18:00 / 20.08.2017
6 347

Hamkasblar bilan gap sotish nima uchun foydali

Hamkasblar bilan gap sotish nima uchun foydali
Olimlarning aniqlashicha, hamkasblar bilan ish vaqtida gaplashish aslida halaqit bermaydi, balki ishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu miyaga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi

Michigan universiteti olimlari qiziq tajriba o‘tkazishdi. Uning ishtirokchilari ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruhdagilar 10 daqiqa davomida bir-birlari bilan tanishishlari kerak bo‘ldi. Ikkinchi guruhdagilardan esa ma’lum mavzular doirasida bahslashish so‘raldi. Shundan so‘ng ikkita guruhga hal qilish uchun masalalar berildi.

Masalalarni hal qilishda esa birinchi guruhdagilar, ya’ni shunchaki bir-biri bilan tanishganlar yaxshiroq natija qayd etishdi. Ularning miyasida hal qilish funksiyasi oshganligi ko‘ringan. Miyadagi bu jarayonlar loyihalash, jamlash, vazifalarni belgilash va hatto tashkil qilish uchun javob beradi. Boshqa so‘z bilan aytganda, shu qobiliyatlar bizning ishlashimizda yordam beradi.

Bu ishdan rohatlanishga sabab bo‘ladi

O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, 89 foiz ishtirokchilar hamkasblar bilan suhbat qurish — yashash sharoitiga yaxshi ta’sir qiladi, deb hisoblaydi. Shuningdek, aniqlanishicha: biror xodimning ishda bitta do‘sti bo‘lsa ham, bu uni kompaniya bilan bog‘laydi va shu ishda qolishiga sabab bo‘ladi.

Hamma narsa o‘zaro tushunishda. Xodim hamkasblari bilan gaplashib, ular bilan o‘zaro ishonchni oshiradi hamda ishga odi fikr va g‘oyalarini taklif qilishdan tortinmaydigan bo‘ladi. Bunda u o‘zini noqulay his qilmaydi.

Hamkasblar bilan suhbatni qiziqarli qilish
  1. Erishgan yutuqlar bilan bo‘lishing: yangi shartnomalar, tugatilgan ishlar, ish yubileylari. Ularni birgalikda nishonlash yoki hattoki, bu haqda gaplashish hamkasblarni yaqinlashtiradi. Shunda, yutuqdan quvonch ham ko‘proq bo‘ladi;
  2. Hamkasblar bilan birga tushlik qiling. Ba’zan faqatgina oshxona ko‘radigan kishingiz bilan gaplashish ham yangi ideyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun hamma birgalikda, bir stol atrofida tushlik qilgani yaxshi;
  3. Hamkasblar bilan onlayn muloqot qiladigan bo‘lsangiz, rasmiy muloqotdan qoching. Rasmlar, GIFlar va qiziq matnlar — bularning bari erkin gaplashish va kayfiyatni ko‘tarishga ham sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hamkasblar bilan gap sotish nima uchun foydali