa olmayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizni o‘tdan cho‘g‘ga urib ovora bo‘lmang. Siz u darajada puldan qiynalib qolmagansiz. Zahiradagi pullarni ishlatib tursangiz, olam guliston. Hamkasblar bilan aslo janjallashmang, obro‘yingizga putur etishi mumkin. Salomatligingizni qattiq turib tashqi xavflardan ehtiyot qiling. Sport bilan shug‘ullanishni boshlasangiz, yana yaxshi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

19 avgust kuni moliyaviy masalada jiddiy mushkulotlarga yuz tutasiz. Ammo tushga yaqin baribir ahvolingizni yaxshilab, qaddingizni rostlab olasiz inshoolloh. Tadbirkor bo‘lsangiz, foydali shartnomalarga imzo qo‘yishni boshqa kunga qoldira turing. Kechqurun juftingiz bilan janjallashib qolishingiz, natijada kayfiyatingiz buzilishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun go‘yo revizorga aylaning-da, ishdagi holatingizni ham, oiladagi ahvolingizni ham bir reviziyadan o‘tkazib oling. Shunday qilmasangiz, ishda mavqeni, oilada obro‘ni mustahkamlay olmay xit bo‘lasiz. Ruhiyatingiz me’yoriy darajada bo‘lsa-da, tushkunlikka tushmaslikning turli yo‘llarini qidirishdan to‘xtamang. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Bosh og‘rig‘i va varikoz kabilarga qarshi faqat vrach maslahatiga asoslanib muolajalar belgilang.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?