14 668
Munajjimlar bashorati: 20 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz inshoolloh qiziqarli va yoqimli voqealarga boy bo‘ladi. Sizni yana yangi tanishuvlar ham kutib turibdi. Bugungi dam olish kunidan foydalanib ro‘zg‘ordagi muammolarni bir yoqli qilsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Bajarayotgan ishingizga iloji boricha ijodiy yondoshib ko‘ring-a, foydasini keyin sezasiz. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi. Bugun salomatlik yomonlasha boshlaganidan shikoyatingiz bo‘lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Oshqozonga og‘ir botuvchi taomlarni iste’mol qilmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 avgust kuni yaqinlaringizga bor mehringizni berish harakatida bo‘ling. Shu kungacha ular sizga mehr berib kelishdi. Olishning berishi ham bo‘lishi kerak-da! Bugun garchi oltin, kumush, brilliantlar qo‘lingizga kelib tushmasa-da, etarlicha pul topasiz. Kechqurun allergiya yoki shamollashdan bezovta bo‘lishingiz ehtimoli bor. Ammo organizmingizga jiddiy xastalik xavf solmoqchi emas. Yotar mahalingiz olisdan yoqimli bir xabar eshitishingiz kutiladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun birinchi navbatda bilimlaringizni ko‘paytirish payida bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Chunki yaqin vaqtlar ichida bu bilimlar sizga juda asqotishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida o‘zingizga yoqmaydigan bir odam bilan ko‘rishib qolishingiz natijasida kayfiyatingiz buzilishi mumkin. Aslida uni aylanib o‘tib ketishingiz lozim edi. Kechqurun uyingizga mehmon tashrif buyurishi kutiladi. Bu chaqaloq dunyoga kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, shu kunlarda atmosferaga o‘rnashib olgan magnit bo‘ronlaridan o‘zingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
20 avgust kuni ertalabdan o‘zingizga yoqmaydigan odamlar bilan muloqot qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ular qo‘shnilardan biri bo‘lib chiqishi ham hech gap emas. Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, dam olish kunidan foydalanib ro‘zg‘ordagi yumushlarni bir yoqli qiling. Kun davomida ko‘ngilsiz xabarlar ketma-ketligi kayfiyatingizni buzishi mumkin. Pul masalasida qiynalmaysiz. Sog‘lig‘ingiz haqida gap ketsa, bosh va oyoq og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi mumkin. Bu havoning o‘zgaruvchanligi tufayli bo‘lsa ajab emas.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun moliya masalasida juda sergaklik bilan ish tuting. Pul bilan bog‘liq hujjatlarga imzo qo‘yish zarurati tug‘ilsa, etti o‘lchab bir kesganingiz ma’qul. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar-u raqobatchilarga ehtiyot bo‘ling. O‘ng ko‘z chap ko‘zga do‘stlik qilmaydigan zamon hozir. Ehtiyotsizligingiz iqtisodiy yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Oilada ham ba’zi kichik ko‘ngilsizliklar bezovta qilishi ehtimoldan xoli emas. Yaxshisi, asabni asrang, o‘zingizni bosishga harakat qiling. Qarindoshlaringizdan qaysidir birinikida yangi mehmon dunyoga kelishi kutilmoqda. Suyunchini horzirlab qo‘yavering.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
20 avgust kuni tabiat qonunlariga qarshi bormang. Aniqrog‘i, o‘zingizdan har taraflama kuchli odamlar bilan olishmang, ular sizni sindirib tashlashlari hech gap emas. Oilasizlar muhabbat bobida bugun albatta muvaffaqiyatga erishishadi. Azaliy orzungizdagi insonni nihoyat uchratasiz inshoolloh. Kechqurun bolalikdagi yaqin do‘stingizni uchratishingiz ehtimoli bor. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang. Surunkali xastalikka duchor bo‘lganlar havo va atmosferadagi magnit bo‘ronlaridan saqlanishlari tavsiya etiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Qachonlardir o‘zingiz qanaqadir sabab bilan bajara olmagan ishga qaytmang. Bu sizga umuman naf keltirmaydi. Bugungi kun bilan yashang. Dam olish kuni bo‘lgani bois ko‘proq vaqtingizni istirohatga bag‘ishlang. Ertangi kun uchun kuch to‘plang. Muammolaringiz 20 avgust kuni kechga qadar deyarli bartaraf etiladi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang, tunda yotishdan oldin qatiq ichib yoting, tushlaringiz shirin, uyqungiz osuda kechadi. Bugun g‘iybat ustalaridan nariroq yuravering.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
20 avgustda tadbirkorlar ish yuzasidan yaqin hamkorlar bilan maroqli suhbat o‘tkazishlari kutilmoqda. Lekin shaxsiy hayotingizdagi ba’zi ko‘ngilsizliklar janjallarga va juftingiz bilan munosabatlar sovuqlashishiga sabab bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Moliyaviy masalada ham sizni yuqori cho‘qqilar kutmaydi, ammo pulsiz ham qolmaysiz. Jismoniy holatingiz havas qilsa arzigulik darajada bo‘ladi. Biroq asablarni bir davolatib olishingiz lozim.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning birinchi yarmida ommaviy tadbirlardan birida ishtirok etishingiz mumkin. Umuman olganda, bu shunchaki tadbir emas, yaqin do‘stlardan birining to‘yi bo‘lib chiqishi ham haqiqatga yaqinroq. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda, yangi ish boshlaganda va muhabbatda siz yuqori cho‘qqilarni zabt etishingiz tayin bo‘lib turibdi. Oilasizlardan kimlardir orzusidagi insonni topadi. Chin qalbdan tabriklaymiz! Baxtli bo‘ling!
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
20 avgust kuni shaxsiy hayotingizda favqulodda tanaffuslar yuzaga kelganiga guvoh bo‘lasiz. Tanaffuslar ham yaxshi, ham yomon oqibatlarga ega. Hadeganda yaqin o‘tmishdagi xatolarni eslayvermaslik uchun ruhiyatingizni bir tozalab oling. Kechki payt ayrimlarning xonadonida yangi mehmon tug‘ilishi kutiladi. Ayrimlar yangi uyga ko‘chib o‘tish va uy ta’miri bilan band bo‘ladi. Ro‘zg‘or uchun zarur jihozlar xarid qilishadi. Sog‘liqni ehtiyot qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
20 avgust tom ma’noda sizning kuningiz ekanini tan olish shart. Bir-birini quvlab o‘tib elkangizga qo‘nishga intilayotgan omad qushlarining sanog‘i bo‘lmaydi. Ijod kishilari bugun yanada mashhurlashib, o‘zlarining yangi va shedevr asarlari bilan tilga tushishi kutiladi. Lekin sog‘liq masalasi havo ta’siridami, bezovta qilishni boshlashi mumkin. Siz ovqatlanish va harakatlanish qoida, me’yorlariga amal qiling, shunda bezovtalik yengil o‘tishi muqarrar.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
20 avgust kuni qiziquvchanligingiz ortib, Yaratganning har bir mo‘’jizasiga o‘zgacha nazar bilan boqa boshlaysiz. Bir jihatdan bu yaxshi. Ammo ikkinchi tarafdan yomon. Ba’zi og‘ziga kuchi etmaganlar sizni o‘ta qiziquvchanlikda ayblab, siz haqingizda bo‘htonlar tarqatishi ham mumkin. Agar juftingiz bilan munosabatlaringiz sovuqlashib qolgan bo‘lsa, uni qayta alanga oldirishning yo‘l-yo‘riqlarini qidiring. O‘zingizni ehtiyot qiling.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar