17:56 / 20.08.2017
7 088

Yangi haftani zo‘r boshlash uchun yakshanbani qanday o‘tkazish kerak

Yangi haftani zo‘r boshlash uchun yakshanbani qanday o‘tkazish kerak
Quyidagi berilgan tavsiyalarga amal qilsangiz, kelgusi ish haftangiz mazmunli va samarali bo‘lishiga erishasiz.

Ko‘pchilik orziqib kutilgan dam olish kunlarining tugashini bilan boshlanuvchi dushanba kunini yomon ko‘rishi tabiiy.

O‘z ishingizni yoqtirsangiz ham og‘ir ish haftasining avvali bo‘lgan dushanbaga qaytishingiz qiyin va bu ishingizni yaxshi tashkillashtirilmasligiga, kun davomida o‘z joyingizni topolmay toliqingizga olib keladi. Hafta davomida esa, dushanbadan qolgan ishlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi. (Richard Sitrin, psixolog-konsultant)

Dushanba kelishi aniq ekan uni yomon ko‘rgandan ko‘ra, shu kundagi ishlarni rejalashtirishga kirishing. Bu uchun hordig‘ingiga xalaqit bermagan holda, yakshanba kuni bir necha mashg‘ulotlarni bajarishga odatlaning.

1. O‘z vaqtingizni taqsimlab olish uchun bir soat ajrating

Tabiiyki, dam olishingizni Google Taqvimga qarab o‘tkazishga o‘rganmagansiz, lekin bu sizga yordam beradi, ishoning.
Agar yakshanba kuni kelgusi hafta uchun nimalarni bajarishingizni belgilab olishga bir soatcha vaqt ajratsangiz dushanbaning «xavotiri»dan qutilasiz. (Kristin Allen, psixologiya fanlari doktori)

Taqvimga qarab ishlarni belgilab chiqing, zarur bo‘lsa hamkasblaringiz bilan ham bo‘lishing. Yakshanba ertalabdan kim nima ishni bajarishini aniqlab oling. Yakshanbani yaxshi o‘tkazish, dushanbada tetik uyg‘onish uchun dam olish kunining boshidan zarur vazifalarni bajarib qo‘ying. Bular kirlarni yuvish, haftalik mahsulotlarni xarid qilish, ish uchun kiyimlarni tayyorlab qo‘yish bo‘lishi mumkin.

2. Foydali ovqatlar iste’mol qiling

Juma, shanba kunlari oshqozoningizni siylashingiz mumkin, ammo yakshanbadagi og‘ir taom dushanba kuni sizga noqulaylik keltirishi mumkin.

Yakshanba kuni alkogol yoki yog‘li ovqatlarni qabul qilish, haftaning ilk kunida sizni ortiqcha bezovta qilib, tez charchatishi mumkin. Va natijada, ishingizda unum kuzatilmaydi. (Derba Nesel, Torransodagi Memorial tibbiy markaz shifokor-dietologi)

Yakshanbalik taomlaringiz yog‘siz hamda oqsillar, uglevodlarga boy bo‘lgani ma’qul. Kletchatkalarga boy meva va sabzavotlarni ham unutmang. Ko‘proq alkogolsiz suyuqliklar iching.

3. Kunni foydali o‘tkazing

Kun bo‘yi sevimli serialingiz tomoshasidan osonroq ish bo‘lmasa kerak. Lekin dushanba va butun haftani samarali o‘tkazishni xohlasangiz boshqa foydaliroq ishni tanlang. Bu sayrga chiqish bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari barchani ro‘zg‘or tashvishlari, uy yumushlarni kutishi tabiiy. Biroq, bu kuni ko‘nglingizga yaqin bo‘lgan mashg‘ulot uchun vaqt ajrating. (Kristin Allen)

Yakshanbada do‘stlar bilan yoga mashqlarini yoki biror ko‘ngilli aksiyalarga qatnashishni rejalashtirganingiz ma’qul. Bu o‘zingiz va atrofdagilarga xursandchilik keltirib, hafta uchun zarur energiyani to‘plashingizga yordam beradi.

4. Ijobiy hodisalarga diqqat qarating

Yo‘ldagi qo‘pollik, kelisha olmaydigan hamkasblaringiz, yomon kofe kabi noxushliklar kuningizni buzishiga yo‘l qo‘ymang. Bundan ko‘ra yaxshi hodisalarga e’tiboringizni qarating.

Agar anchadan beri ishingizda omadsizlik kuzatilayotgan bo‘lsa, yakshanba u haqida o‘ylash va to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun eng qulay payt. Ishingizdan maroqlanish yo‘llarini toping.

O‘zingizdan, ishingizni behad yaxshi ko‘rgan vaqtlaringiz bilan hozir orasida nimalar o‘zgarganini so‘rang. Nima qilsa bu holatni qaytarishga erishish mumkin? Bunday qadamni cho‘chimasdan dushanbadan boshlang. (Richard Sitrin)

Yangi ish topmaguningizgacha, hozirgi ishingizdan mamnun bshlishga odatlaning.

5. Hordiq chiqaring

O‘yinlar, xobbilar hamda ular taqdim etadigan yaxshi kayfiyat insonda ijodiy fikrlash, hayollarini bir joyga to‘plash va o‘z-o‘ziga bo‘lgan bahoni orttirish usulidir. Mashg‘ulotlar bilan qancha shug‘ullanish ahamiyatsiz. Muhimi, undan zavqlaning. (Maura Tomas, biznes-trener, RegainYourTime.com portali asoschisi)

Tadqiqotlarga ko‘ra, sport, kompyuter o‘yinlari va boshqa mashg‘ulotlar kishida kreativ yondashuvni oshiradi.

6. Sog‘lom uyquga ko‘niking

Dushanbada o‘zingizni behol va charchagan his qilmaslik uchun etarlicha uxlang. Bunday uyqu kishi organizmida stressni kamaytirib, optimizm va o‘ziga ishonch beradi.

Yaxshi uxlash uchun dam olish kuni boshidan sog‘lom va yengil taomlarni iste’mol qiling. Oxirgi ovqat uyqudan 2,5 soat oldin eyilgan bo‘lishi kerak. Bu ovqat hazm bo‘lishi uchun foydali. (Maykl Breus, fanlar doktori, uyqu tibbiyoti sohasi mutaxassisi)

Shuningdek, Breus kunida 20 daqida yurak mashqlari bilan shug‘ullanishni ham tavsiya etadi va albatta uyqu oldidan alkogoldan voz keching.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yangi haftani zo‘r boshlash uchun yakshanbani qanday o‘tkazish kerak